171
milliy daromadiga, uning oldiga qo‘yilgan ijtimoiy maqsad va
vazifalarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat byudjeti
– bu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli
ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishini
ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini shakllantirish va ulardan
foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u
davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo‘ljallangan xarajatlari va
ularni qoplash manbalari ko‘rsatilgan daromadlar smetasidir.
Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, u
davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o‘zida
soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o‘zida
mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti
asosini davlat boshqaruv
apparati, qurolli kuchlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar
xarajatlarini
moliyalashtirishga
mo‘ljallangan
hukumatning
markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armasi tashkil qiladi. Mamlakat
hududida amalda bo‘lgan va ijtimoiy
munosabatlar va huquqiy
me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to‘plamiga
byudjet tizimi
deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va
tuzilishi
tamoyillariga
(yaxlitligi,
to‘laliligi,
haqqoniyligi,
oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.
Davlat mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish,
tasdiqlash
va ijro etish bo‘yicha davlat, mahalliy hokimiyat organlarining
qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan faoliyatiga
Dostları ilə paylaş: