413
23-MAVZU: SODDALASHTIRILGAN SOLIQ TIZIMI.
YAGONA SOLIQ TO‘LOVI.
Reja:
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlariga soliq
solishning soddalashtirilgan tartibining qo‘llanilishining iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati.
2. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni faoliyatini soliqqa
tortish tartibi.
3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish.
4. Yagona yer solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi.
Kalit so‘zlar:
tashkilot, asosiy va aylanma aktivlar, umum-
davlat soliqlar, mahalliy soliqlar, yagona soliq to‘lovi va soliq tizimi.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Yuridik
shaxslarni soliqqa tortish
tartibidagi o‘ziga xoslikni mamlakatimiz soliq tizimining muhim
xususiyati
o‘ziga xosligini o‘rganish.
O‘qitish vositalari:
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar:
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va
shu kabilar.
O‘qitish usullari:
Talabalarni ma’ruza
materiallari bilan
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob be-
rish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash:
aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘-
shimcha yoritish.
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq
solishning soddalashtirilgan tartibining qo‘llanilishining
iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq to‘lovchi-
larning ayrim toifalari uchun qo‘llaniladi va yagona soliq to‘lovini,
yagona yer solig‘ini hamda tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari
bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda
414
to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek mazkur
soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi.
Soddalashtirilgan soliqlar - bu soliqqa tortiladigan bazani
hisoblashda va ularni undirib olishda
hisoblash va hisobotning
soddalashtirilgan shakllari ishlatiladigan soliqdir. Odatda, aylanma
ko‘rsatkichlari, aktivlar qiymati va iqtisodiy faoliyat natijalari
soddalashtirilgan soliqlarning soliqqa tortiladigan bazasi bo‘lib
xizmat qiladi.
Soddalashtirilgan soliqlar murakkab moliyaviy hisobot yuri-
tishni nazarda tutmaydi va soliq to‘lovchilar
hamda soliq
ma’muriyati uchun yetarlicha sodda hisoblanadi. Mazkur soliqlar
umumiy tartibdagi soliq to‘lovida to‘lanadigan hamma yoki bir qism
soliqlarning o‘rnini bosadi. Soddalashtirilgan sxema bo‘yicha
hisoblanadigan turli daromad ko‘rsatkichlarining taqribiy bahosi
yoki iqtisodiy faoliyat natijalari sodda soliqlarning soliq solinadigan
bazasi hisoblanadi. Soddalashtirilgan tartibdagi soliqqa tortishni
qo‘llashga
imkon beradigan mezonlar, qoidaga ko‘ra, soliq soli-
nadigan ko‘rsatkichlar va ishchilar soni bo‘yicha yuqori chegaralar
(chegaralar)ni o‘z ichiga oladi. Soddalashtirilgan soliqning imtiyozli
yoki nolga teng bo‘lgan stavkasi (soliq solinmaydigan minimum)
doirasida qo‘llanadigan quyi chegaralar ham berilishi mumkin. Soliq
stavkalarining shkalasi ishlatiladigan ko‘rsatkichlar hajmiga bog‘liq
tarzda darajalarga bo‘linishi mumkin.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq solishning
ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim
turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular
yuzasidan soliq hisobotini taqdim
etishning maxsus qoidalari
qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibidir va «yagona soliq
to‘lovi»ni, «yagona yer solig‘i»ni hamda tadbirkorlik faoliyatining
ayrim turlari bo‘yicha «qat’iy belgilangan soliq»ni hisoblab chiqarish
hamda to‘lashning maxsus qoidalari qo‘llanilishini, shuningdek
mazkur soliqlar bo‘yicha soliq hisobi va
hisoboti taqdim etilishini
nazarda tutadi».