141
daromad va jamg‘armalaridan shakllanayotgan moliya resurslari
yig‘indisi markazlashmagan pul daromadlarini tashkil etadi.
Davlat daromadlarini ikkiga bo‘lishdan maqsad,
hozirda
umumdavlat va jamoa iste’mollarini qoplash qanday amalga
oshirilishini nazorat qilish bilan bog‘liqdir.
Davlat moliyasining asosiy daromad manbai bo‘lib milliy
daromad hisoblanadi. Ammo, ayrim hollarda, ya’ni behosdan urush,
tabiy ofat va h. k. lar paytida davlat daromadi manbai bo‘lib oldin
jamg‘arilgan milliy boyliklar (oltin zahira, pullik xususiylashtirish)
ham bo‘lishi mumkin. Davlat daromadiga moliyaviy resurslar jalb
etishni shartli holatda uchta guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda soliq funksiyasini
bajaruvchi majburiy to‘lovlar.
2.
Davlat zayomlari.
3.
Qog‘oz pullar emissiya qilish.
Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib
soliqlar xizmat qiladi. Soliqlar asosan fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy
ahamiyatni kasb etadi. Hukumatga kerak bo‘lgan moliya resurslarini
shakllantirib borish bilan soliqlar
fiskal funksiyasini kasb esa,
ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida ayrim tarmoqlar
iqtisodiyotiga molik imtiyozlarni berish bilan iqtisodiy yo‘nalish
kasb etiladi va nihoyat kam daromadli aholini soliqlardan ozod qilish
hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi.
Davlat daromadini davlat zayomlari orqali ta’minlash nafaqat
byudjet taqchilligini moliyalashtirishga balki, rang-barang kapital
xarajatlarga, iqtisodiyotning davlat sektoriga yo‘naltiriladi. Davlat
zayomlaridan foydalanishga asosan moliyaviy tanglik davrlarida
keng yondoshiladi,
ayrim hollarda esa, uning miqdori soliqlarga
nisbatan ham oshib ketishi mumkin, chunki soliqlar sonini va
stavkalarini oshirish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Davlat daromadlari tushunchasini mazmunan ifoda etgan pul
munosabatlarining obyekti bo‘lib, turli bosqichlarda va taqsimlash
davrlarda har xil moliyaviy shakllarda ifodalangan ijtimoiy
mahsulotning qiymatidir. Masalan, davlat
korxonalarida taqsimlash
obyekti bo‘lib, mahsulot sotishdan tushadigan daromad va quyidagi
tarkibiy elementlaridir: foyda, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar,
142
amortizasiya ajratmalari va boshqalar. Byudjet munosabatlarini
obyekti sifatida quyidagi shakllar ko‘rilishi mumkin: foyda va ish
haqi, byudjet daromadlarini tashkil etish manbai bo‘lgan soliq
to‘lovlari. O‘z navbatida davlat krediti munosabatlarining obyekti
bo‘lib korxonalarni vaqtincha bo‘sh bo‘lgan moliyaviy resurslari va
aholini jamg‘armalaridir.
Davlat daromadlarini tashkil etishni asosiy manbai bu milliy
daromaddir.
Milliy
daromad deganimizda, moddiy ishlab chiqarish
sohalarida bir yilda yangidan hosil qilingan qiymat yoki yalpi
ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan
ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan so‘ng
qolgan qismini tushunamiz.
Milliy daromad moddiy ne’matlar ishlab chiqariladigan
sharoitlarda jonli mehnat tomonidan yaratilib, ham qiymat-pul, ham
moddiy-buyum shakliga ega bo‘ladi. Milliy daromaddan xalq
iste’moli
va
ishlab
chiqarishni
kengaytirish
maqsadlarida
foydalaniladi. U xalq xo‘jaligining umumlashtiruvchi hamda xalq
turmush farovonligining asosiy ko‘rsatkichi.
Davlat daromadlari hamma manbalarini
ikki guruhga ajratish
mumkin – ichki va tashqi. Ichkiga, davlatni ichida vujudga kelgan va
davlatni o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalanadigan
milliy daromad va milliy boyliklar kiradi. Tashqiga esa, davlat
zayomlari shaklida boshqa davlatni milliy daromadi va ayrim
hollarda milliy boyligi kiradi, agar ular davlat zayomlari shaklida
qarzga olinsa yoki reparasion (urushda ko‘rilgan zararlarni
qoplash
uchun yig‘ilgan va urush chiqishiga sababchi bo‘lgan davlat
tomonidan yengan davlatga to‘lanadigan tovon) to‘lovlar shaklida
bo‘lsa. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat daromadlarini yig‘ish
uchun asosiy usullaridan biri – bu turli ko‘rinishlardagi soliqlar,
zayomlar va emissiyadir.
Davlat daromadlarini yig‘ish usullaridan biri – bu emissiyadir
va faqat qog‘oz pullar emas, balki kredit emissiyasi ham. Soliq va
zayomlardan tushgan daromadlar o‘sib
borayotgan xarajatlarni
qoplamagandagina va moliyaviy bozorda yangi zayomlarni chiqarish
143
uchun noqulay ahvol tug‘ilganda davlat emissiyaga murojaat qiladi:
ham qog‘oz pul, ham kredit emissiyasi.
Davlat daromadiga moliyaviy resurslarni emissiya hisobiga jalb
qilish eng noiloj paytlarda amalga oshiriladi. Qachonki soliqlardan
tushadigan daromadlar va zayomlar davlat xarajatlarini qoplay
olmasa, ya’ni moliyaviy bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni
joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda qog‘oz pullar emissiya
qilinadi. Qog‘oz pullar emissiyasi qachonki xo‘jalik subyektlari
ishlab chiqarish aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda iqtisodiy
samara beradi.
Agarda byudjet taqchilligini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarni qoplash maqsadida qog‘oz pul emissiyasi amalga
oshirilsa, milliy valyutaning qadrsizlanish jarayoni tez sur’atlar bilan
ko‘tariladi. Pirovardida daromadi cheklangan
aholi qatlami bundan
qattiq moliyaviy aziyat chekadi.
Dostları ilə paylaş: