Liliya Gaynutdinova



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix25.09.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#148635
1   2   3   4   5   6
Журнал-№6

Key words and concepts:
education, information 
technologies, modern technologies, computer games, 
communication, independent movement, speech 
culture, Internet, electronic information.
L.K.Bagbekova, 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Kasb ta’limi fakulteti, 
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
Zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi 
kompyuter asri davrida umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fa-
nini to‘liq ravishda yoki uning qaysidir qismini axborot komuni-
katsion texnologiyalari (AKT) dan foydalanib o‘tsa qanday sa-
mara berishini, yoki AKTni qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, 
uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir 
qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek, yana boshqa ko‘p 
jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu 
esa ta’lim tizimida, xususan, o‘quv jarayonlarini tashkil etish va 
sifatli ta’lim berish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniq-
sa o‘quv mashg’ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini 
oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga 
asos yaratmoqda. 
Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim tizi-
mining mazmuni va sifati bizning jamiyatimizning dolzarb ma-
salalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda va 
uni rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va tad-
birlari izlanmoqda, shu bilan birga umumiy o‘rta ta’lim maktab-
larida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikatsion 
texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Ayni 
paytda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahnamoligida respublika-
mizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida ta’lim muas-
sasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan 
samarali foydalanishni ta’minlash, ta’limga yangi axborot tex-
nologiyalarini keng joriy etish, o‘quv muassasalaridagi axbo-
rot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar 
asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Shuning uchun ham taraqqiyotimizning asosiy tarmoqlari-
dan biri bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim tizimini 
jadal rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida axborot kom-
munikatsion texnologiyalarining samaradorligi beqiyosdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim berishda axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanish kutilayotgan natijaga eri-
shish uchun asosiy masala hisoblanib, ko‘plab munozara va 
turli xil fikrlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishiga qaramay, 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang’ich sinf o‘quv-
chilarini o‘qitishda va ularni har tomonlama yеtuk inson bo‘lib 
rivojlani shida, dars jarayonida o‘quvchilarning badiiy-musiqiy 
faoliyatini, matnlarni o‘qish, rasmlarni ko‘rish va ajrata bilish 
tasavvurlarini kengaytirish, kompyuterli o‘yin dasturlari orqali 
fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bilim, malaka va ko‘nik-
malarini shakllantirishda axborot kommunikatsion texnologiya-
lari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini beradi. 
Lekin boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar rivojlanishi uchun 
mo‘ljallangan barcha kompyuterli o‘yin dasturlarining ham-
masi ham ta’lim jarayonida o‘z samarasini beravermaydi [1]. 
Shuning uchun ham kompyuter o‘yinlarini tanlash va ulardan 
foydalanish uchun jiddiy yondashuv va e’tibor kerak bo‘ladi. 
Kom pyuterli o‘yin dasturlari shunday yaratilgan bo‘lishi kerakki, 
unda bajariladigan har bir harakat o‘quvchilar tomonidan to‘g’ri 
qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O‘yin dastu-
ridagi har bir harakatni o‘quvchi tushuna olish, uni qanday ba-
jarish kerakligini o‘ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega 
bo‘lishi lozim. 
Bundan tashqari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi-
larini axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang’ich savodxon-
ligini ham oshirish mumkin, ya’ni, kompyuterning umumiy tu-
zilishi, asosiy qurilmalari to‘g’risida umumiy tushunchalarni, 
klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. 
Bu bolalarning kompyuter o‘yinlaridan foydalana olish bilim va 
ko‘nikmalari shakllanishida asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida kompyuterli o‘yin dasturlaridan foy-
dalanish o‘quvchilarda bir qancha pedagogik-psixologik funk-
siyalarni amalga oshiradi va shakllantiradi:
– mustaqil harakat qilish imkonini beradi;
– obrazli tasavvurlash va fikrlash rivojlanadi;
– ranglarni ajrata olish imkoniyatini yaratadi;
– bilim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi;
– o‘z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish imkonini beradi;
– muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi;
– insonlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi; 
– o‘z-o‘zini nazorat qilishni shakllantiradi; 
– hamkorlik qilish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi;
– charchoq va quvvatsizlikni yo‘qotadi;
– nutq madaniyati va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi;
– harakatchanlik qobiliyati oshadi[2].
Bugungi kunda respublikamizda maktab ta’lim tizimini kom-
pyuter, multimediali elektron qo‘llanmalar, internet, elektron 
ma’lumotlar bazasi va shu kabi yangi axborot texnologiyalari 
asosida tashkil etish hamda mashg’ulot va boshqarish jara-
yonida ulardan keng foydalanishga oid bir qator ishlar amalga 
oshirilmoqda. Maktab ta’lim tizimida zamonaviy axborot kom-
munikastion texnologiyalari vositalari asosida tashkil etiladigan 
Axborot texnologiyalari


MAKT
AB V
A HAY
O
T

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin