Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


partiyaning hisob-kitob varag‘iga shaxsan, pasporti yoki uning



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR


partiyaning hisob-kitob varag‘iga shaxsan, pasporti yoki uning 
o‘rnini bosuvchi hujjatni taqdim etgan hamda to‘lov topshiriqno-
masida yoxud pul jo‘natmasida familiyasi, ismi, otasining ismi va 
pasportiga oid ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda o‘z mablag‘laridan 
o‘tkazadi. 
Hayriya yordami, agar yuqorida ko‘rsatilgan summadan 
ortiqroq bo‘lsa, olingan kundan e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya 
hayriya yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati 
bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim. 
Siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklidagi, mol-mulk 
berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tariqasidagi (shu 
jumladan grantlar ajratish, texnik yordam ko‘rsatish, safarlar bilan, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida 


118 
o‘tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferensiyalar bilan bog‘liq 
xarajatlarga haq to‘lash orqali) hayriya yordami quyidagilar 
tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: 

chet davlatlar; 

chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari 
va filiallari; 

halqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; 

chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar; 

chet el fuqarolari; 

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Fuqarolarning 
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, diniy 
tashkilotlar va nomi yashirilgan yoki faqat tahallusi ko‘rsatilgan 
shaxslar tomonidan siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklida, 
mol-mulk berish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida hayriya 
yordami berilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 
Siyosiy partiyalar uchun boshlang‘ich partiya tashkilotlari va 
markaziy boshqaruv apparati mavjudligi sharoitida boshqarishning 
vertikal tarkibi xosdir. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar 
moliyasini tashkil etish uchun yuqori va quyi partiya tashkilotlari 
o‘rtasidagi, jumladan, dotatsiya shaklidagi ichki partiyaviy 
moliyaviy munosabatlar ham xosdir.
Siyosiy partiyalar moliyaviy rejalarida daromadlar tarkibini 
to‘liqligini ko‘rish mumkinki, ular tarkibida tijorat hisobi asosida 
xo‘jalik yurituvchi tashkilotlardan tushum muhim o‘rin eggallaydi. 
Ijtimoiy harakatlarda moliyaviy reja sifatida yillar bo‘yicha farq 
qiladigan smeta maydonga chiqadi.
Alohida siyosiy partiyalar xarajatlarining tarkibi ular 
faoliyatining ko‘lamiga bog‘liq. Mazkur xarajatlar siyosiy partiya 
nizom faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
- partiya rahbariyati va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish haqi 
xarajatlari; 
- mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar o‘tkazish xarajatlari; 
- ko‘rgazmali tashviqot bo‘yicha xarajatlar; 
- memorial uy-muzeylarni saqlashni joriy xarajatlari.


119 
Bundan tashqari bu xarajatlar tarkibida ma’muriy binolarni 
saqlash va yangilarini qurish xarajatlari va boshqalar ham hisobga 
olinishi mumkin.
Ijtimoiy harakatlar smetasida asosiy o‘rinni homiylarning va 
maxsus maqsadli badallar mablag‘larining harakatning faol 
qatnashchilari uchun qilinadigan xarajatlar egallaydi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin