Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə11/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Mustahkamlash uchun savollar:

1.Sotsiolingvistika haqida nimalarni bilasiz?


2. Sotsiolingvistikaning manbalariни sanang
3. Sotsiolingvistikaning fan sifatidagi mavqeyi qanday?
4. Sotsiolingvistikaning obyekti nima?
5. Sotsiolingvistikaning predmeti nima?
Adabiyotlar
1. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001.
2. Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистике. Вып. VII. –М., 1975.
3. Виноградов В. А., Коваль А. И., Порхомовский В.Я. Социолингвистическая типология. Западная Африка. –М., 1984.
4.Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. –М., 1976.
5. Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып. VII. Социолингвистика. – М., 1975.
6. Dittmar N. Soziolinguistik. Exemplarische und kritische Darstellung ihrer Theorie, Empiric und Anwendung. – Frankfurt: Main, 1973.
7. Wunderlich D. Zum Status der Soziolinguistik // Aspecte der Soziolinguistik. - Frankfurt,1971.
2-ma’ruza. LISONIY HAMJAMIYATNING MULOQOT VOSITALARI. ADABIY TIL. DIALEKT. SOTSIOLEKT. ARGO, JARGON, SLENG. KOYNE

Reja:
1. Adabiy til


2. Dialekt
3. Sotsiolekt (аrgo, jargon, sleng)
4. Koyne
5. So‘zlashuv tili
6. Interferensiya


Tayanch so‘z va tushunchalar: lisoniy hamjamiyatning muloqot vositalari, adabiy til, standartlashgan adabiy til, dialekt, hududiy dialekt, ijtimoiy dialekt, milliy til, yarim dialekt, sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koyne, so‘zlashuv tili, interferensiya.


Adabiy til (standart) umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga solingan, umummajburiy va qonuniy to‘g‘ri qo‘llanadigan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi tildir. Adabiy til jamiyatning ilm-fan, ta’lim, adabiyot, diplomatiya, xuquqshunoslik, ish yuritish, turli tashkilotlar va ziyolilarning kundalik hayotida ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Adabiy tilga muomala jarayonida qo‘llanadigan shevaga, so‘zlashuvga xos bo‘lgan so‘zlarning ishlatilmasligi xosdir.
Ingliz tilshunosligi an’analariga ko‘ra, adabiy til standard language, standard English deb yuritiladi. Shuningdek, standartlashgan adabiy til termini ham qo‘llaniladi. K. Naringzning fikricha, standartlashgan adabiy tilning mavjudligi har qanday rivojlangan jamiyat uchun xosdir. Til uchta asosiy vazifani bajaradi: 1) birlashtiruvchi – mazkur til dialektlarida so‘zlashuvchilar orasidagi tushunmovchilikni oldini oladi; 2) chegaralovchi – tilni boshqa tillardan chegaralash imkoniyatini beradi; 3) nufuzli - tilning hamma variantlaridan ustun turadi.
Adabiy til milliy tilning boshqa shakllaridan quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi:
1) kodlashgan tarmoq: u barcha adabiy tilda so‘zlashuvchilar uchun yagona va umummajburiy bo‘lib, unga turg‘un me’yor xosdir va bu me’yor ma’lum maqsadda madaniylashadi;
2) yarim funksional tarmoq: undan inson faoliyatining turli sohalarida foydalaniladi. Adabiy til har xil sohalarda turli vazifalarda ishlatilishiga ko‘ra a) badiiy-adabiy (proza, poeziya, dramaturgiya) tili; b) adabiy tilning og‘zaki shakli; a) funksional uslublar (ilmiy, rasmiy, publitsistik, diniy)ga ajraladi.
3) adabiy til hududiy dialektlar, sodda so‘zlashuv, ijtimoiy va kasbiy jargonlarga nisbatan ijtimoiy jihatdan nufuzli hisoblanadi. Madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan adabiy tilda milliy til kommunikativ tarmoqlarining barcha vakillari so‘zlashadi.
Adabiy til tarqalishining yetakchi manbalari ta’lim (maktab, o‘quv yurtlari va h.k.) hamda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio va televideniye) hisoblanadi.
Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo‘lishi, bir-birlari bilan muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi natijasida shakllangan. Tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har xil bo‘lgan hududlarda yashaydigan kishilarning turli ehtiyojlari va tevarak-atrofdagi endemik (turfa) hodisalar nomlashni talab qiladi.
Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Hududiy dialektlar ma’lum hududning o‘ziga xos hududiy belgilari, binobarin, o‘ziga xos lug‘at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo‘lgan so‘zlashuv tilidir.
Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi (bu haqda quyiroqda batafsil to‘xlamiz). Angliyada ijtimoiy dialekt muhim bo‘lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi. AQShda esa aksincha, hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o‘ringa ega.
Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning geografik jihatdan bo‘linishini ifodalaydi. Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining faqat o‘ziga xos bir tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy dialektologiyaning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Dialektning ijtimoiy variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqotlarga o‘tish sanaladi.
Rus sotsiolingvistlari V. I. Belikov va L. P. Krisinlar hududiy dialektlarni milliy til va uning boshqa ko‘rinishlaridan farqlovchi xususiyatlarini quyidagicha belgilashgan:
1) dialekt egasi (bu asosan qishloq aholisining keksa avlod vakillari)ning ijtimoiy, yosh va qisman jins jihatdan cheklanganligi;
2) dialekt qo‘llanish doirasining oilaviy va maishiy cheklanganligi;
3) turli shevalarning o‘zaro ta’siri va dialektlar tizimi o‘rtasidagi aloqalarning qayta qurilishi bog‘liqligi natijasida yarim dialektlarning shakllanishi;
4) adabiy til ta’siri ostida o‘ziga xos dialekt nutqining tenglashtirilishi11.
Sotsiolingvistikaning tamoyili dialektlar mavjudligining geografik va ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishdir. Geografik sabab, bu – tabiiy masofalar va to‘siqlar, ijtimoiy-psixologik sabablar – obro‘ (ya’ni dialektning nufuzi, ta’siri) va hamfikrlikni ifodalaydi.
Bugungi kunda til egalarining o‘qimishli qismi orasida shaxsning o‘zligini anglash, uning ma’lum mintaqaviy jamoatga tegishlilik belgisi, milliy an’analar bilan munosabatda bo‘lish va h.k. vositasi sifatida dialektlarga bo‘lgan qiziqish borgan sari kuchaymoqda. Dialektlar shu dialekt egasi yoki u mansub bo‘lgan biron guruhning obro‘yi va hamfikrligining ko‘rsatkichiga aylanib bormoqda. Masalan, Rossiyaning janubidagi kazaklikka mansublik obro‘ sanaladi va bu kishining o‘tmishi o‘ziga to‘q bo‘lganligini assotsiatsiyalaydi. Yoki Yaponiyada dialekt muayyan ma’noda mintaqaviy, ba’zan ijtimoiy guruhlarning birlashish vositasi sanaladi. Dialekt – “o‘zinikilar” bilan tabiiy muloqot qilish shakli; suhbatdoshga “o‘ziniki” deb qarash qanchalik kuchli bo‘lsa, unga shunchalik keng darajada dialektda murojaat qilinadi. Biroq notanishga, ayniqsa, chet elliklarga adabiy tilda murojaat qilinadi12.
Dialektlarning muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishini ham kuzatish mumkin: ayrim mamlakatlarda dialektlar nafaqat kundalik muomala va folklor dastalarida, balki ba’zi radioeshittirishlar hamda teatr sahnalarida ham qo‘llanilmoqda.
Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. U sotsio- jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy dialekt) birikmasining qisqargan shaklidir.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin