117
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno) va
fuqarolaridan pul shaklida hamda mol-mulk berish, xizmatlar
ko‘rsatish, ishlar bajarish tarzida va faqat ustavda nazarda tutilgan
faoliyatni amalga oshirish uchun olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari
tomonidan hayriya yordami berish ixtiyoriy ravishda va ularning
faqat o‘z mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir yuridik
shaxsidan bir yil mobaynida olgan hayriya yordami summasi hayriya
yordami berilgan yilning 31-dekabrdagi holatiga ko‘ra belgilangan
bazaviy miqdorning besh ming baravaridan oshmasligi lozim.
Hayriya yordami, agar u yuqorida ko‘rsatilgan summadan ortiqroq
bo‘lsa, olingan kundan e’tiboran bir oy ichida siyosiy partiya hayriya
yordami beruvchiga uni qaytarishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan
taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazishi lozim.
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining bir fuqarosidan
bir yil mobaynida olgan hayriya yordami summasi hayriya yordami
berilgan yilning 31-dekabrdagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy
miqdorning besh yuz baravaridan oshmasligi lozim. Ushbu cheklash
siyosiy partiya a’zolari partiya ustaviga asosan to‘laydigan a’zolik
badallariga tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi siyosiy partiyaga pul
mablag‘lari shaklidagi hayriya yordamini berishda uni siyosiy
Dostları ilə paylaş: