Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Tayanch so‘z va iboralar:
retseptor, retseptorga yaqinlik, bog‘lanish turlari, 
bog‘lanish enyergiyasi, yallig‘lanish, allyergik ta’sirlar, allyergenlar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


23 
4. ZAHARLARNING TURLI A’ZOLAR TIZIMLARIGA TA’SIRI 
 
 
Asab tizimi.
Har qanday zaharlanish u yoki bu darajada asab tizimida va uning 
yuqori bo‘limi – miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida o‘zgarishlarga olib keladi. Shu 
bilan birga, kimyoviy moddalar ichida tanlab neyrotrop ta’sir qiladigan agentlar 
guruhini ham ajratish mumkin. 
Boshlang‘ich zaharning asab tizimiga ta’siri yo‘nalishiga qarab 4 ta ta’sir guruhi 
ajratiladi. 
a) nospetsifik (noelektrolitli, narkotikli) ta’sir. Organik yerituvchilarning 
narkotikli ta’siri ularning nyerv hujayralariga osongina kira olishi bilan izohlanadi; 
b) nyerv hujayralarining spetsifik zararlanishi, u zaharning biologik substrat 
bilan kimyoviy ta’sirlaShuviga asoslanadi. Nyerv hujayrasiga bevosita zararlovchi 
ta’sirning toksik samarasi biologik substrat bilan kimyoviy ta’sirlaShuvga bog‘liq; 
d) mediatorli almashinuvning spetsifik blokirovkalanishi; 
e) qon aylanishining mahalliy va umumiy buzilishi yoki gipoksiya holati bilan 
belgilangan ikkilamchi ta’sir. Nyerv to‘qimasiga kislorod yetkazib byerilishining 
kamayishini o‘pkada gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (bo‘g‘uvchi va 
qo‘zg‘atuvchi), qonda kislorod taShuvini blokirovkalaydigan (metgemoglobin hosil 
qiluvchi gazlar, is gazi) yoki uning to‘qimalar tomonidan utilizatsiya qilinishiga olib 
keladigan (sianidlar, natriy azid) zaharlar keltirib chiqaradi. 
Engil zaharlanishda miya faoliyatining o‘tkir buzilishi nisbatan tez orada o‘tib 
ketadi, bu miyaning yuqori moslaShuvchanligi bilan bog‘liq. Zahar muayyan davr 
davomida va muayyan kuch bilan ta’sir yetganda miyadagi funksional o‘zgarishlar 
barqaror tus olishi mumkin. Asab tizimining turli bo‘limlarida (po‘stloq osti, po‘stloq, 
orqa miya, pyerifyerik organik o‘zgarishlar rivojlanadi.
Neyrotrop moddalarning takroriy ta’siriga nisbatan umumiy reaksiya vegetativ-
tomir distoniyasi sindromi bo‘lib, zaharlanishning dastlabki bosqichlarida pulsning 
o‘zgaruvchanligi, tyerining qizarishi, qalqonsimon bez gipyerfunksiyasi qayd etiladi. 
Zaharlar ta’siri uzoqroq davom yetganda yuz beradigan asteno-vegetativ sindrom tez 
toliqish, mudroq, organizmning turli tizimlarining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Kuchli zaharlanishda asteno-organik sindrom va enselofalopatiya rivojlanadi: optiko-
vestibulyar apparati stvolli bosh miya bo‘limlarining zararlanishi, bosh og‘rig‘i, hissiy 
beqarorlik, intellektning buzilishi, ruhiy buzilish. 
Og‘ir zaharlanishda bosh miyaning zararlanishi tetraetilq‘org‘oshin, simob, 
xlorlangan uglevodorodlar, benzol, benzin, sianidlar va h.k.lar uchun xos. Qo‘rg‘oshin, 
mis, granozan, talliy, margimush, brometil bilan zaharlanganda nyerv yo‘llarida 
og‘riqli nevritlar va polinevritlar, kesiklar va shol kuzatiladi. 
Nafas olish tizimi.
 
Nafas olish yo‘llari zaharlanishini qo‘zg‘atuvchi moddalar 
gazlari va bug‘lari, Shuningdek turli changlar keltirib chiqaradi. Patalogik jarayonning 
qanchalik kengayib ketmasligi gazlar va bug‘larning suvda yeruvchanligi 
koeffitsiyenti va chang zarrachalarining dispyersligiga bog‘liq.
Suvda yaxshi yeriydigan zaharlar va yirik chang zarrachalari ko‘proq yuqori nafas 
yo‘llarini zararlantiradi. Yeruvchanligi past zaharlar va mayda changlar nafas 


24 
tizimining chuqurroq joylashgan bo‘limlarigacha kirib boradi hamda bronxiolalar va 
atsinuslarni zararlaydi. 
Xlor, ammiak, oltingugurt angidrid bilan o‘tkir zaharlanganda rinit, laringotraxeit, 
bronxit kabi klinik belgilar kuzatiladi. 
Dimetilsulfat, byerilliy ftor oksidi, kadmiy, vanadiy, marganes, fosgen, azot 
oksidlari bronxit va toksik o‘pka shishini keltirib chiqaradi. Toksik o‘pka shishi – o‘tkir 
zaharlanishning eng og‘ir va xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni qo‘zg‘atuvchi 
gazlar va bug‘lar keltirib chiqaradi va zudlik bilan shifokor aralaShuvini talab qiladi. 
Asosiy alomatlari – nafas qisishi, shilliq qavatlar sianozi (to‘qimalarning to‘q-ko‘k 
rangga kirishi), ba’zan quruq yo‘tal, o‘pkaning pastki bo‘limlarida nam xirillash
taxikardiya (tezlashish). Toksik bronxit va pnevmoniyalarda kasallik birdaniga 
boshlanadi, klinik belgilar tez rivojlanadi, yuqori nafas yo‘llarining qo‘zg‘alishi kuchli 
ifodalanadi, zaharlanishning umumiy ko‘rinishlari ham yaqqol ko‘zga tashlanadi 
(nafas siqilishi), ba’zida balg‘am bilan qon ko‘chishi). 
Qo‘zg‘atuvchi moddalarning uzoq davom etadigan ta’siri surunkali katarga (o‘tkir 
respirator kasallik) olib keladi, burun to‘sig‘ida yara paydo bo‘lishi va teshilishi ham 
mumkin. 
Qo‘zg‘atuvchi moddalar va agressiv chang zarralarining o‘pka to‘qimasiga uzoq 
ta’siri toksik yoki changli pnevmosklyerozga (sklyeroz – to‘qimalarning zichlashishi) 
olib keladi, u emfizema bilan birga kechadi (ammiak, azot oksidlari, kremniyli, temirli, 
alyuminiyli, bariyli va h.k.li chang). Emfizema – o‘pkada qon aylanishining pasayishi. 
Qo‘zg‘atuvchi moddalar shilliq pardaning kiprikchali epiteliysini buzadi, bu esa 
sekret to‘planishiga va keyinchalik unga infeksiya yopishib qolishiga olib keladi. 
Cnangli pnevmosklyerozdan eng keng tarqalgani – silikoz bo‘lib, u ko‘pincha 
nogironlikka ham olib keladi. Bu kasallik tarkibida yerkin kremniy ikki oksidi bo‘lgan 
changni yuritish oqibatida kelib chiqadi. Silikatozlarning boshqa turlari asbestoz, 
talkoz va boshqalar.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin