61
Moliyaviy rejalashtirishning muayyan vazifalari moliyaviy
siyosat tomonidan belgilanib, quyidagi ko‘rsatkichlarni qamrab oladi:
– rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul resurslari
va ularning manbalarini aniqlash;
– daromadlar hajmini oshirish va xarajatlarni tejab iqtisod
qilish;
– markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari o‘rtasida pul
resurslarini taqsimlashda optimal proporsiyani belgilash va boshqalar.
Sobiq Ittifoq davrida derektiv rejalashtirish keng qo‘llanilgan.
Derektiv rejalashtirish boshqaruv tizimining funksiyalaridan biri bo‘lib,
o‘zgarmas qat’iy xususiyati bilan ajralib turgan. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida rejalashtirish boshqaruv tizimining asosiy funksiyasi bo‘la
turib, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini to‘liqligicha qamrab
olmaydi. Agar rejali iqtisodiyotda moliyani boshqarish, asosan,
taqsimlash sohasiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti
sharoitida esa ishlab chiqarish jarayonining ayirboshlash sohasiga
asosiy e’tibor qaratiladi. Chunki, ayirboshlash orqali mahsulot va
xizmatlar sotiladi va mahsulot ishlab chiqarishga hamda sotilishiga
ketgan ijtimoiy zaruriy xarajatlar tom ma’noda tan olinadi.
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni rad etmaydi, ammo ma’muriy
buyruqbozlik tizimining rejalashtirishga nisbatan egiluvchan va davr
talabiga mos harakat qila oladigan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida bunday ijobiy natijaga erishish tahlillash va dasturlash
orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahliliy va rejali hisobotlari turli
xil usullarda qo‘llaniladi. Ammo asosiylari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: