Liliya Gaynutdinova



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix25.09.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#148635
1   2   3   4   5   6
Журнал-№6

№6 | 2019 |
37
Axborot texnologiyalari
mashg’ulotlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
– dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalari yor-
damida barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbat-
larini ta’minlash;
– axborot texnologiyalari asosida o‘quvchilarning qiziqishla-
ri, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan 
bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun kerakli imkoniyatlarni 
yaratish; 
– axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalari o‘quv-
chini har tomonlama rivojlanishini motivasiyalash va faollash-
tirish;
– axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosi-
da ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlari mantiqiyligi va 
emotsionalligini oshirish.
Axborot kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish 
orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim tizimining sama-
radorligi quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
1. Tatbiq etilayotgan axborot-kommunikasion texnologiya-
lari vositalarining sifati;
2. Axborot texnologiyalari vositalarining tarkibiy qismi hi-
soblangan zamonaviy dasturiy vositalari (multimediali elektron 
qo‘llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi, kompyuter 
o‘yin) ning sifati [3].
Axborot-kommunikasion texnologiyalaridan samarali foy-
dalanish asosida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish uchun 
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish va 
ta’lim jarayoniga joriy etish maqsadida kompyuterli nashrlar, 
virtual laboratoriya, ijodiy ishlanmalar, virtual sayohatlar va mul-
timediali dasturlar yaratilmoqdaki, ular multimediali va internet 
o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi hamda 
dars sifatini oshirishga xizmat qiladi. 
Adabiyotlar
1. Usmanov A.I. Zamonaviy axborot texnologiyalari, – T.: 
“Akademiya”, 2007 y.
2. Abdiyev Sh. Ta’lim sifat samaradorligini oshirishda axbo-
rot texnologiyalarining o‘rni. Uslubiy ko‘rsatma. – VXTXQTMOI, 
Samarqand, 2015 y.
3. G‘ulomov S. Axborot tizimlari va texnologiyalari – T.: 
«Sharq», 2000 y.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin