Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Moliyani tezkor (operativ) boshqarish



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Moliyani tezkor (operativ) boshqarish
– moliya tizimi 
apparatining bosh funksiyasi hisoblanadi. Moliyani tezkor (operativ) 
boshqaruv subyektlarini Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi va 
ularning joylardagi bo‘linmalari, byudjetdan tashqari fondlarning, 
sug‘urta 
tashkilotlarining 
boshqaruv 
apparatlari, 
xo‘jalik 
subyektlarining moliya bo‘lim (xizmat) lari tashkil etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy 
asoslangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalarini 
o‘rgangan holda hamda respublikaning ichki xususiyatlarini hisobga 
olib tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ilmiy texnik 
taraqqiyotning jadallashuvi va jahon xo‘jaligi tovar ishlab 
chiqarishining keskin o‘sishi barcha sohalarda bo‘lganidek 
boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarida ham taraqqiyotlar bo‘lishiga 
olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menejment konsepsiyasi 
mustaqil shakllana boshladiki, uning asosiy muammosi sifatida 
korxonalar moliyaviy munosabatlari, pul mablag‘larini aylanishining 


60 
ichki va tashqi omillarini ta’siriga asoslangan holda samarali tashkil 
etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti xo‘jalik 
subyektlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida 
bozordagi talab va taklif, aniq istyemolchilar talablari, ishlab 
chiqaruvchi uchun maksimal foyda olish imkoniyatini tug‘diruvchi 
mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. 
 
2. Moliyaviy rejalashtirish 
Moliyaviy rejalashtirish 
– moliyani boshqarish tizimi 
elementlaridan biridir. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy 
rejalashtirish mavjud bo‘lib, yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Moliyaviy rejalashtirish qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bo‘lishi 
mumkin. O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy rejalashtirirsh bir 
necha darajalarni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi sharoitda korxonalar moliyaviy rejalashtirish orqali 
soliqlar to‘langandan keyin uz ixtiyorida qoladigan foydani ishlatish 
yunalishlarini belgilab oladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin