Ta’limda (maktabda) liderlik LIDERLIK - bu rahbarning shaxsiy va kasbiy QADRIYATLARidan kelib chiqgan holda hamda maktabning kelajagi haqidagi tasavvur(VISION)dan kelib chiqgan holda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun TA’SIR etish. Muvaffaqiyatli rahbarlar o‘zlarining, o‘z har qanday fursatda bu tasavvurni o‘z xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan baham ko‘rib, ularni ham shu visionning bir qismi bo‘lishlariga undaydi. Maktab falsafasi, boshqaruv shakli va faoliyati ana shu VISION ERISHISHGA QARATILGAN.
(Bush va Glover 2003, 5) TA’SIR QADRYATLAR VISION Birinchidan, markaziy tushuncha - bu hokimiyat emas, balki ta’sir. Ikkalasi ham kuch o‘lchovlari, lekin birinchisi rasmiy lavozimlarda, masalan, direktor yoki bosh o‘qituvchida, ikkinchisi esa maktabning istalgan xodimida bo‘lishi mumkin. Liderlik pozitsion hokimiyatdan mustaqildir, shu bilan birga boshqaruv bevosita unga bog‘liqdir.
Ikkinchidan, jarayon ongli ravishda atayn amalga oshiriladi. Ta’sir qilmoqchi bo‘lgan kishi, ma’lum maqsadlarga erishish uchun ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchidan, ta’sir shaxs va guruh tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bu tushuncha distributed leadership ya’ni liderlikning vazifalarni bo‘lib berish orqali maktabni boshqarish modelini va liderlar guruhi kabi tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
LIDERLIK - bir kishining [yoki guruhning] boshqa kishiga [yoki guruhga] ma’lum bir maqsadga erishish uchun yoki tashkilotdagi faoliyat va munosabatlar o‘rnatish uchun ongli ravishda ta’sir o‘tkazishi (Yukl, 2002: 3). Bush (2008: 277) ushbu ta’riflarning uchta asosiy jihatiga ishora qiladi.
LIDERLIK - maqsadga erishish uchun ongli ravishda TA’SIR “Ta’sir” tushunchasi neytraldir, chunki u qanday maqsadlar yoki harakatlarga intilish kerakligini tushuntirmaydi va tavsiya qilmaydi. Biroq, liderlik qadriyatlar bilan bog‘liq. Rahbarlar o‘z harakatlarini aniq shaxsiy va professional qadriyatlarga asoslashlari kerak.
Day, Xarris va Xadfildning (2001) Angliya va Uelsdagi 12 ta “samarali” maktablarida olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki “agar liderlar shaxsiy va ta’limga oid qadryatlardan qancha yaxshi xabardor bo‘lishsa, ular qadryatlar asosida maktabni shuncha samarali boshqarar ekan”.
Tashqi muhitdan majburan kiritilgan qadryatlar esa negativ ta’sirga ega.