Lim fan va inovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Bolalar tafakkurining o‘ziga xosligi



Yüklə 177,5 Kb.
səhifə9/11
tarix02.05.2023
ölçüsü177,5 Kb.
#105978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xasanova Faridaxon - Boshlang’ich sinflarda diktant

Bolalar tafakkurining o‘ziga xosligi


Tafakkur – inson tomonidan obektiv reallikni analiz, sintez, mulohoza va boshqalar orqali bilish jarayonidir.
Tafakkurning uchta ko‘rinishi mavjud [6, B.210]:
-ko‘rgazmali-harakatli (bunda munosobatlar bevosita aniq predmetlar (o‘yinchoqlar) ustida manipulyatsiya qilish yo‘li bilan ochib beriladi);
-ko‘rgazmali-obrazli (bir-biriga yoki turli predmetlar obrazlarini mos qo‘yib munosobat va bog‘liqliklarni ochadi);
-mantiqli-so‘zli (tushunchalar, so‘zlar va mulohozalar yordamida bilish).
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ayniqsa 3-4 yoshli bolalarda intensiv rivojlanadi. U predmetlar xossalarini o‘rgana boshlaydi, predmetlar orqali amallarni bajarishga o‘rganadi, ular o‘rtasida munosobatlarni o‘rnatadi va turli amaliy masalalarni yechadi.
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur asosida tafakkurning murakkab ko‘rinishi bo‘lgan – ko‘rgazmali-obrazli tafakkur shakllanadi. U bola tasavvurlari asosida, amaliy harakatlarni tadbiq qilmasdan masalalarni yecha olishi bilan tavsiflanadi. Bu bolaga masalan, chizma rasmlardan foydalanishiga yoki yoddan sanash ishlarini amalga oshirishiga imkon beradi.
Olti-yetti yoshli bolalarda mantiqli-so‘zli tafakkurning intensiv shakllanishi boshlanadi, u tushunchalarni almashtirishdan foydalanishda nomoyon bo‘ladi.
Mantiqiy tafakkurning yuqori bosqichiga erishish – uzoq va murakkab jarayondir, chunki mantiqiy tafakkurning atroflicha rivojlanishi nafaqat aqliy faoliyatning yuqori darajadagi faolligini talab qiladi, balki predmet va hodisalarning umumiy va muhim belgilari so‘zlarda mustahkamlangan umumlashgan bilimlarni ham talab etadi.
Taxminan bola o‘n to‘rt yoshlarida uning tafakkuri kattalarning tafakkur faoliyati tavsifiy belgilariga ega bo‘la boshlagan paytda, rasmiy-mantiqiy amallarni bajara olish darajasiga erishadi. Lekin, bolada mantiqiy fikrlashni rivojlantirish maktab yoshigacha bo‘lgan davrdan boshlash lozim. Masalan, bola 5-7 yoshlaridayoq mantiqiy tafakkurning taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish va ma’noni moslashtirish kabi usullarini elementar darajada o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Dastlabki bosqichlarda bu usullarni shakllantirish ko‘rgazmali, aniq materialga tayangan holda va xuddi ko‘rgazmali-obrazli tafakkur ishtirok etayotgandek amalga oshirilishi lozim[5,B.39].
Mantiqiy tafakkurning usullari.
Taqqoslash – o‘xshash belgilarini va predmet hamda hodisalar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga yo‘naltirilgan usul. Bola 5-6 yoshlarda odatda turli predmetlarni o‘zaro taqqoslay oladi, lekin uni bir necha belgilari asosida amalga oshiradi, masalan, rangiga, shakliga, kattaligiga ko‘ra va boshqa ba’zi-bir belgilariga nisbatan. Bundan tashqari, bu belgilarni ajrata olish tasodifiy tavsifga ega va obyektni atroflicha tahliliga tayanmaydi.
Ta’lim jarayonida bola taqqoslash usuliga quyidagi ko‘nikmalar orqali erishishi lozim:
Obyektni boshqa obyektlarga mos qo‘yish asosida belgilarini (xossalarini) ajratish. Odatda olti yoshli bolalar premetda bor-yo‘g‘i ikki-uchta xossalarini (vaholanki, ular cheksiz ko‘p bo‘lishiga qaramasdan) ajrata olishadi. Bola bu predmetning ko‘p sondagi belgilari va xossalarni ko‘ra olishi uchun, u predmetni turli tomondan tahlil qila olishi, bu predmetni boshqasi bilan farqlanuvchi belgi hamda xossalari asosida taqqoslay bilishi lozim.
Taqqoslash uchun pretmetlarni oldindan tanlab, asta-sekinlik bilan balalarni ilgari ulardan yashiringan belgi va xossalarni o‘rgatish mumkin. shu bilan birga, bu ko‘nikmalarga ega bo‘lish – nafaqat predmet xossasini ajrata olish, balki uni atalishini ham bilishdan iboratdir.
Taqqoslanayotgan obyektlarning umumiy va farq qiluvchi belgi va xossalarini aniqlash.
Bola predmetlarni bir-biri bilan taqqoslab, belgi va xossalarini ajratishni o‘rganganidan keyin, predmetlarning farq qiluvchi umumiy belgi va xossalarini aniqlash ko‘nikmalarini shallantirishni boshlash kerak bo‘ladi.
Birinchi navbatda ajratilgan belgi va xossalar asosida tahliliy taqqoslashni amalga oshirishga hamda farqlarni topishga o‘rgatish lozim. So‘ngra umumiy belgi va xossalarga o‘tish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, bolani ikkita predmetda,so‘ngra bir nechtasida umumiy belgi va xossalarni ko‘rishga o‘rgatish muhimdir[4, B.20].
3) Obyektda muhim belgi va xossalar berilib, ularni oson aniqlash mumkin bo‘lsa, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni farqlay olish.
Bola predmetlarda umumiy va farqlanuvchi belgi va xossalarini ajrata olishga o‘rganganidan so‘ng, quyidagi qadamni qo‘yish mumkin: uni muhim belgilarini muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajalilaridan farqlashga o‘rgatish.
So‘ngra oddiy misollar yordamida, “umumiy” va “muhim” belgilar o‘zaro qanday mos qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin.
Bolaning diqqatini yana bir narsaga jalb etish, ya’ni – “umumiy” belgi har doim ham muhim bo‘lavermasligiga, lekin “muhim” belgi har doim “umumiy” bo‘lishligiga e’tiborini qaratish lozim.
Masalan, bolaga ikkita predmetni ko‘rsating, unda “umumiy” lekin “muhim bo‘lmagan” belgi – rang hisoblanib, “umumiy” va “muhim” belgi – uning shakli bo‘lsin.
Obyektning muhim belgilarini topishni bilish, umumlashtirish usullariga ega bo‘lishning jiddiy dalillaridan biridir.
“Umumlashtirish” va “tasniflash” usullariga o‘rgatish.
Tasniflash – predmetlarni tafakkurda juda muhim belgilariga qarab, sinflarga taqsimlash. Tasniflashni amalga oshirish uchun materialni tahlil qila olish, uning alohida elementlarini bir-biriga mos qo‘yish, ulardagi umumiy belgilarni topish, shu asosda umumlashtirishni amalga oshirish, predmetlarni aniqlangan umumiy belgilariga qarab guruhlarga taqsimlash zarur.
Shunday qilib, tasniflashni amalga oshirish taqqoslash va umumlashtirish usullaridan foydalanishni nazarda tutadi
“Tizimlashtirish” usuliga o‘rgatish.
Tizimlashtirish –obyektlarni ma’lum bir tartibda joylashtirish, ular o‘rtasida aniq bir ketma-ketlikni o‘rnatish yoki bir tizimga keltirish. Bola tizimlashtirish usullariga ega bo‘lishi uchun, eng avvalo obyektlarning turli belgilarini ajrata olishi, hamda bu belgilarga turli obyektlarni mos qo‘ya olishi kerak.
Boshqacha aytganimizda u elementar taqqoslash amallarini bajara olishi lozim.
Olti-yetti yoshlardagi bolalarda tizimlashtirishni shakllantirish uchun ularda quyidagi zaruriy ko‘nikmalar bo‘lishi lozim:
Obyektni bitta belgi asosida va bir qatorda joylashish qonuniyatini topish.
Bu ko‘nikmani rivojlantirish uchun odatda tartiblangan obyektga yana bitta obyektni qo‘shish zarurati haqidagi masalalardan foydalaniladi, lekin qo‘shilgan obyekt qolganlarining joylashish qonuniyatini buzmasligi lozim. Bunday masalani yechish faqatgina shunday qonuniyatni topgandagina amalga oshiriladi.
Tasodifiy holda joylashgan obyektlarni qatorlarga tartiblashtirish.
Bunday hollarda nisbatan murakkab masalalardan foydalaniladi. Ularda obyektlar betartib holda taqdim etiladi. Bunday topshiriqlar ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Birinchi ko‘rinishdagisida obyektni tartiblashtirish lozim bo‘lgan belgini mustaqil topish ko‘nikmasini rivojlantirish nazarda tutiladi. Bu yerda bolani obyektlarni tahlil qilishi asosida ularning har biriga tegishli bo‘lgan (lekin obyektdan obyektga o‘zgaradigan) muhim belgisini topishga o‘rgatish[2,B.58].
Ikkinchi ko‘rinishdagi topshiriq abstrakt belgilardan foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunday belgilar u yoki bu ko‘rinishdagi shaxsiy xususiyatlarni ifodalanganligi va harakatlarni bajarilish sifati bo‘lishi mumkin (har bir bola oldingisiga nisbatan tartib-intizomliligi) va boshqalar. Ular verbal (so‘zlarda) taqdim qilinishi lozim, chunki bola qandaydir tashqi tayanch imkoniyatdan foydalanishga ega bo‘lmasligi kerak. Obyektlarni tartiblanishini u to‘lig‘icha ongida bajarishi lozim. Bunday topshiriqlar nafaqat mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun, balki ongida bajarishni rivojlantirish va tezkor xotira uchun ham juda foydalidir [2, B.63].
“Ma’noni bog‘lash” usuliga o‘rgatish.
Bola predmetlarni tashqi belgilariga ko‘ra bir-biriga bog‘lashga, taqqoslashga o‘rgatilganidan so‘ng, masalan, shakliga, rangiga, kattaligiga ko‘ra, shundan keyin intellektual jihatdan murakkabroq amallarga – predmetlarni ma’nosiga ko‘ra bir-biriga bog‘lashga o‘rgatishga o‘tish mumkin.
Predmetlarni ma’nosiga ko‘ra bir-biriga bog‘lash – ular o‘rtasidagi qandaydir bog‘lanishlarni topish, agar bu bog‘lanishlar predmetlarning va hodisalarning muhim belgilari va xossalariga asoslangan bo‘lsa. Lekin, ikkinchi darajali, unchalik e’tiborli bo‘lmagan xossa va belgilarga ham tayanishni ham bilish muhimdir.
Bu bog‘lanishlar topish uchun predmetlarni ularning funksiyalariga, nimaga mo‘ljallanganligiga, boshqa ichki xossa va belgilariga e’tiborni qaratib, o‘zaro taqqoslash kerak bo‘ladi. Taqqoslanadigan predmetlar munosobatlarning turli ko‘rinishlariga qarab bog‘langan bo‘lishi mumkin. Masalan, bu “qismi-yaxlitligi” (g‘ildirak-mashina) ko‘rinishdagi bog‘lanishlarga, predmet va hodisalarning qarama-qarshiligiga (tuz-shakar, kun-tun va boshqalar), predmet funksiyalarining o‘xshashligi va qarama-qarshiligiga (ruchka-qalam, qalam-o‘chirg‘ich) va boshqa ko‘rinishdagi munosobatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
“Ma’noni bog‘lash” usuliga o‘rgatish – bu bog‘lanishlarni tezlik bilan topishga o‘rgatishdir.
Uning ta’limi quyidagi tartibda olib borilishi lozim:
1.Ikkita ko‘rgazmali taqdim etilayotgan predmetlarni ma’noni jihatdan bog‘lash (rasm-rasm).
2. Ko‘rgazmali taqdim qilinayotgan predmetni, so‘z orqali berilayotgan predmet bilan mos qo‘yish (rasm-so‘z).
3. “So‘z-so‘z” ko‘rinishida taqdim qilinayotgan predmet va hodislarni ma’nosiga ko‘ra moslashtirish.
So‘z orqali qandaydir predmet, uning alohida xossalari, tabiat hodisalari va boshqa ko‘plab predmetlar belgilanishi mumkin. eng muhimi bu belgilar va tushunchalar (so‘zlar) bola uchun tanish bo‘lishi muhimdir.
Bolaning ruhiy sog‘lomligining o‘ziga xosligi - uning bilimga nisbatan faolligidir.
Bola qiziquvchanligi doimo o‘rab turgan atrofimizdagi olamni va dunyo tuzilishini bilishga yo‘naltirilgandir. Bola o‘ynab turib, tajribasida sabab-oqibat va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga harakat qiladi. Masalan. uning o‘zi qanday predmetlar cho‘kishini, qanday predmetlar suzishini fahmlashi mumkin. Bolaning aqliy munosobatlari qanchalik faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savollar beradi va bu savollar turlicha bo‘lib boradi. Bola dunyodagi barcha narsalar bilan qiziqishi mumkin: okeanning chuqurligi qancha? Hayvonlar qanday nafas oladi? Nima uchun tog‘larning tepasida qor saqlanadiyu pastda erib ketadi?
Bola har doim bilishga intiladi, bilimlarni o‘zlashtirish esa ko‘p sondagi “nimaga?”, “qanday, “qanday qilib”, “nima uchun” kabi savollarga javob olishi orqali amalga oshadi.
U o‘zida bor bilimlaridan foydalanishga majbur holda, holatni tasavvur qiladi va savolga javob topish uchun mumkin bo‘lgan yo‘lni topishga harakat qiladi. Bola haqiqiy holatni tasavvur qilib, o‘z xayolida unda harakatlanadi. Ichki obrazli harakatlar natijasida masalani yechimini amalga oshish tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli deb ataladi. Obrazli tafakkur – kichik maktab yoshida tafakkurning asosiy ko‘rinishidir. Albatta, boshlang‘ich ta’lim yoshida bola mantiqiy fikrlaydi, lekin bu yoshda ular ko‘pincha ko‘rgazmalilikka tayanadilar.
Psixologlar tomonidan tafakkur ikkita turi o‘rganilgan – empirik va nazariy.
Nazariy tafakkur quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- refleksiya, ya’ni bola tomonidan o‘z harakatlari va ularni masala shartlariga mos kelishini anglanishi;
- masala mazmunini umumiy yechimni topish maqsadida tahlil qilinishi, so‘ngra boshqa shunga o‘xshash masalalar sinfiga tadbiq etish uchun o‘tkazilishi;
- ularni rejalashtirish va ongda bajarish uchun ichki harakat rejasini tuzish[3, B.72].
Tadqiqotlar natijasida aniqlanganki, maktabda ta’lim olish jarayonida bolaning bilim olishi boshqa ko‘rinishdagi tafakkur natijasida amalga oshishi mumkin va u empirika nomini olgan. Empirik tafakkur asosida bilimlarni o‘zlashtirish, atrof-olamdagi predmet va hodisalarning tashqi o‘xshashliklarini taqqoslash, umumiy belgilari aniqlash natijasida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarda empirik va nazariy tafakkurning o‘ziga xosligi qanday nomoyon bo‘ladi, qanday aniqlanadi, kichik maktab yoshidagi bolalarda tafakkurning rivojlanishi qaysi yo‘ldan boradi?
Masalan, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan muhim matematik amallar qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari hisoblanadi. Bu amallar o‘zlashtirilganligidan so‘ng, ularni mustahkamlanganligi odatda ko‘p sondagi bir xil ko‘rinishdagi matematik masalalarni yechish orqali tekshiriladi.
Nazariy tafakkurning shakllanganligini aniqlash uchun ikki qismdan iborat bo‘lgan tajriba-sinov holati tuziladi.
Birinchi qismda o‘quvchilarga ketma-ket bir nechta masalalar taklif etiladi, ular shunday tanlanganki, bir xillari ifodalanishiga ko‘ra, ikkinchi xillari javoblariga ko‘ra o‘xshashdir, lekin ularning matematik yechilish usullari turlicha bo‘lishi mumkin.
1-masala. Daraxtga uchta qush kelib qo‘ndi. Ularga yana bitta qush kelib qo‘shildi. Daraxtda nechta qush qo‘nib turibdi?
2-masala. Daraxtda 17 ta qush qo‘nib turibdi. 13 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldi?
3-masala. 18 ta qush 3ta teng to‘daga bo‘lindi. Har bir to‘dada nechtadan qush bor?
4-masala. Bolaga 7 ta olma va 2ta nok berishdi. Bolaga nechta meva berishdi? (Yechish usuli birinchi masala bilan umumiy).
Taqdim qilingan masalalar muvaffaqiyatli yechilgandan so‘ng, o‘quvchilarga ularni tasniflash (gruppalash) taklif etiladi.
Berilgan masalalarni yechishda o‘quvchi qanday belgilarga qarab mo‘ljal olganligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu yerda ikkita asosiy tasniflash varianti bo‘lishi mumkin: o‘quvchining masalani muhim bo‘lmagan, tashqi belgilariga qarab mo‘ljalni olganligi (empirik yondashuv) va o‘quvchining masalaning muhim belgilariga, amallarning matematik usullariga qarab mo‘ljalni olishi (nazariy yondashuv).
O‘quvchining keyingi variantni tanlashi, masalani yechish davomida u nafaqat oxirgi natijani oldi, balki mos ko‘rinishdagi masalalar to‘plami uchun umumiy usulni ham ajratdi.
Yechilgan masalalarni tasniflash chog‘ida bolalar turlicha yondashdilar: masalalarni javobiga, bayon qilinish shakliga hamda yechilish usuliga qarab gruhlarga ajratishdi.
Nazariya jihatidan umumlashtirish tahlilining o‘ziga xosligi o‘quvchilar tomonidan murakkablik darajasi o‘sib borish tartibidagi bir xil tipli masalalarni yechish davomida aniqlanishi mumkin. Lekin, bunday masalalarni yechilish tasnifiga qarab, o‘quvchilarda nazariy tahlilning bor yoki yo‘qligi haqida mulohoza yuritish mumkin.
Masalan, quyidagi topshiriq beriladi: har bir taqdim etilayotgan qatorda sonlar ketma-ketligini buzmasdan, ular orasiga arifmetik amallarni (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish) va qavslarni shunday joylashtiringki, bu amallar natijasida har bir qatorda bir soni hosil bo‘lsin:
1) 123 = 1
2) 1234 = 1
3) 12345 = 1
4) 123456 = 1
5) 1234567 = 1
6) 12345678 = 1 va boshqalar.
Agar o‘quvchi har bir masalani o‘zi uchun yangi masaladek, ulardagi tuzilish umumiy prinsipini ajratmasdan yechadigan bo‘lsa, u holda bola tashqi, muhim bo‘lmagan belgilarga e’tibor qaratganidan darak beradi. Bu holda yechish xatolar va ularni tekshirib ko‘rish metodi orqali olib borilayoganligini bildiradi. Agar bola bir yoki ikkita masalani yechish davomida uning umumiy yechish prinsipini kashf etadigan bo‘lsa, demak u daslabki masalalarni yechishni tahlil qilgan va boshqalarini yechishda ulardan chiqargan xulosa hamda shartlariga tayangan bo‘ladi.
Bu topshiriqlar arifmetik amllardan tizimsiz foydalanish asosida, empirik ravishda bajarilishi mumkin:
(1 + 2) : 3 = 1; 1×2 + 3 – 4 = 1; (1 + 2) × 3 : (4 + 5) = 1; 1 + 2 + 3 – 4 + 5 – 6 = 1 va boshqalar.
Xuddi shuningdek 1, 3, 5, 7... (toq) masalalar o‘ziga xos yechimga egadir: (
1 + 2) : 3 = 1; ((1 + 2) : 3 + 4) : 5 = 1; (((1+2) : 3+4) :5 + 6) : 7 = 1 va boshqalar.
2, 4, 6, 8… (juft) masalalar quyidagicha yechiladi:
1 – 2 + 3 – 4 = 1; (1 × 2 + 3 – 4 + 5) : 6 = 1; ((1 × 2 + 3 – 4 + 5) : 6 + 7) : 8 = 1 va boshqalar.
Ko‘pchilik psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari matematika, ona tili va boshqa o‘quv predmetlarining nazariy materiallarini ma’lum bir shartlar asosida (o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalarini qo‘yilishi va ularni tadim etilayotgan usullar yordamida yechilishi)muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari mumkin. “Tanish maqol” mashqi
O‘quvchilarga shifrlangan maqollar taklif etiladi: unda har bir maqol ikkita qismga ajratilgan, ularning har birining o‘z kaliti mavjud. O‘quvchilar maqolni to‘liq aniqlab, shifrini ochishlari kerak bo‘ladi. Doskada kalit yozilgan.

Kalit:
0 – bir kes...
1 – nima eksang...
2 –sanaydilar...
3 – oltin hisoblanavermaydi...
4 – temirni ...
5 – jo‘jani kuzda...
6 – issig‘ida bos...
7 – shuni o‘rasan...
8 – hamma yaltragan narsa...
9 – yetti o‘lchab...

O‘qituvchi. Yana bir marta sizlar bilan biz shifrlarni ochishga harakat qilamiz. Dastlab siz bu yerda qanday maqollar shifrlanganligini bilishingiz. Har bir maqol ikki qismdan iborat, shu sababli ikkita raqam bilan shifrlangan bo‘lishi kerak. Maqolni ikki xonali son ko‘rinishida shifrlang. Bu raqamlarni daftaringizga yozing. Bu topshiriqni bajarishingiz uchun sizlarga uch minut vaqt ajratiladi.
O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi, so‘ngra javoblar muhokoma qilinadi. Albatta maqollarning ma’nosiga to‘xtalib o‘tish lozim, ularni birgalikda tushuntirish kerak. O‘qituvchi bu sonlarni eslab qolish kerakligini aytadi.
To‘g‘ri javoblar: 17, 46, 52, 83, 90.
Darsning so‘ngida o‘qituvchi bolalardan dastlab ikki xonali sonni, so‘ngra shifrlangan maqolni eslashlarini so‘raydi.
Antiqa misollar” mashqi.
Bu mashqda ham bundan oldingi jadval-kalitdan foydalaniladi. U doskada yozilgan bo‘lishi kerak. Bolalar noodatiy holda yozilgan misollarni yechishadi.
Nima eksang+issig‘ida bos = ?
Yetti o‘lchab : oltin hisoblanavermaydi = ?
Temirni issig‘ida x nima eksang = ?
10: jo‘jani kuzda = ?
Temirni issig‘ida bos – Hamma yaltiragan narsa oltin hisoblanavermaydi = ?
Yetti o‘lchab bir kes – jo‘jani kuzda sanaydilar = ?
O‘qituvchi. Siz shifrlangan misollarni yechishingiz kerak. Dastlab uni kalit yordamida shifrini ochib, so‘ngra yeching. Javoblarni daftarlaringiz yozing.
Bolalar topshiriqni bajarishib, javoblarni tekshirishadi. O‘qituvchi javoblarni eslab qolishlarini so‘raydi. Shu darsning oxirida yoki kelgusi darsda ular to‘g‘ri javobni eslashadi.
Asosiy belgi” mashqi.
Bolalarga doskada yozilgan o‘nta so‘zdan belgi-so‘zni tanlash taklif qilinadi.

Yüklə 177,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin