Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifo-dalaydigan til birligi frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlit-ligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Masalan, og‘zi qulog‘ida iborasi tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib, xursand tushunchasini ifodala-gan. Biroq qo‘l ko‘tarmoqbirikmasida esa ko‘tarmoq so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi iborani vujudga keltirgan. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi. Frazeologik iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir-liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
1.Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushun-chani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat ularni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi: Uchiga chiqqan-o‘taketgan, turgan gap-albatta, yeng ichida-xufiya, yashirin kabilar shular jumlasidandir.
Leksikografiya (yunoncha lexs-so‘z, grapos-yozaman demakdir) o‘z mohiyatiga ko‘ra lesikologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bo‘limdir. Chunki leksikografiya tilning leksik qatlamiga mansub bo‘lgan so‘zlar, iboralarni lug‘atlarda alfavit tartibida va ba’zan uyadoshlik asosida jamlash, ularni turli tomondan izohlash bilan shug‘ullanadi. Demak, leksikografiyada lug‘at va lug‘at turlari xususida bahs yuritiladi.
1-§. Lug‘at va uning turlari. Lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarning barchasini yoki aksariyat qismini jamlab, ularning ma’nolarini izohlash, imlosi va talaffuzini ko‘rsatish, so‘z ma’nosini bir tildan ikkinchi tilga o‘girish kabi maqsadlarda tuziladigan kitobdir. Lug‘atlar maqsad va vazifasiga ko‘ra, odatda, ikki turli bo‘ladi: 1) qomusiy (ensiklopedik) lug‘atlar; 2) lingvistik (filologik) lug‘atlar.