178
3. Davlat byudjetining xarajatlari
Davlat byudjetining xarajatlari
– davlatning markazlashgan
pul mablag‘larini hudud, mamlakat, tarmoq yoki sohalar doirasida
taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Eng avvalo, o‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, davlat
byudjetining xarajatlari
kapital va joriy xarajatlarga
bo‘linadi.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari
davlat hokimiyat
organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, byudjet
tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan byudjet
xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga
dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar.
Byudjetning joriy xarajatlari
davlat byudjeti xarajatlarining
turkumlanishiga
muvofiq
kapital
xarajatlarning
tarkibiga
kiritilmagan boshqa xarajatlardir.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra, Davlat byudjetining
xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va
ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga
bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat
ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish,
ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy
zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha
hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy
jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir.
Davlat byudjeti iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga
davlat tomonidan ta’sir o‘tkazilishining muhim vositasi bo‘lib,
jamiyat hayotiga byudjet ta’sirining shakl va usullarini ham
o‘zgartirmoqda. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti byudjet
mablag‘larini yo‘naltirishga bog‘liqdir. Byudjet xarajatlari aniq
ko‘rinishlarining rang-barangligi muayyan xususiyatlariga qarab
tabaqalashtiriladi: takror ishlab tarmoq jarayonida ularning vazifasi,
ijtimoiy yo‘nalishi, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari,
qaysi maqsadga yo‘naltirilganligi hisobga olinadi. Davlat byudjeti
xarajatlari ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
179
- ijtimoiy sohaga qilinadigan xarajatlar;
- xalq xo‘jaligini rivojlantirishga qilinadigan xarajatlari;
- mudofaa xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa xarajatlar.
Xo‘jalik yuritishning bozor usullariga o‘tish bilan byudjet
mablag‘larini taqsimlashdagi ustivor yo‘nalishlar ham o‘zgardi,
davlatning ijtimoiy funksiyasi kuchaydi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyoti, ya’ni jamiyat a’zolarining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish yo‘li tanlandi.
Ijtimoiy soha tarmoqlari – maktabgacha tarbiya, xalq maorifi,
madaniyat, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sportga byudjet
mablag‘laridan ko‘proq ajratilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga
ketadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash ham shular
jumlasidandir.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan xarajatlar
salmog‘i kamayib boradi. Vaholanki, bunday ulush ma’lum
vaqtgacha katta bo‘lib turishi mumkin, chunki iqtisodiyotdagi tanglik
holatini yengish uchun davlat tomonidan bu sohaga ancha-muncha
mablag‘ sarflash talab etiladi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi byudjetning
ijtimoiy yo‘naltirilgan xarajatlarini ko‘paytirish, fuqarolarning
ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirish hamda keng ko‘lamli
ijtimoiy dasturlarni, ularni mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bilan
oqilona uyg‘unlashtirib borishni taqozo etadi.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘nalitiriladigan
xarajatlari pirovard natijada faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki jamiyatning iqtisodiy salohiyatini
oshirishga yordam beradi, shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan mablag‘ sarflashdan butunlay voz
kechishning iloji yo‘q, chunki iqtisodiyotning davlat sektori saqlanib
turadi, u esa davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirishni, kapital sarflarning tarmoq va hududiy tuzilishilarini izga
180
solib turishni talab etadi. Aniq maqsadli byudjet kreditlari
ko‘rinishida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash ham saqlanib turadi. Bundan tashqari,
davlat mulkchilikning muqobil shakllaridagi korxonalarning
qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish va egalik qilishi ham mumkin.
Davlat byudjeti mablag‘larining bir qismi mamlakatning
mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi tadbirlarni mablag‘
bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanish darajasiga, uning moliyaviy imkoniyatlari va halqaro
vaziyatga ham bog‘liq bo‘ladi. Markazlashgan resurslar umumdavlat
ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini
ifodalaydigan tadbirlarni, jumladan: xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi
qurilish-montaj ishlarini, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa,
boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va
moliyaviy zahiralarini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Mahalliy byudjetlardan uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlash-
tirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot
sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi faoliyat
ko‘rsatishning o‘ziga xos sohasi hisoblangan boshqaruv xarajatlariga
to‘g‘ri keladi.
Davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari bir biri bilan
o‘zaro bog‘liqdir, ular bir biriga ta’sir etib turadi, bir birini
muvofiqlashtirib borishi lozim. Davlat byudjeti xarajatlari kelib
tushadigan byudjet daromadlarining hajmlariga karab kattik
cheklanadi. Davlat byudjetining daromadlari esa davlatning iqtisodiy
salohiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham byudjet xarajat-
larining muddati va hajmlarini kelib tushadigan daromadlarining
muddat va hajmlariga muvofiq qilib belgilash juda muhimdir. Ayni
paytda, ta’kidlab o‘tish joizki, byudjet mablag‘laridan foydalanishda
ziddiyatli hollar ham bo‘lib turadi. Byudjet xarajatlarini to‘g‘ri
rejalashtirmasligi natijasida byudjet yetishmovchiligi yuzaga kelishi
mumkin.
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi hamma organlarda davlat
byudjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida
byudjet tasnifi yotadi. Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib
181
chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lu-
motlarini tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet ma’lumotlari
halqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan
qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga
kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, ular-
ning taqchilligini mablag‘ bilan ta’minlash manabalarini guruhlash
hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlarni yagona davlat
byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funk-
siyani amalga oshirivchi hujjat bo‘lib qolmasdan, u katta iqtisodiy
ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va
xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlashtiriladi va uning
bo‘linmalari deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va
moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari deb hisoblanadi.
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab
chiqiladi va tasdiqlanadi. Hamma darajadagi byudjetlar yagona
byudjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shallantiriladi va ijro etiladi,
ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha
daromadlar va xarajatlar guruhlashtiriladi.
Davlatning jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarishi uchun
ma’lum miqdorda xarajat qilish talab etiladi. Davdat xarajatlari – bu
davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini davlat faoliyati bilan
ehtiyojlarni qondirish uchun qilingan sarflar yig‘indisidir.
Byudjetning barcha xarajatlari: joriy xarajatlar va kapital
xarakteridagi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi
joriy xarajatlarga, qolgan qismi kapital xarajatlarga to‘g‘ri keladi.
Shu o‘rinda byudjet xarajatlarini tasnifini ko‘rib chiqish lozim.
Byudjet xarajatlarining tasnifini 3 ta asosiy guruhga bo‘lib
o‘rganib chiqish mumkin bo‘ladi. Bular quyidagilardir:
A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo‘yicha tasnifi;
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi;
V) Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi.
Dostları ilə paylaş: |