Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Ixtiyoriy sug‘urta
– tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra 
amalga oshiriladigan sug‘urta hisoblanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning 
shartlari 
tomonlarning 
kelishuviga 
asosan 
belgilanadi. 
Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining huquqlari hamda burchlari
shuningdek, har bir sug‘urta turining aniq shartlari tegishli sug‘urta 
shartnomalari bilan belgilab quyiladi. Ixtiyoriy sug‘urtaning asosiy 
xususiyatlari quyidagilar: 


128 
1. Ixtiyoriy sug‘urta qonun asosida va ixtiyoriy ravishda amal 
qiladi. Qonun ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va 
sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa 
sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari 
orqali tartibga solinadi. 
2. Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat 
sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining 
xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa, sug‘urtalovchi obyektni 
sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Bu tamoyil 
sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi 
tuzilishini kafolatlaydi. 
3. Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab, qamrab olishi. Barcha shaxslar 
ham unda ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, 
shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham 
amal qiladi. 
4. Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan 
chegaralanadi. 
Bunda 
muddatning 
boshlanishi 
va 
tugashi 
shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta 
qoplamasi yoki sug‘urta so‘mmasi sug‘urta holati faqatgina sug‘urta 
davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning 
uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li 
bilangina ta’minlash mumkin. 
5. Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta 
badallari 
to‘langandagina 
amal 
qiladi. 
Ixtiyoriy 
sug‘urta 
shartnomasining kuchga kirishi bir martalik yoki birinchi sug‘urta 
badalini to‘lanishi bilan asoslanadi. Uzoq muddatli sug‘urta bo‘yicha 
navbatdagi badalning to‘lanmasligi natijasida shartnomaning amal 
qilishi to‘xtaydi. 
6. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minoti sug‘urtala-
nuvchi istagidan kelib chiqadi. Mulkiy sug‘urta bo‘yicha 
sug‘urtalanuvchi sug‘urta so‘mmasini sug‘urta bahosi chegarasida 
belgilashi mumkin. Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta so‘mmasi 
shartnomada tomonlar kelishuvi orqali belgilanadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin