Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Siyosiy partiyalar
va
ijtimoiy harakatlar
jamoat birlashma-
larining muhim ko‘rinishidir. Bu yerda jamoaga birlashtirishning 
asoslari sifatida g‘oyaviy tamoyillar yoki ijtimoiy g‘oyalar maydonga 
chiqadi. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar moliya tizimi 
boshqa 
jamoat 
birlashmalaridagi 
kabi 
bo‘lsada, 
ma’lum 
xususiyatlarga ham ega.
Har qanday siyosiy partiya faoliyatining asosiy manbai sifatida 
a’zolik badallari maydonga chiqadiki, ular odatda barcha xarajatlarni 
qoplashga imkon bermaydi. Shu bilan bir vaqtda ijtimoiy harakatlar 
uchun bundan tashqari korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy 
tadbirkorlar va alohida fuqarolarning jamg‘armalari va hayriya – 
ehsonlari ham qo‘llaniladi. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar 
daromadlari manbalarining uchinchi guruhiga nashriyotchilik va 
boshqa faoliyatdan tushumlar kiradiki, ushbu manba tijorat 
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Demokratik jamiyatlarda ko‘p holatlarda siyosiy partiyalarni 
nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish, balki ularga moddiy 
yordam (yig‘ilishlar uchun binolarni tekinga yoki imtiyozli shartlarda 
berish, siyosiy-partiyaviy yo‘nalishdagi muzeylarni moliyalashtirish 
va h.k.) ko‘rsatish uchun ham davlat byudjeti mablag‘laridan 
foydalanish qonun yo‘li bilan taqiqlangan. Shu bilan bir vaqtda 
qonunan rasmiylashtirilgan ma’lum cheklanishlar ham ko‘zda 
tutilishi mumkin. Masalan, Chexiya va Slovakiyada parlamentga 
saylangan barcha partiya va harakatlar har bir saylov ovozi uchun 10 
krondan mablag‘ oladi. Shunday qilib, davlat oz miqdorda bo‘lsada 
partiyalar saylov tadbirlarini va ularning joriy faoliyatini 
subsidiyalashtiradi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan siyosiy 
islohotlar natijasida siyosiy partiyalarning moliyaviy ta’minoti, shu 
jumladan davlat byudjetidan ham moliyalashtirishning huquqiy asosi 
yaratildi, 
ya’ni 
2004-yil 
30-aprelda 
siyosiy 
partiyalarni 
moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 


114 
O‘zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish 
to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi.
Unga asosan siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari 
quyidagilardan iborat: 

kirish va a’zolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida 
bunday badallar to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa; 

qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan 
daromadlar; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qonunga 
muvofiq ajratiladigan mablag‘lar; 

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari 
tomonidan qonunga muvofiq beriladigan hayriya yordamlari. 
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish qonuniylik, ochiqlik, 
oshkoralik va siyosiy partiyalarning teng huquqliligi kabi asosiy 
prinsiplar asosida amalga oshiriladi. 
Shuningdek, qonunda siyosiy partiyalar faoliyatining turli 
jabhalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Jumla-
dan, O‘zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalarni moliya-
lashtirish 
to‘g‘risida"gi 
qonunining 
7-moddasida 
siyosiy 
Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin