Leksikologiya haqida suhbat



Yüklə 56,67 Kb.
səhifə12/12
tarix11.05.2023
ölçüsü56,67 Kb.
#111701
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5-sinf-tezis G.Siddiqova

10

23.04.2020




Sayohatnoma”

Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak-bag‘rimni xun,
Ko‘rdiki, bir ahli funun –
Charx anga kajraftor ekan.
Qolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim.
Xohi yayov, bo‘lsun otim,
Goh sayr ham darkor ekan.
Aflok kajraftor uchun,
Har dam ko‘ngil afgor uchun,
Ho‘qand tang-u tor uchun,
Sahro chiqish darkor ekan.
Muqimiy ko‘rgan-kechirganlarini ochiq-oydin, o‘quvchi oson tasavvur qila oladigan tarzda tasvirlaydi. Shu ma’noda sayohatnomalardagi joylar, shaxslar tasviri rang-barang, jonli chiqqan:
«Do‘rmancha»ga ketdim o‘tub,
Yoqamni har soat tutub.
Yotdum ul oqshom g‘am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan.



115-118-betlar

11

24.04.2020

Adabiyot

Nazorat ishi. Test

1. Qachondan boshlab Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o’rganish boshlandi?
A) XX sarning boshlarida B) XX asrning 30- yillarida C) XIX asr oxiri XX asr boshlarida D) XX asrning 50- yillarida
2. “Muqimiy bayozi” deb nomlangan to’plam qaysi adibimiz tamonidan tuzilgan?
A) O.Yoqubov B) Oybek C) G’afur G’ulom D) A.Qahhor
3. Qaysi shoir Qo’qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Mahayyir, G’arbiy, Nasimiy, Mavlaviy va bosha shoirlardan tashlik topgan adabiy guruhga boshchilik qilgan?
A) Muqimiy B) Zavqiy C) Furqat D) Mavlaviy
4. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi necha misrani tashkil etadi?
A) 9 ming B) 13 ming C) 469 D) 10 ming
5. Muqimiyning qaysi asari amaldorlar zulmiga yo’liqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi?
A) “Sayohatnoma” B) “Tanobchilar” C) “Saylov” D) “Dar shikoyat Laxtin”
6. Muqimiy qaysi asarida Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasini o’tkir, ta’sirchan misralarda fosh qiladi?
A) “Saylov” B) “Moskobchiboy” C) “Tanobchilar” D) “To’yi Iqonbachcha”
7. “Hujrai tang va torlikda bekaslik va g’arblik chirog’ini yoqib” muhtojlikda umr o’tkazgan shoir yoki yozuvchi kim?
A) Boborahim Mashrab B) Muqimiy C) Mujrim Obid D) A.Navoiy
8. Muqimiyning bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi qancha?
A) 100 ming misra B) 300 ming misra C) 10 ming misra D) 5 bob 300 misra
9. Xizr payg’ambar nomi Muqimiyning qaysi she’riga keltiriladi?
A) “Tanobchilar” B) “Aroba” C) “Darbadar” D) she’riy maktubda
10. Muqimiyning “Tanobchilar” she’rida “kunda pix” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping.
A) pixini yorgan o’g’ri B) mashhur kishilarga nisbatan ishlatiladigan so’z D) to’nkaday qo’pol



Mustahkamlash

12

28.04.2020

Adabiyot

S.Sheroziy asarlari tahlili

Sa’diy Sheroziyning bizgacha “Guliston” va “Bo’ston” nomli ikki asari yetib kelgan. “Bo’ston” 1257-yilda, “Guliston” 1258- yilda yozilgan. Asarlar ixcham hikoyalardan iborat.
“Bo’ston”da shunday bir hikoyat keltiriladi: Shahar qozisi bir guruh olim-u fozillarni suhbatga chaqiradi. Qimmatbaho liboslarga burkangan kazoo-kazolar “o’tsinlar-o’tsinlar’ deb to’rdan joy oladilar. Poygakda eski t’n kiygan bir darvesh qisinibgina o’tirardi. Suhbat boshlandi. Bahs-munozara avjiga chiqdi. Lekin hech biri ishonchli dalil ayta olmasdi. Shunda haligi darvesh masalani isboti bilan tushunarli qilib yechib berdi. Hamma hayron qoldi. Qozi esa ustidagi choponi va sallasini yechib darveshga berdi va to’rga taklif qildi. Darvesh esa rad etdi. Demak, insonni kiyimi bilan emas, uni aql zakovati bilan hurmat qozonadi.



O’qish

13

30.04.2020

Adabiyot

“Hayrat ul-abror” dostonida to’g’rilik va egrilik haqida

Alisher Navoiyning “Xamsa” asariga kiritilgan birinchi doston “Hayrat ul-abror”, ya’ni “Yaxshi kishilarning hayratlanishi” deb nomlanadi. Mazkur doston 63 bob, 20 ta maqolatdan tashkil topgan. Har bir maqolat bir mavzuga bag’ishlangan bo’lib, shoir, avvalo, o’quvchini bu mavzu bilan tanishtirib chiqadi. So’ngra o’sha mavzuga munosabat bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. Biz ko’rib o’tmoqchi b’lgan o’ninchi maqolat ham xuddi shunday qurilishga ega. Dostonning bu maqolati rostlik, to’g’rilik tushunchalariga bag’ishlangan. Har bir inson o’ziga to’g’rilikni o’ziga odat qilmog’I haqida so’z yuritar ekan, turli narsa va hodisalarning, kundalik turmushda ishlatiladigan juda ko’p buyum va jihozlarning to’g’ri va egri xususiyatlariga solishtiradi. Masalan, biror joyga bormoqchi b’lsangiz, o’sha yerga eltuvchi to’g’ri yo’l bo’lsa-yu, siz aylanma yo’ldan yursangiz, albatta, manzilga kechroq yetasiz.



Asardan berilgan parchani o’qish

14

02.05.2020

Adabiyot

“O’zbekiston” qasidasi tahlili

Qasida hajman salmoqli, har biri 10 satrlik 14 banddan iborat. Jami – 140 satr. Banddagi toq va juft satrlar o’zaro qofiyalanib kelgan. Har bandning so’nggi bayti bir-biri bilan qofiyalanadi. She’r g’oyat mihim mavzuga – Ona-Vatanimiz sha’niga bag’ishlangan. Shoir yurti haqida she’r bitmoqchi. Uni dunyoning eng go’zal maskanlariga qiyoslab ko’rsatmoqchi. Unday joy yo’q ekan. Hatto behishtni ham unga o’xshatib bo’lmaydi. Bu yurt - beqiyos. U – bitilmagan doston. Uni ta’rif qilmoqqa qalam ojizlik qiladi. Qasidaning har bir bandi “O’zbekiston - Vatanim manim!” degan g’ururbaxsh satr bilan yakunlanadi. Qasida 1968-yilda yozilgan. U paytlari “SSSR – bizning yagona Vatanimiz!” degan sohta shior million-million insonlar ongiga singdirilgan edi. Abdulla Oripov shunday bir sharoitda: “O’zbekiston - Vatanim manim!” deb chiqdi.

She’rdagi tarixiy shaxslarni yozish.

15

05.05.2020


Adabiyot


Ertak haqida nazariy ma’lumot



Xalq og’zaki ijodi o’sha xalqning fe’l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o’ziga xos rezgudir. Xalq og’zaki ijodi folklore deb atalgan. XIX asrda Vilyam Toms tomonodan xalq donoligi, xalq donishmandligi deb atadi.
Folklor turlari va janrlari:

  1. Epik tur – mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston;

  2. Lirik tur - marosim folklorning deyarli barcha turlari, qo’shiq va ashulalar;

  3. Dramatik tur – og’zaki drama, qo’g’irchoq o’yin, askiya, xalq termalari;

  4. Maxsus tur - maqol, matal, topishmoqlar.

Ertaklar insonni Vatanga muhabbat, insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik ruhida tarbiyalaydi.
Ertaklarning mavzulari: 1. Sehrli ertaklar 2. Hayotiy-maishiy ertaklar 3. Hayvonlar haqidagi ertaklar 4. Hajviy ertaklar



“Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida matn yaratish

16

08.05.2020

Adabiyot

Ifodali o’qish

Kitoblarni o’qish va tahlil qilish qoidalari

  1. Kitob tuzilishini tahlil qilish:

  1. Kitob mavzusi va turini aniqlash.

  2. Kitobda yozilganlarni iloji boricha qisqa va lo’nda ifodalash.

  3. Kitobning barcha asosiy bo’limlarini aniqlab, huddi butun kitobni tahlil qilgandek ko’rib chiqish.

  4. Muallif qanday muammolarni yechishga urinayotganini aniqlash.

  1. Kitoblarni bilim yekazuvchi manba sifatida tanqid qilish:

  1. Kitobni tahlil qilmay turib tanqidni boshlamaslik zarur.

  2. Bilim va fikr o’rtasudagi farqni hisobga olib, barcha fikrlarni asoslash.

  3. Muallif qayerda yetarlicha ma’lumot bermagani va noto’g’ri ma’lumot berganini ko’rsatish.

  4. Kitobdagi fikrlardan muallif nima demoqchi ekanligini aniqlash.




Badiiy kitob o’qish

17

12.05.2020

Adabiyot

Mirtemirning hayoti va ijodi bo’yicha takrorlash

Mirtemir Tursunov 1910-yilda Qoratog’ etaklarida – Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tg’ilgan. Avval bobosi qo’lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. Samarqanddagi O’zbekiston davlat pedagogika akademiyasida o’qidi.
Shoirning birinchi she’ri “Tanburim ovozi” 1926-yilda, 16 yoshida e’lon qilinadi. 1928-yilda uning “Shu’lalar qo’ynida” nomli ilk she’riy to’plami nashr etildi. Keyin “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to’plamlari dunyo yuzini ko’rdi.
O’ttizinchi yillarda tarjimalar bilan shug’ullandi. Shoir umri davomida o’nlab she’rlar va dostonlar to’plamlarini chop ettirdi.



O’rganish.

18

14.05.2020

Adabiyot

O’. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarida Ona obrazi

O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi eng ezgu, eng samimiy tuyg;ular haqida, eng e’zozli zot – ONA to’g’risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson ekanligini juda yaxshi bilamiz. U inson bolasini dunyoga keltiradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun dunyodagi eng aziz ne’mat, o’g’ilmi-qizmi, uning farzandi. Ona o’z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo’lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to’qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqollardan tortib, muborak hadislarimizda ham ona madh etiladi, e’zozlanadi. Adibning bu asari har biri mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan.



“Gilam paypoq” hikoyasini o’qish

19















Siddiqova Gulasal


32- maktab o’qituvchisi.
Yüklə 56,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin