Linux operatsion tizimi keng jamoatchilikka ikki yildan ko'proq vaqt oldin ma'lum bo'ldi


Linux operatsion tizimini o’rnatish



Yüklə 4,92 Mb.
səhifə5/6
tarix01.08.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#138281
1   2   3   4   5   6
jumanazarov Assilbek 1-topshiriq kiber

Linux operatsion tizimini o’rnatish
Linux distributivining ISO-obrazi yuklab olingandan keyin, uni CD yoki USB flesh xotirasiga yozish kerak.
CD-diskga yozishni standart operatsion tizim vositalari yordamida amalga oshirish mumkin: Windowsda "Запись образа диска" yoki macOSda "Disk Utility".
ISO obrazni USB flesh-diskiga yozish uchun maxsus yordamchi dasturlar kerak bo'ladi. Windows operatsion tizimida Rufus dasturini, macOS operatsion tizimida esa Etcher dasturini ishlatish mumkin. Bu dasturlar juda oddiy interfeysga ega bo’lgani uchun ISO obrazni USBga yozish ko’p mehnat talab qilmaydi.

Yana bir usullaridan biri - ISO arxivining tarkibini USB flesh xotiraga ochish. Biroq, bu faqat an'anaviy BIOS o'rniga yangi UEFIga ega bo'lgan zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi.
Disk bo'limini tayyorlash
Agar kompyuterda o’rnatilgan tizimni saqlagan xolda, Linuxni ham ishlatmoqchi bo'lsangiz, qattiq disk bo’limlarini ikkinchi operatsion tizimni o’rnatishga tayyorlsh kerak. Agar siz kompyuteringizni Linuxga to'liq o’tkazishga yoki operatsion tizim(OT)ni bo'sh qattiq diskka o'rnatishga qaror qilsangiz, bu bo’limni o'tkazib yuboring.
Windowsda Linuxni o’rnatish uchun “Управления дисками” vositasidan foydalaniladi. Linuxni o'rnatish uchun joy ajratmoqchi bo'lgan disk yoki bo'lim tanlanadi. Ko'pgina distributivlar uchun xotirada 15 GB bo’sh joy etarli bo’ladi. Ammo agar ko'plab ilovalarni o'rnatish ehtiyoji bo’lsa, ko'proq joy ajratishga to’g’ri keladi. Qattiq disk bo'limida o'ng tugmani bosib “Сжать том” buyrug’ini tanlab, keraklicha o'lcham kiritiladi va OK bosiladi.Bunda diskda ma’lumotlarni siqish jarayoni boshlanadi.Jarayon sekin davom etishi mumkin, shuning uchun sabr qilib kutishga to’g’ri keladi.
Disk boshqaruvi bo'limlarning o'lchamlarini o'zgartirib bo'lgach, diskda qora bilan belgilangan bo'sh taqsimlanmagan bo'sh joy paydo bo'ladi. Shu joyga Linuxni o'rnatish mumkin.
Keyinchalik, agar Linux kerak bo'lmasa, bo'limni o'chirib tashlash va bo'sh joyni xuddi shu "Управления дисками" vositasi yordamida Windowsga qaytarish mumkin.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin