144
hollarda, agarda umumjamiyat uchun ustuvor ahamiyatga ega
bo‘lgan taqdirdagina yangi qurilishlarga davlat mablag‘lari xarajat
qilinmoqda.
Davlat xarajatlarining ma’lum bir qismini davlat boshqaruvi va
mudofaa xarajatlari tashkil etadi. Ammo, moliya siyosatining asosiy
yo‘nalishi ushbu maqsadlarga davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich
qisqartirishdir va yo‘naltirilayotgan mablag‘lardan
ham oqilona
foydalanishdir. Zero, mudofaa xarajatlarini kamaytirish ayrim
hollarda davlat kompetensiyasida bo‘lmasada, lekin boshqaruv
xarajatlarini kamaytirish davlat ixtiyoridadir.
Davlat xarajatlari deb, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish
va takomillashtirish,
xalq farovonligini oshirish, butun jamiyatni
boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida rejali taqsimlash va qayta
taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Davlat xarajatlarini moliyalashtirishda asosiy manba davlat
byudjetida markazlashgan yoki korxona va tashkilotlar ixtiyorida
bo‘lgan jamiyatning sof daromadlaridir. Davlat xarajatlarining asosiy
qismi aholidan soliq to‘lovlar sifatida tushgan mablag‘lar hisobidan
moliyalashtiriladi. Bundan tashqari davlat xarajatlari uzoq muddatli
bank
kreditlari, korxonalar va tashkilotlarning boshqa daromadlari
hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat xarajatlarini tartibga solinishi, ularni rejalashtirish
hamda mablag‘ ajratish va mablag‘lardan
foydalanish usullariga
qat’iy rioya qilish orqali erishiladi.
Iqtisodiyotni mutanosib ravishda rivojlanishini va xalqni
moddiy va madaniy hayot darajasini ko‘tarish maqsadida davlat
umumiy ijtimoiy mahsulotni va milliy daromadni ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish hamda viloyatlar orasida to‘g‘ri taqsimlash va
qayta taqsimlashni vakolatli organlar tomonidan olib boradi. Davlat
rejalashtirishining asosiy usuli bo‘lib – balansli usul hisoblanadi. Bu
degani korxonalar va tashkilotlarga o‘z
moliyaviy resurslaridan
foydalanishida
keng
vakolat
berilishi
bilan
markalashgan
moliyalashtirishni uzviy birligiga erishishdir.
Dostları ilə paylaş: