Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Tavakkalchilik funksiyasi
sug‘urtaning talofat ko‘rgan 
xo‘jaliklarga pullik yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy yo‘nalishi 
zarar ko‘rishning tasodifiy ehtimolligi bilan bevosita bog‘liq. Aynan 
tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug‘urta 
ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisalari 
oqibatlari bilan bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta 
taqsimlanishi ro‘y beradi.
Oldini olish funksiyasi
sug‘urta fondi mablag‘larining bir 
qismi hisobidan sug‘urta tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha 
tadbirlar moliyalashtiriladi.


125 
Jamg‘arish funksiyasida
sug‘urta mablag‘lari sug‘urta 
fondlari sifatida to‘planadi va ma’lum muddatgacha sug‘urtalash 
shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arish uyg‘unlashib ketadi. 
Bunda pul mablag‘larini jamg‘arish sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan 
ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini 
bajarishi amalga oshadi.
Sug‘urtaning nazorat funksiyasi
sug‘urta fondining qat’iy 
maqsadli 
shakllantirilishi 
va 
ushbu 
mablag‘lardan 
to‘g‘ri 
foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi funksiyalardan 
kelib chiqadi va muayyan sug‘urta munosabatlarida aks etadi. 
Nazorat funksiyasi qonunchilik va turli direktiv hujjatlar asosida 
sug‘urta taomillarining to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta 
nazoratini amalga oshiradi. 
Sug‘urtaning tasniflanishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning 
turli soha, tarmoq va faoliyat turlari doirasida amalga oshiriladi. 
Shunga muvofiq sug‘urta munosabatlarini quyidagicha tasniflashi-
miz mumkin: 
Mulkiy sug‘urta
– moddiy qiymatliklarni turli baxtsiz hodisa 
va tabiy ofatlardan zarar ko‘rmasligini ta’minlash yoki ro‘y bergan 
holatda qoplash hisoblanadi; fuqarolar hayot sug‘urtasida – ularning 
hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati; javobgarlik sug‘urtasida 
sug‘urtalanuvchilarning 
turli 
javobgarliklari, 
mas’uliyatlari, 
majburiyatlari; tadbirkorlik faoliyatida esa uning tadbirkorlik ishlari 
turli tavakkalchiliklardan sug‘urtalanadi. 
Mulkiy sug‘urta mulkchilik shakli va sug‘urtalanuvchilar 
toifalaridan kelib chiqib, bir nechta tarmoqlarga bo‘linadi: davlat 
korxonalari mol-mulk sug‘urtasi, jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, 
shirkatlar, hissadorlik jamiyatlari va jamoatchilik tashkilotlari 
mol-mulk sug‘urtasi hamda fuqarolar mol-mulk sug‘urtasi.
Mulkiy sug‘urtaning turlariga turli jihozlar, asbob-uskunalar, 
chorva mollari, ro‘zg‘or buyumlari, transport vositalari, qishloq 
xo‘jalik ekinlari hosili va boshqa turli xo‘jalik kategoriyalari 
sug‘urtasi misol bo‘la oladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin