Lingvokulturologik birlik sifatida



Yüklə 320,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.03.2022
ölçüsü320,42 Kb.
#54246
1   2   3   4   5
990-Текст статьи-2399-1-10-20210405

Key words: language of art, professional vocabulary, lingvopoetic means. 

 

Badiiy  nutq  bilan  badiiy  asar  tili  bir  hodisa  emas:  badiiy  nutq  adabiy  nutqning  bir 



ko'rinishi, u albatta adabiy til me’yorlariga bo'ysundiriladi; badiiy asar tilida esa adabiy 

til  me’yorlaridan  chetga  chiqish  holatlari  ham  kuzatiladi.  Unda  badiiy  nutq  bilan 

parallel  ravishda,  asardagi  maqsad  va  vazifalardan  kelib  chiqib,  kasb-hunar  yoki 

ma’lum bir sohaga oid atamalar qo’llanadi. 

Turli  kasb-hunarlar  bizning  kundalik  yumushimizni  tashkil  qiladi.  Ularning  har 

birining  o`ziga  xos  farqlovchi  jihatlari  bor.  Ana  shu  turli  kasb-hunar  egalari  nutqida 

qo`llanuvchi  leksemalar  kasb-hunar  terminlari  deyiladi.  Kasb-hunar  atamalari  ham 

dialektlardek  nisbiy  tushunchadir.  Kasb-hunar  atamalari  shu  hunar  egasi  qaysi  sheva 

vakili  bo`lsa,  shu  sheva  leksikasi  tarkibiga  kirishi  ham  mumkin.  Masalan,  Shahrisabz 

shevasiga  mansub  hunarmand  ishlatadigan  atama  Buxoro  shevasida  bo`lmasligi 

mumkin.  Shuning  uchun  kasb-hunar  leksikasi  ikki  hissa  chegaralangan  leksikani 

tashkil  etadi  va  bunday  so’zlar  badiiy  asarlarda  qo’llanganda  lingvokulturologik 

ahamiyat kasb etadi. 

Oybekning  “Bolalik”  qissasida  kasb  –hunarga  oid  turli  xil  so’zlar    qo’llangan. 

Asarni o’qish jarayonida bunday so’zlar  haqida o’quvchilarga bunday so’zlar haqida 

izoh    yoki  tushuncha  berib  o’tish  zarur.    Quyida  etikdo’zlikka  oid  ayrim  so’zlar  va 

ularning ma’no xususuyatlari haqida fikr yuritamiz: 



Tanish  eshikka    hammadn  ilgari  yuguraman-da,  to’ppa-  to’g’ri  do’konxonaga 

kiraman.  Kichkina,  siniq  ko`zli  deraza  tagida  beti  yeyilib  silliqlangan  qalin  to`nka  -- 

kunda yonida charm kesib o`tirgan bobom menga qaradi. ( 11-bet). 

 To’nka   bosh ma’noda:  “kesilgan yoki sinib tushgan daraxtning yerdan chiqib 

turgan  uchi”  demakdir.    Uning    ma’nodoshi    kunda  so’zi    ham    aynan  shu  ma’noni 

ifodalaydi. Kunda so’zining 2-ma’nosi esa “ ustida biror narsani  chopish, qirqish va 



sh.k.lar  uchun   qilingan maxsus  g’o’la”  ni ifodalaydi  Qassob  kundasi  kabi.(O’TIL.2. 

430).   To’nka so’zi bu  ma’noda kam  qo’llanadi. Yuqoridagi  misolda to’nka  aynan“ 



ustida  biror  narsani    chopish,  qirqish    uchun    qilingan  maxsus  g’o’la  ”  ma’nosida 

etikdo’zlik uchu maxsus ashyo, moslamani ifodalagan.  



Men  ivirsiq  do`konxonada  titina  boshlayman:  shonlar,  qoliplarni  taraqlatib 

qo`yaman.(  12-bet).  Shon-“  mahsi  yoki  etik  qo`njiga  qo`yiladigan  tayoq-qolip”. 

(O`TIL.  4.  594-bet).  Qolip-“tikiladigan  poyabzalning    ichiga  qo’yiladigan  va  uning  



katta-kichikligini, shaklini belgilaydigan moslama”.(O’TIL.5.325) 



  Bor  suv  olib  kel,  shirach  qoqamiz, 



  deydi  bobom.(25-bet).  Shirach  aynan 


Yüklə 320,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin