172
O‘zbekiston Respublikasida byudjet siyosatining asosiy
vazifalari
ga quyidagilar kiradi:
iqtisodiyotni inqirozlardan holi etish;
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
investitsion jarayonlarni rag‘batlantirish va iqtisodiyotda
jamg‘arish ulushini oshirish;
byudjetning
moddiy
soha
tarmoqlari
korxonalariga
ajratilayotgan dotatsiya shaklidagi unumsiz xarajatlarini kamaytirish;
soliq to‘lash va soliq tizimini takomillashtirish va nazorat
qilish orqali byudjetning daromad bazasini mustahkamlash;
davlat xarajatlarining samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan
faol moliyaviy nazorat o‘rnatuvchi tizimni yaratish;
davlat qarzi hajmi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Iqtisodiy o‘sishni va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash davlat
byudjeti siyosati oldida turgan va iqtisodiy
islohotlar jarayonida
o‘ziga xos bo‘lgan vazifalardandir.
Bugungi kunda davlat byudjeti YaIMni qayta taqsimlashda
muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlarda davlat odatda,
YaIMning 20 dan 50 foizigacha qismini
soliqlar va boshqa davlat
daromadlari va to‘lovlari shaklida davlat byudjetiga safarbar etib
davlat xarajatlari orqali iqtisodiyotni va investisiyalarni tartibga
soladi va rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga
yo‘naltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet
qurilmasi ham byudjet
tizimining yagonaligi, to‘laligi, haqqoniyligi,
oshkoraliligi va unga
kiruvchi
ma’muriy-hududiy
byudjetlarning
mustaqilligi
tamoyillariga asoslanadi. Mamlakat byudjet tizimiga uning mustaqil
bo‘laklari sifatida Respublika va Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi jamlangan byudjetiga Davlat maqsadli
jamg‘armalari ham kiritiladi. Mamlakatimizda 5
ta davlat
jamg‘armalari mavjud bo‘lib ularga:
Moliya vazirligi hududidagi Respublika yo‘l jamg‘armasi;
Pensiya jarg‘armasi;
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jarg‘armasi;
Davlat mulk qo‘mitasining maxsus hisob varaqasi;
173
Maktab ta’limi jamg‘armalari kiradi.
Maqsadli davlat jamg‘armalarini tuzish orqali hukumat
byudjetga kiritilmagan xarajatlarni moliyalashtirish mablag‘larini
mazkur nobyudjet jarg‘armalarida shakllantiradi.
Byudjet xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning tegishli
ma’muriy-hududiy
birliklarini
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
dasturlari bilan belgilanib navbatdagi moliya (byudjet)
yilida
qonunchilikda belgilangan yo‘nalish va hajmlarda amalga oshiriladi.
Barcha
ma’muriy-hududiy
birliklar
byudjetlarining
muvozanatlashganligi mamlakat byudjet-moliya siyosatining zarur
shartlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat byudjeti taqchililigining chegaraviy miqdorlari
navbatdagi moliya (byudjet) yilida qonun tomonidan belgilanadi.
Respublika byudjeti Oliy
Majlis tomonidan tasdiqlansa, mahalliy
bdyujetlarni
mahalliy
hokimiyat
Kengashlari
tasdiqlaydilar.
Tasdiqlangan va qonun kuchiga kirgan Davlat byudjeti hukumat
tomonidan belgilangan muddatlarda
va miqdorlarda amalga
oshirilishi shart hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: