652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga
davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida to‘lash muddatini
480
soliq to‘lovchi qarz summasini bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich
to‘lagan holda keyinroq muddatga ko‘chirishdan iboratdir.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir
oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga beriladi.
Oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra joriy aktivlar
so‘mmasining jami 20 foizidan ortiq miqdordagi qo‘shimcha
hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy
sanksiyalarni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran olti oy ichida soliq qarzi oyma-oy bo‘lib to‘langan holda
amalga oshiriladi.
To‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq
qarzining hammasiga yoki uning bir qismiga nisbatan amalga
oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash
tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni
to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilish
davri boshlanishidan e’tiboran to‘xtatib turiladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash
imkoniyatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari bojxona to‘lovlarini va davlat bojini
to‘lashga tatbiq etilmaydi. Bojxona to‘lovlarini va davlat bojini
to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash bojxona
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida hamda boshqa qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib
to‘lashning amal qilishi u (ular)berilgan muddat o‘tganidan keyin
tugaydi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib
to‘lashning amal qilishi soliq to‘lovchi kechiktirilgan va (yoki)
bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq qarzining jami so‘mmasini
kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati o‘tguniga qadar
to‘lagan yoki soliq to‘lovchi kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib
to‘lash shartlarini buzgan hollarda muddatidan ilgari tugatiladi.