Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


12 
2. GOMEOSTAZ
 
TUSHUNCHASI 
 
GOMEOSTAZ
 
- gomeostazis (gomeo va yun. stasis – harakatsizlik, holat)
biologik sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining 
dinamik 
nisbiy doimiyligini saqlab 
qolish xususiyati. Gomeostaz tuShunchasini amyerikalik fiziolog U. Kennon 1929 
yilda 
taklif 
yetgan. 
Gomeostaz 
biologik 
tuzilishning 
har 
xil 
darajasida 
namoyon
 boʻladi. 
Koʻp hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar 
joylashadi, ana Shu ichki muhitda Gomeostaz mexanizmlari rivojlanadi va 
takomillashib 
boradi. Evolyutsiya davomida qon aylanish, ayirish, nafas olish, hazm 
qilish va gomeostazni boshqarishda zarur boʻlgan boshqa maxsus sistemalar vujudga 
kelgan. 
Dengiz umurtqasiz hayvonlarida ichki muhit suyuqligi hajmi, ion tarkibi va rN ini 
barqarorlashtiradigan gomeostatik mexanizmlar paydo boʻladi. Chuchuk suv va 
quruqlikda yashashga oʻtgan hayvonlarda, Shuningdek, chuchuk suvdan dengizga 
oʻtgan umurtqalilarda osmotik faol moddalar konsentratsiyalanadi. 
Gomeostaz ayniqsa sut emizuvchilarda mukammal rivojlangan boʻlib, ularning 
atrof muhitga moslanish imkoniyatlarini oshiradi. Gomeostaz tufayli qon 
va toʻqima suyuqligi hajmi, ulardagi ionlar va osmotik faol moddalar konsentratsiyasi, 
qonning rN, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar tarkibining doimiyligi saqlanib 
qoladi. Qushlar va sut emizuvchilar tana haroratining doimiyligi gomeostaz tufayli 
ham boshqariladi.
Qoʻshimcha fiziologik mexanizmlar alohida organlar ichki muhiti doimiyligini 
taʼminlaydi. Masalan, gematoensefalik va gematooftalmik baryyerlar miya hujayralari 
va koʻzlarni oʻrab turadigan suyukliklarning maxsus xossalarini belgilaydi. 
Gomeostazning boshqarilishida markaziy nyerv sistemasi: bosh miya yarim sharlari 
poʻstlogʻi, simpatik nyerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti va boshqa bezlarning holati 
katta ahamiyatga ega. 
Har xil regulyatsiya mexanizmlarini oʻz ichiga oladigan murakkab gomeostatik 
sistemaga misol qilib artyeriya bosimining optimal darajada saqlanib turishini 
taʼminlaydigan sistemani koʻrsatish mumkin.
Gomeostatik jarayonlar asosida yotadigan mexanizmlarning izdan chiqishi 
«Gomeostaz kasalligi» hisoblanadi. Bu jarayonlarga shartli ravishda biologik 
ritmlarning qayta qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan organizmlar normal faoliyatining 
funksional buzilishini ham kiritish mumkin. Oʻsimliklarda Gomeostazni hujayra 
darajasida boshqarishda plazmolemma va tonoplast asosiy ahamiyatga ega. 
Plazmolemma tashqi muhitdan hujayraga oziq moddalar, ionlar va suvning oqib 
kelishi, ballast moddalar va ortiqcha N
+
, Na
+
, Sa
2+
ionlarini chiqarib yuborishni; 
tonoplast 
esa 
oziq 
moddalar 
tanqisligida 
vakuollardan 
protoplazmaga 
zaxira moddalarni olib kirish va ularning ortiqcha qismini vakuollarga chiqarilishini 
boshqaradi. Toʻqima darajasida Gomeostazni saqlashda uglevodlar va boshqa 
substratlarning hujayralararo oqimini воshqaradigan plazmodesmalar qatnashadi. 
Gomeostazni oʻrganish - mikroevolyutsiya qonuniyatlarini tadqiq qilishning dolzarb 
vazifasiga kiradi.


13 
«Gomeostaz» tushunchasidan ekologiyada ekosistemalar holati va ular 
turgʻunligiga tasnif byerishda keng foydalaniladi. 
Gomeostaz tufayli biogeotsenozlarda turlarning tarkibi va individlar soni 
barqarorligi saqlanib turadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin