TALIM SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN
XALQARO TESTLARDA FIZIKA YO‘NALISHI NATIJALARIGA TA’SIR
KO‘RSATISHI MUMKIN BO‘LGAN OMILLAR
В данной статье раскрыта суть международных
экспериментов по
оценке качества образования,
а также рассматривается вопрос получения хоро
-
ших результатов в тестовых испытаниях по есте
-
ственным наукам и по физике по международной
программе PISA. Цель программы PISA–оценка
способности учащихся использовать приобретен
-
ные в школе знания и опыт для широкого диапа
-
зона жизненных задач в различных сферах чело
-
веческой деятельности,
общения и социальных
отношений.
Ключевые слова и понятия:
международные
системы оценки качества образования, проблемы
подготовки молодёжи к международным тестам по
физике и естественных наук.
This article reveals the essence of international
experiments to assess the quality of education, as
well as the issue of obtaining good results in tests in
natural Sciences and physics under
the international
program PISA. The purpose of the PISA program is
to assess the ability of students to use the knowledge
and experience acquired at school for a wide range
of life tasks in various
spheres of human activity,
communication and social relations.
Key words and concepts:
international systems
of education quality assessment, problems of youth
preparation for international tests in physics and
natural Sciences.
Yu.Ch.Muslimova, M.T.Tolegenova,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari
X.X.Tojiboyeva,
mazkur kafedra dotsenti
Ma’lumki, respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqa-
ro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning
ilmiy-tadqiqot
va innovatsion faoliyatini, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va
ijod korligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘bat-
lantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan respub-
likamizda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomo-
nidan o‘tkaziladigan PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS xalqaro
tadqiqotlarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilindi
(ma’lumot uchun, PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilari-
ning matnni o‘qish va
tushunish darajasini baholash; TIMSS –
4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash; PISA – 15 yoshli
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fan-
lardan savodxonlik darajasini baholash; TALIS – umumiy o‘rta
ta’lim maktablari direktorlari va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma
o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim
olish jarayonlari
samaradorligini baholash). Bundan maqsad, asosan o‘quv-
chi-yoshlarining o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini hamda bilimlarini amaliyot-
da qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishdan, shuningdek, rahbar
va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish
sharoitlarini o‘rganishdan iborat.
Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi, Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Ta’lim sohasidagi yutuqlar-
ni baholash xalqaro assotsiatsiyasi o‘rtasida
imzolangan keli-
shuvga muvofiq, 2021 yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturla-