140
respublika miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni to‘g‘ri hal
etishda muhim ahamiyatga ega. Uning resurslarini maqsadi
makroiqtisodiy darajada o‘z funksiyalarini bajarish uchun bog‘liq
bo‘lgan davlat xarajatlarini moliyalashtirishdir hamda uni yordamida
iqtisodiyotni
barqarorlash,
ijtimoiy
sohani
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan umumdavlat chora-tadbirlarini amalga oshirilishi
ta’minlanadi.
Byudjet munosabatlari tizimida mahalliy byudjetlarga muhim
ahamiyat berilmoqda. Ular, iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda,
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, hududiy infratuzilmani
tashkil etishda, mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun
moliyalashtirishda va boshqalarda ta’sirini ko‘rsatib, borgan sari
ko‘proq ishlatilmoqda. Ijtimoiy rejalarni amalga oshirishda va o‘sib
borayotgan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda ham mahalliy
byudjetlar muhim ahamiyatga ega.
Umumdavlat moliyasi korxona moliyasi bilan uzviy ravishda
bog‘langan. Bir tomondan, moddiy ishlab chiqarish natijasida
vujudga kelayotgan milliy daromad byudjet daromadlarining asosiy
manbaidir. Ikkinchi tomondan, keng takror ishlab chiqarish tashkil
topilishida faqat korxonalarni o‘z mablag‘laridan emas, balki
umumdavlat pul mablag‘larining fondlari, byudjetdan ajratmalar
shaklida va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshiriladi. O‘z
mablag‘lari yetishmaganda, korxona boshqa korxonalarning mab-
lag‘lari bilan aksionerlik asosida hamda qimmatli qog‘ozlar (zayom
mablag‘lari) bilan operatsiyalar bazasida foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: