License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0)



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix18.07.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
zamonaviy-shaharsozlik-nazariyasida-transport-va-uning-landshaftini-rivojlanishini-dolzarb-vazifalari-va-hususiyatlari

SJIF 
2022:5.962
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
100
“Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi 
qarori, hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
respublikasi transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi 
nizomni tasdiqlash” haqida qaror farmonlar imzolandi
1

Dastlabki shaharlar hunarning inson faoliyatining alohida tarmog‘i sifatida 
shakllana boshlagan davrda, jamiyatda mehnat taqsimoti vujudga kelishi natijasida 
shakllandi. Shaharlar harbiy istehkomlar (qal’a shaharlar) va savdo manzilgohlari sifatida 
shakllana boshladi. Shaharsozlik antik davrga kelib gullab-yashnadi. Grek shaharlarida 
gippodam sistemasi deb nomlanuvchi aniq to‘g‘ri burchakli prinsipga asoslangan 
ko‘chalar loyihasi keng tarqaldi. Qachonlardir Rim imperiyasi tarkibida bo‘lgan 
shaharlarda bu sistema keyinchalik ham rivojlandi. Bu sistema aloqalarning qulay 
joylashuvi va issiq iqlim sharoitida hududni yaxshi shamollatishga imkon beradi. 
XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab kelajak shaharlari loyihalari yuzasidan 
loyihalar ishlab chiqila boshlandi. 1898-yili E.Govard radial halqali tarixiy tarkibli bog‘-
shahar g‘oyasini taklif qildi. Shahar keng radial hiyobonlar bilan olti qismga ajratilgan 
aylana shaklida qurilgan. Markaziy ma‘muriy-jamoat maydoni park bilan o’rab olingan. 
Turar-joy halqasi ichida yashil belbog‘ bo‘lib, unda maktablar va sport inshootlari 
joylashgan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi va aholi dam olishi uchun katta shaharning 
tashqi qismi ajratilgan. Shu tarzda markaziy park va yashash hududining yashil belbog‘i 
o‘zaro va shahar atrofi hududi bilan hiyobonlar orqali bog‘lanib, yagona tizimni tashkil 
etadi. Govardning nazariy modeli har bir alohida holat uchun yechim topish imkonini 
berdi (1-rasm) [1]. 
O‘rta Osiyo huhudida shahar ko‘cha-yo‘llarning rivojlanishi uzoq tarixirga ega. 
Hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. Ideal kelajak shaharlari yoki zamonaviy 
shaharlarini yaratish bevosita transport tizimiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda 
transport tizimi quyidagi turga bo‘lish mumkin (1-sxema). 
1
 
https://lex.uz/uz/docs/-4818723?query=avtomobil%20transporti%20landshaft#sr-1
 
1-rasm. E.Gorvardning 
bog‘-shahar loyihasi 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin