Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə13/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

So‘zlashuv tili – adabiy til me’yorlariga ega bo‘lmagan, ma’lumotsiz va o‘rta ma’lumotli shahar aholisining nutqi. So‘zlashuv tiliga koynening bir turi sifatida qarash mumkin. Sotsiolingvistikada so‘zlashuv tili terminini izohlash o‘ziga xos murakkablik kasb etadi. So‘zlashuv tili rus tilidagi просторечие termining tarjimasidir. Просторечие rus milliy tiliga xos bo‘lgan til tarmog‘i bo‘lib, rus sotsiolingvistikasida keng qo‘llaniladi. Fransuz tilining tarmoqlaridan biri bo‘lgan langue populaire, rus tilidagi просторечие terminini ifodalay olmaydi. Ingliz tilining amerikacha variantidagi umumiy sleng rus tilidagi просторечие termini bilan qiyoslanishi mumkin. Biroq umumiy slengning tashuvchisi, egasi bo‘lmaydi, u ingliz tilini funksional-stilistik turi hisoblanadi (umumiy sleng unsurlari ommaviy axborot vositalarida keng qo‘llaniladi; keyingi yillarda rus tilshunoslari ham rus tilida so‘zlashuv tili va ijtimoiy jargon o‘rtasida oraliq o‘rinni egallagan umumiy jargonni ajratish lozim deb hisoblashmoqda (Qarang: Yermakova va b. 1999).
So‘zlashuv tili og‘zaki nutq shaklida amalga oshiriladi. So‘zlashuv tili oila (oila ichida va qarindosh-urug‘lar bilan muloqot qilish)da, navbatda turganda, mahallada, qo‘ni-qo‘shnilar bilan muloqot qilganda, shuningdek, sud (guvohlik berish)da, shifokor huzuri (bemorning shikoyati)da va h.k. vaziyatlarda qo‘llaniladi. So‘zlashuv tili shahar sharoitida turli dialektlar va jargonlar oqimining aralashuvi oqibatida yuzaga keladi.
Nemis sotsiolingvistlarining fikricha, standartlashgan adabiy til sotsiolingvistika uchun alohida qiziqish uyg‘otmaydi, chunonchi, ushbu fan, avvalo, til variantliligini tahlil etishni maqsad qiladi17. Shu ma’noda, so‘zlashuv tilini o‘rganish ko‘proq samarali bo‘ladi. GFR sotsiolingvistlarining fikricha, tilning ushbu turini tashuvchilar shahar aholisining o‘rta va oliy qatlamini tashkil qiladi 18.
Demak, so‘zlashuv tili – bu ijtimoiy qoliplashgan variant. U kundalik muomala tili bo‘lib, qo‘llanish vaziyatlari jihatidan cheklangandir19. Til tizimi nuqtayi nazaridan so‘zlashuv tili – nutqiy muomala jarayonida adabiy tilning ba’zi o‘zgarishlarga uchragan ko‘rinishi. So‘zlashuv tilidan foydalanuvchilarning doirasi nihoyatda keng bo‘lgani uchun, u jiddiy ichki differensiatsiyaga uchragan. Bundan tashqari, u mamlakatning turli mintaqalarida tarqalgan dialektlarning ta’sirida anchayin variantlashadi20.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin