400
ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini tartibga
soluvchi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi
qoidalariga va xalqaro shartnomalar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan
bo‘yin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq
pasaytirilgan stavkani qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro shartnomasining qoidalari g‘ayriqonuniy tarzda
qo‘llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab
qolinmasligiga sabab bo‘lgan taqdirda, Kodeksning ushbu bo‘limiga
muvofiq soliq agenti deb e’tirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab
qolinmagan soliq summasini va u bilan bog‘liq penya summasini
qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritilishi shart.
Soliq kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab
chiqarilgan soliq summasi undan ushlanmasdan o‘z mablag‘lari
hisobidan to‘langanda, soliq agentining soliqni to‘lov manbaidan
ushlab qolish va ko‘chirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: