Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 Zaharlarning tyeratogen, mutagen va kansyerogen ta’siri



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
 4.1. Zaharlarning tyeratogen, mutagen va kansyerogen ta’siri 
Ko‘p oylik va hattoki ko‘p yillik latent davrga ega sanoat zaharlari bilan 
zaharlanish oqibatlariga embriotrop yoki tyeratogen ta’sirlar, mutagen va kansyerogen 
ta’sir kiradi. 
Tyeratogen ta’sir.
Embrion patogen omillarga moslashish jarayonlari bilan ta’sir 
ko‘rsata olmaydi, Shuning uchun unga nisbatan har qanday ta’sir uning to‘qimalarida 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar almashinuv jarayonlaridan tortib 
to‘qima elementlarining nobud bo‘lishigacha qamrab oladi. A’zolar shakllanishida 
barqaror buzilishlar paydo bo‘ladi, ya’ni rivojlanish nuqsonlari yoki majruhlik yuzaga 
keladi. 
Homilaning ta’sirchanligi homiladorlik muddatiga bog‘liq. Sut emizuvchilar 
embrionlari ayniqsa dastlabki 2 oyda yuqori ta’sirchan bo‘ladi. Kritik davrning asosiy 
belgisi homilaning tashqi agentlar ta’siriga yuqori ta’sirchanligidir. Odam 
embriogenezida bunday davrlar 1-2- va 3-6-haftalarga, ya’ni implantatsiya va 
platsentatsiya davrlariga to‘g‘ri keladi. 
Ko‘pchilik sanoat zaharlari hayvonlar syerpushtligini pasaytiradi, homilaning 
nobud bo‘lishini va bachadondagi rivojlanishning buzilishini keltirib chiqaradi.
Dimetildioksan platsentaning hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, formaldegid homila va 
platsentada nuklein kislotalarining sintezini bo‘g‘adi. Benzin, benzol, simob va 
qo‘rg‘oshin bug‘laridan nafas olgan ayollarda muddatidan ilgari tug‘ruqning 
boshlanishi, homilaning o‘z-o‘zidan tushib qolishi, o‘lik bola tug‘ilishi kuzatilgan.
Qo‘rg‘oshinli ishlab chiqarishda band ayollarda chaqaloqlarning 1 yoshga yetmasdan 
o‘lib qolishi holatlari ma’lum. Tamaki ishlab chiqarishida ishlaydigan ayollarda 


28 
homiladorlik soni kamaygan, bola tashlash hollari kuzatilgan. Granozan bilan 
surunkali zaharlanish farzandlarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Mutagen ta’sir.
Turli kimyoviy birikmalar bilan ishlash genetik oqibatlarga ham 
olib kelishi mumkin. Bugungi kunda ionli radiatsiyaga qaraganda ham kuchliroq bir 
necha yuzdan ortiq mutagenlar ma’lum. 
Ba’zi hollarda moddaning umumiy toksikligi va uning mutagen hossalari o‘rtasida 
korrelyasiya kuzatiladi (ftororganik efirlar, ditiokarbamin kislotalar, ayrim 
getyerotsiklik birikmalar). Mutagen va allyergen faollik o‘rtasida ham korrelyasiya 
qayd etilgan. 
Hujayralar guruhiga mutagen ta’sirga aldrin, geksametilentetramin, geksaxloran, 
DDT va h.k. kabi moddalar ega. Sanoat zaharlarining genetik xavfliligi haqida to‘laroq 
ma’lumotlarni sichqonlarning 3 ta avlodi ustida tajribalar olib borib olish mumkin. 
Ba’zi mutagenlar urg‘ochilar uchun xavfliroq bo‘lsa, boshqalari yerkak sichqonlarga 
kattaroq xavf tug‘diradi: 1,2-dixloretan ayollar jinsiy a’zolari hujayralariga kuchliroq 
ta’sir qiladi, formaldegid esa yerkaklar spyermatogenezini zararlaydi. 
Hozirgi kunga kelib quyidagi kimyoviy moddalarning sut emizuvchilar avlodlari 
uchun genetik xavfga egaligi isbotlangan: etilenamin, simob, alfanaftilfenollar, azotli 
iprit, 
trietilenmelamin, 
diepoksibutan, 
ayrim 
xlororganik 
pestitsidlar, 
alkilalkansulfonatlar, qo‘rg‘oshin birikmalari, benzol, toluol, uretan. 
Kansyerogen ta’sir.
 
Alkillovchi bir qator moddalarda mutagen va kansyerogen 
ta’sir o‘rtasida korrelyatsiya aniqlangan, ayni paytda ma’lum kansyerogenlardan bir 
nechtasigina tabiatda tabiiy 
holda 
uchraydi 
(ayrim 
metallar, 
o‘simlik 
kansyerogenlar). Aksariyat kimyoviy kansyerogenlar – inson tomonidan yaratilgan 
sun’iy organik birikmalardir.
Kansyerogen samara paydo bo‘lishi uchun kansyerogenlar shish paydo bo‘lguncha 
doimiy ta’sir qilishi shart emas. Kansyerogen modda bilan aloqada bo‘lgandan keyin 
ancha vaqt o‘tganda ham shish rivojlanishi mumkin. Yakuniy natija bilan kansyerogen 
modda miqdori o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlash ancha mushkul. Juda kichik dozalar 
ta’siri ham izsiz yo‘qolmaydi, chunki u yig‘ilib, xuddi Shunday natijaga olib kelishi 
mumkin. 
Kokansyerogenlar ancha katta xavf tug‘dirishi mumkin. Ular ta’sirida 
kansyerogenning ostonaviy dozasi xavfli o‘sishni keltirib chiqaradi. Ko‘plab fibrogen 
changlar kokansyerogen ta’sirga ega, ular o‘pkaga professional bo‘lmagan 
kansyerogenlarning to‘planishini kuchaytiradi (chekish). 
L.M.Shabad (1973) inson uchun ta’sir kuchi va haqiqiy xavfiga qarab 
kansyerogenlarni to‘rtta guruhga ajratishni taklif etadi: 
1) kansyerogen faolligi nafaqat hayvonlar bilan o‘tkazilgan tajribalarda, balki 
insonlarni kuzatishda ham aniqlangan moddalar (beta-naftilamin, benzidin, 4-
aminodifenil va benz-(a)-piren); 
2) aksariyat tajriba hayvonlarida (80-100 foiz hollarda) xavfli shishlarni keltirib 
chiqaradigan va qisqa muddatlarda (4-6 oy) ularning soni bir necha o‘ndan 
oshmaydigan moddalar (PAU, aminoazotli birikmalar, flyuorenlar, nitrozaminlar, 
aflotoksinlar); 


29 
3) kansyerogenligi hayvonlarda aniqlangan moddalar, biroq 20-30 foiz hollarda 
ancha keng muddatlarda (hayotining oxirida) – (ditsiklogeksamin); 
4) kansyerogenlilik nuqtayi nazaridan Shubhali moddalar, ular bo‘yicha to‘plangan 
ekspyerimental ma’lumotlar qarama-qarshilikka ega yoki yetarli emas. 
Hozirgacha 
ma’lum 
bo‘lgan 
kansyerogenlarning 
aksariyati 
univyersal 
tyeratogenlardir. Ma’lumki, ba’zi bir kansyerogen moddalarning homiladorlik 
paytidagi ta’siri avlodlarda shishlar rivojlanishini keltirib chiqaradi.
Professional shishlarning juda ko‘pchiligi tyeri, o‘pka, siydik pufagi saratonini 
tashkil qiladi. Margimushli tyeri saratoni ko‘proq kaftlarda, barmoqlarda, oyoq kaftida, 
kamroq bilakning ichki tomonida, qo‘ltiq ostida, orqa teshik burmalarida to‘planadi. 
Qurumli “mo‘ri tozalovchi saratoni” ko‘proq moyak xaltasini zararlagan. Tyerining 
qatronli va pekli saratoni odatda surunkali dyermatitlar, pigmentatsiya buzilishi, so‘gal 
va papillomalardan keyin rivojlanadi. O‘pka saratoni ko‘pincha asbestozda uchraydi. 
Silikozning xavfli shishga aylanishi isbotlanmagan. Professional saraton aksariyat 
hollarda kimyoviy kansyerogenlar uzoq vaqt ta’sir qilganda yuzaga keladi, bunda 
latent davr yillar va o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin