Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish.
 
1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati 
Davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham 
mavjud bo‘lib, ular byudjet munosabatlari deb ataladi. Ushbu 
munosabatlar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, davlatning milliy 
daromadning bir qismiga egalik qilishi zarurligini, ushbu 
mablag‘larning kelgusida ijtimoiy tadbirlar, takror ishlab chiqarishni 
kengaytirish, davlatni boshqarish va davlat hamda milliy xavfsizlikni 
ta’minlashga yo‘naltiradi. Byudjetning hajmi har bir mamlakatning 


171 
milliy daromadiga, uning oldiga qo‘yilgan ijtimoiy maqsad va 
vazifalarga bog‘liq bo‘ladi.
 
Davlat byudjeti
– bu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli 
ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u 
davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo‘ljallangan xarajatlari va 
ularni qoplash manbalari ko‘rsatilgan daromadlar smetasidir.
Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u 
davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o‘zida 
soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv 
apparati, qurolli kuchlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar 
xarajatlarini 
moliyalashtirishga 
mo‘ljallangan 
hukumatning 
markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armasi tashkil qiladi. Mamlakat 
hududida amalda bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy 
me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to‘plamiga 
byudjet tizimi 
deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va 
tuzilishi 
tamoyillariga 
(yaxlitligi, 
to‘laliligi, 
haqqoniyligi, 
oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.
Davlat mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash 
va ijro etish bo‘yicha davlat, mahalliy hokimiyat organlarining 
qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan faoliyatiga 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin