65
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishning quyidagi usullari
mavjud:
- hisobotni o‘qish va absolyut ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
- gorizontal tahlil;
- vertikal tahlil;
- trend tahlili;
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Ushbu tahlil usullari vositasida korxonalar moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining holati va dinamikasi kompleks baholanadi.
Moliyaviy tahlil tizimida ishlatiladigan asosiy moliyaviy
koeffitsiyentlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Likvidlik
koeffitsiyenti
korxonaning
qisqa
muddatli
majburiyatlarini qaytara olish qobiliyatini ko‘rsatib beradi.
Ishbilarmon faollik koeffitsiyenti korxonalarning mavjud
resurslaridan samarali foydalanishlarini ko‘rsatib beradi.
Rentabellik
koeffitsiyentlari
korxonalarning
faoliyatini
moliyaviy natijalarining samaradorligini ko‘rsatib beradi.
Kapitallar strukturasi koeffitsiyenti korxonalarning uzoq mud-
datli majburiyatlarini qaytara olish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.
Bozor faolligi koeffitsiyenti esa korxonalarning investorlar
uchun foal qiluvchanligini ko‘rsatib beradi.
Dostları ilə paylaş: