Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Davlat byudjetining daromadlari tarkibi



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2. Davlat byudjetining daromadlari tarkibi 
 
Byudjet daromadlari 
– davlatning markazlashgan moliyaviy 
resurslarining bir qismi bo‘lib, uning faoliyati va funksiyalarini 
to‘laqonli amalga oshirishi uchun zarurdir. Unitar davlatlarda byudjet 
daromadlari markazlashgan va mahalliy daromadlarga (O‘zbekiston 
Respublikasi), federal davlatlarda esa federal va mahalliy 
daromadlarga bo‘linadi (RF). 
Davlat byudjetining asosiy manbai soliq daromadlari (SD), 
agarda uning tanqisligi kuzatilsa milliy boylik (MB) hisoblanadi. 
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) 
mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining 
elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular 
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va 
jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida 
vujudga keladi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag‘lari 


174 
tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon 
bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to‘lovlar, 
yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Miqdoriy jihatdan Davlat byudjetining daromadlari yaratilgan 
yalpi ichki mahsulot(YaIM)da davlatning ulushini ko‘rsatadi. 
Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki 
(milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu 
davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa 
va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda 
Davlat byudjetida mablag‘larni konsentratsiya qilish (to‘plash, 
yig‘ish) miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi. 
Byudjetning daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri 
byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, 
subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag‘larni qaytarilmaslik va 
tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. 
Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi byudjetning 
daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik 
shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan 
qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan 
mablag‘lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari 
quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi: 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin