59
hajmini o‘rnatish orqali namoyon bo‘ladi. U davlat va iqtisodiy
(xo‘jalik) boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyani strategik (umumiy) boshqaruv subyektlarini: Oliy Majlis,
Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi.
Strategik moliyaviy menejment – maqsadli dasturlar uchun
moliyaviy resurslar miqdorini aniqlaydigan kelajak uchun moliyaviy
prognozlash. Bunday boshqaruvni O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi, Moliya vazirligi, Prezident devoni va O‘zbekiston Respub-
likasi Davlat soliq qo'mitasi amalga oshiradilar. Moliyaviy menej-
ment sohasida Moliya vazirligining vazifalari quyidagilardan iborat:
–
moliyaviy siyosatning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
–
byudjet loyihasini tayyorlash, uni ijro etish va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash;
–
moliya bozorini rivojlantirish;
–
milliy ehtiyojlarni maqsadli moliyalashtirish;
–
moliyaviy va byudjetni rejalashtirish uslublarini takomillash-
tirish;
–
byudjet mablag‘lari ustidan moliyaviy nazoratni amalga
oshirish.
Dostları ilə paylaş: