Leksikografiya va dialektologiya kafedrasi sotsiolingvistika


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə21/44
tarix24.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#191004
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Sotsiolingvistikamajmua3-kurs

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Kodlar o‘zgarishi nima?

  2. Kim kodlar o‘zgarishi atamasiga ilk e'tiborini qaratgan?

  3. Ijtimoiy-kommunikativ tizimni tarkib toptiruvchi kodlar va subkodlar nimaga ko‘ra taqsimlangan?

  4. Kommunikatsiya sharoitidagi qanday o‘zgarishlar so‘zlovchining bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tishga majbur qiladi?

  5. Kodlar o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi omillarni sanang.

  6. Muloqot mavzusi nima?



Adabiyotlar:
1. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М, 2001.
2. Ferguson C.A. Diglossia // Word. –N. 15. 1959.
3. Jakobson R. Linguistics in its relation to other sciences //Main Trends of Research in the Social and Human Sciences. - Paris, 1970.


6-ma’ruza. BILINGVIZMNING TURLARI. INTERFERENSIYA


Reja:
1. Bilingvizmning turlari
2. Interferensiya


Tayanch so‘z va iboralar: diglossiya, bilingvizm, “kki tillilik”, “ko‘p tillilik”, koordinativ (sof) bilingvizm, aralash bilingvizm, subordinativ bilingvizm, interferensiya.

Individual bilingvizmning uch asosiy turi farqlanadi:


Koordinativ (sof) bilingvizmda ikki til mutlaqo avtonom bo‘lib, har biri o‘zining tushunchalar majmuiga mos keladi, ikki tilning grammatik kategoriyalari ham mustaqil bo‘ladi:

Italyan tilida



ALBERO (tushuncha)

daraxt

Albero (fonema shakl)

Ingliz tilida



TREE (tushuncha)

daraxt

tri (fonema shakl)

Masalan, “tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik” (daraxt) fizik ob'ekti uchun ikki tushuncha va ikki xil fonemalar shakli qo‘llaniladi: albero “soyabonli italyan qarag‘ayi”, tree “daraxt”.


Aralash bilingvizm nutq analizi va sintezining yagona mexanizmi nazarda tutadi, birga mavjud bo‘lgan tillar esa faqat ustki struktura darajasida farqlanadi. Masalan, ALBERO va TREE tushunchalari aralashib, /albero/ va /tri/ akustik obrazlari qo‘shib yoziladigan ALBEROTREE ko‘rinishidagi supertushunchani hosil qiladi:



ALBERO/ TREE

daraxt

/albero/ /tri/

Subordinativ bilingvizmda so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona tilining ta'siri vositasida qabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik birliklari, qolganlar esa ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu turdagi bilingvizmda odatda ikkinchi til tarjima qilish usuli bilan o‘rganiladi: /tri/ shakli /albero/ni ifodalaydi, shuning uchun italyancha ALBERO/alberoning o‘zi belgining belgisi, ya'ni metabelgi hisoblanadi:



ALBERO

daraxt

/albero/

/tri/

Ikki tilni biladigan shaxs (bilingv)larning nutqida u qo‘llaydigan tillarning o‘zaro ta'siri kuzatiladi. Bu o‘zaro ta'sir nutqda, tilda, shuningdek, har qanday til osti tizimlarida: fonetikada, grammatikada, leksikada namoyon bo‘lishi mumkin. Ikki tilni biladigan shaxs bir tilining ikkinchi tiliga ko‘rsatgan har qanday ta'siri va bu ta'sirning natijasi interferensiya deyiladi. Odatda interferensiya deganda, faqat nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar tushuniladi, ongli ravishdagi o‘zlashmalar unga taalluqli bo‘lmaydi.


Interferensiyaning yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ona tilining ikkinchi tilga interferensiyasi ko‘proq kuzatiladi. Biroq ikkinchi til asosiy tilga aylanganida u ham ona tiliga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, o‘zbek bolasi ruslar yashovchi hududga ko‘chib boradi va rus maktabida o‘qiy boshlaydi. Asta-sekin rus tili uning ona tilisiga ta'sir qila boshlaydi va u ko‘proq rus tilida gapira boshlaydi. Yoki ko‘p yillar davomida chet elda muhojir bo‘lib yashagan o‘zbeklarning nutqida ham bu ta'sirni ko‘rish mumkin.
Yoki bozordagi savdogarlar nutqida “Takoy prays tolko za leybl chto li?” tarzidagi inglizcha leksik interferensiya asosida qurilgan ruscha jumlani ko‘rish mumkin. Mazkur matnda ruscha sena leksemasining o‘rniga inglizcha prays so‘zi individual qo‘llanilgan bo‘lib, unda yosh (yosh-molodoy), mavzu (tijorat), holat (bozor) va maqom (“chelnok”) singari sotsial omillar ishtirok etgan.
Interferensiya individlarga xos hodisa. Lekin ommaviy ikki tillilik holatlarida bir turdagi interferension jarayonlar ko‘pchilikning nutqini xarakterlaydi. Masalan, sobiq Sho‘rolar davrida rus tili ommaviy ravishda turli til egalarining nutqiga ta'sir ko‘rsatgan.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin