7
1. ISHLAB CHIQARISH ZAHARLARI, ULARNING MANBALARI HAQIDA
TUSHUNCHA. ZAHARLARNING SINFLANISHI
1.1. Sanoat toksikologiyasi fani va masalalari
Sanoat toksikologiyasi masalasiga bir tomondan sanoat
sharoitida uchraydigan
zaharli moddalar ta’sirini o‘rganish kirsa, boshqa tomondan bu mehnat gigiyenasi
bo‘limidir. Mehnat gigiyenasi o‘z navbatida mehnat jarayonining
va sanoat atrof-
muhitida ishlovchilarning organizmga ta’sirini o‘rganuvchi profilaktik dars
hisoblanadi. Mehnat gigiyenasini o‘rganishdan maqsad
qulay mehnat sharoitlarini
yaratish va jamoa salomatligini yuqori darajada bo‘lishini va mehnatga layoqatliligini
taminlashdan iboratdir. Sanoat toksikologiyasi fani bir vaqtda ikki masalani o‘rganadi:
1) ishlab chiqarishda uchraydigan zararli moddalarning organizmga ta’sirini
o‘rganish.
2) kasb kasalliklarini profilaktika qilish maqsadida, mehnat sharoitlarini Yanada
yaxshilashni tashkil qilishga qaratilgan sanitar gigiyenik va davolash-profilaktik chora-
tadbirlarni ishlab chiqish.
Sanoat toksikologiyasi masalalariga quyidagi savollar kiradi:
1) yangi sanoat moddalarini toksikologik baholash va ularning gigiyenik
reglamentatsiyasi;
2) bir qancha toksik moddalarning birgalikdagi ta’sirini,
Shu bilan birga, fizik
omillar bilan toksik moddalar ta’sirini gigiyenik reglamentlash;
3) zararli moddalarni gigiyenik standartlash;
4) sanoat zaharlarining ta’sir
qilish mexanizmini, zaharlanish patogenezi,
biotransformatsiyasi, toksikokinetikasini
tekshirish;
5) sanoat moddalarining turli organlarga va organizmlar sistemalariga o‘ziga xos
ta’sirini o‘rganish;
6) inson
qatnashgan tajribadan olingan ma’lumotlardan ekstrapolyatsiyaning ilmiy
asoslarini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: