Лимфа системаси мавзусига ойд назорат саволлари.
1) Лифмфа томирлари тузилиши ва вазифаси нималардан иборат?
Жавоб: Limfa tizimi (systema lymphaticum) qon tomirlar tizimining asosiy qismidan biri bo‘lib, u to‘qima suyuqligini so‘rib limfa hosil qilish va uni vena tizimiga olib borish vazifasini bajaradi. U vena tizimining yordamchi qismi bo‘lib, tuzilishi jihatidan unga o‘xshaydi.
Limfa (lympha-toza suv) bu rangsiz suyuqlik bo‘lib, tarkibi plazmaga o‘xshash oqsillarning kolloid eritmalari, hujayra elimentlari (limfotsitlar, eozinofillar) bilan birga to‘qimada modda almashinuvida hosil bo‘lgan har xil yot moddalar, mikroorganizmlar, o‘lik hujayralardan iborat bo‘ladi. Limfa tizimi organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.To‘qima suyuqligi tarkibi va hajmining doimiyligini ta’minlaydi;
2.To‘qima suyuqligi, limfoid elementlar va qon o‘rtasidagi gumoral aloqani ta’minlaydi;
3.Ichakda parchalanib hosil bo‘lgan ozuqa moddalarni (yog‘lar) ichaklardan venalarga olib boradi;
4.Seroz bo‘shliqlardan suyuqliklarni so‘rilishini;
5.Organizmga tushgan mikroorganizmlarni zararsizlantirish (himoya, bar’er vazifa);
6.Limfotsitlarni ishlab (limfopoez) qonga chiqarish;
7.Immunokompetent hujayralar (T va B limfotsitlar) va makrofaglar ishlab chiqarish. Bu hujayralar organizmning mikroblarga va ba’zi moddalarga qarshi faoliyatini kuchaytirib beradi (immun faoliyati).
2) Кукрак лимфа ва у каерга боришини айтинг ?
Жавоб: Ko‘krak qafasida ham parietal va vistseral limfa tugunlari va tomirlari tafovut qilinadi. Ko‘krak qafasining oldingi devorini ichki yuzasida to‘sh suyagining o‘ng va chap tomonida joylashgan to‘sh yoni tugunlariga (nodi lymphatici parasternales) ko‘krak qafasining oldingi devori, plevra, perikarddan, shuningdek pastki qorin usti va ustki diafragma limfa tugunlari, sut bezlaridan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. O‘ng to‘sh yoni tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng bo‘yinturuq poyasiga yoki paravenoz limfa tugunlariga, chap to‘sh yoni tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari esa aorta oldi limfa tugunlariga, shuningdek ko‘krak limfa yo‘li va chap bo‘yinturuq poyalariga quyiladi.
3) Лимфа тугунлари қаерда жойлашган ва вазифаси нима ?
Жавоб: Limfa tuguni (nodi lymphatici) bu a’zo bo‘lib, a’zo va to‘qimalardan limfa poyalar va limfa yo‘llariga kelayotgan limfa tomirlari yo‘lida joylashadi. Limfa tugunlari odatda ikki va undan ko‘p holatda guruh bo‘lib joylashadi. Har bir limfa tuguniga uning qabariq tomonidan 4-6 olib keluvchi limfa tomirlari (vasa afferentia) kiradi. Limfa tugunlardan chiqqan 2-4 ta olib ketuvchi limfa tomirlari keyingi guruh limfa tugunlariga yoki yirik limfa poyalariga quyiladi. Unga kelayotgan olib keluvchi tomirlar ko‘p va ingichka bo‘lsa, olib ketuvchi tomirlar kam va keng bo‘ladi. Limfa tugunlari oval, yumaloq, loviyasimon, bo‘laklarga bo‘lingan shakllarda uchraydi. Ularning uzunligi 10-15 mm bo‘lib, umumiy og‘irligi 500-1000 g yoki tana og‘irligini 1% nitashkil qiladi. Limfa tugunining botiq tomonida darvozasi bo‘lib, unga arteriya va nervlar kiradi, vena va olib ketuvchi limfa tomirlari (vasa efferentia) chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa olib keluvchi limfa tomirlari kiradi. Limfa tugunini o‘ragan biriktiruvchi to‘qimali kapsuladan uning darvozasi sohasida tugun ichiga to‘siqlar kirib, uni bo‘laklarga bo‘ladi. Limfa tuguni parenximasi po‘stloq va mag‘iz moddalarga bo‘linadi. Po‘stloq qismi kapsulaga yaqin joylashib, tugunning periferik qismini tashkil qiladi.
4) Талоқни тузулиши, топографияси вазифасини айтинг
Жавоб: Taloq (lien seu splen) immun tizimining periferik a’zosi bo‘lib, qonni katta qon aylanish doirasi magistral qon tomiri (aortadan) jigarga boradigan yo‘lida joylashadi. Taloq qon shakliy elimentlarini hosil qilishda va modda almashinuvida ishtirok etadi. U toq a’zo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida chap IX-XI qovurg‘a sohasida joylashadi. Uning uzunligi katta odamlarda 10-14 sm, kengligi 6-10 sm, qalinligi 3-4 sm, og‘irligi o‘rtacha erkaklarda 192 g, ayollarda 153 g. U cho‘zinchoq oval shaklida bo‘lib, rangi to‘q qizil, ushlab ko‘rganda yumshoq. Taloqda ikki: yuqori va tashqi tomonga qaragan silliq diafragma yuzasi (facies diaphragmatica) oldinga va ichki tomonga qaragan visseral yuzasi (facies visceralis) tafovut qilinadi. Visseral yuzasida taloq darvozasi (hilus lienalis) joylashgan. Uning visseral yuzasida qo‘shni ichki a’zolar tegib turadigan qismlari bor. Taloq darvozasi oldida ko‘ringan me’da yuzasi (facies gastrica) me’dani tubiga tegib turadi. Taloq darvozasi orqasida joylashgan buyrak yuzasi (facies renalis) chap buyrakning yuqori uchi va chap buyrak usti beziga, taloq darvozasidan pastda uning oldingi uchiga yaqin joylashgan chambar ichak yuzasi (facies colica) chap chambar ichak burilish burchagiga tegib turadi.
Taloqning diafragma yuzasini me’da yuzasidan ajratadigan yuqori chekkasi (margo superior) o‘tkir qirrali bo‘lib, unda 2-3 ta ko‘ndalang o‘ymalar bor. Pastki chekkasi (margo inferior) esa to‘mtoqroq. Taloqning orqa qutbi (extremitas posterior) yumaloq, yuqoriga va orqaga qaragan. Oldingi qutbi (extremitas anterior) o‘tkir, oldinga yo‘nalib, ko‘ndalang chambar ichakdan yuqorida yotadi. Taloq qorinparda bilan har tomondan o‘ralgan bo‘lib, boylamlar vositasida me’da katta egriligi (lig. gastrolienale), chap byurak (lig. lienorenale) va diafragma (lig. phrenicolienale) bilan birlashadi. Seroz pardaning ostida fibroz parda (tunica fibrosa) yotadi. Fibroz pardadan taloqning ichiga tarkibida kollagen, retikulyar va elastik tolalari bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimali to‘siqlar, taloq trabekulalari (trabeculae lienalis) kiradi. Trabekulalar o‘rtasida parenxima, taloq pulpasi (pulpa lienis) joylashgan. Taloqda oq va qizil pulpa tafovut qilinadi. Qizil pulpa (pulpa rubra) venoz sinuslar oralig‘ida joylashib eritrotsit, leykotsit, limfotsit va makrofaglar bilan to‘la retikula to‘qima to‘rlaridan iborat. Oq pulpa (pulpa alba) taloqning limfoid tugunlaridan (noduli lymphoidei splenici) va limfotsitlar, hamda limfoid to‘qimaning boshqa hujayralaridar tashkil tongan periarterial qinlardan iborat. Limfoid tugunlar yumaloq shaklda bo‘lib, ularning ichida markaziy arteriya o‘tadi. Limfoid tugunlar retikula to‘qimasi to‘ri ichida joylashgan limfotsitlardan iborat. Periarterial limfoid qinlar pulpada arteriyalar va taloqning markaziy arteriyalarining boshlanish qismi atrofini o‘rab oladi. Taloqning oq pulpasi massasi taloq umumiy massasining 18,5-21% tashkil qilsa qizil pulpa 82-85% ni tashkil qiladi.
Taloq kurtagi homila hayotning 5-6 haftasida, me’daning dorsal tutqichi ichida joylashgan mezenxima hujayralari to‘plami shaklida paydo bo‘ladi. Homila taraqqiyotining 2-4 oylarida vena sinuslari, qon tomirlar va trabekulalar, bo‘lajak limfoid tugunlarning hosil qiluvchi limfotsitlar to‘planishidan hosil bo‘ladi. 4-5 oylarda arteriyalar atrofida periarterial limfoid qinlar paydo bo‘la boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |