Linuxga kirish. Linux ni o'rnatish.
Reja :
1. Linux tarixi.
2. Linux avzalliklari.
3. Linuxning umumiy tushunchalari.
4. Linux OT o'rnatish.
1 . Linux tarixi .
Linux OT yadrosi finlandiyalik student Linus Torvald tomonidan yaratilgan
bo'lib, uning tezda rivojlanib ketishi uchun barcha foydalanuvchilarga internet orqali bepul tarqatilgan. 1991 yilda Linux ning 0.01 versiyasi vujudga kelgan. Linux OT turli mamlakatlarning dasturchilari tomonidan yaratilgan bo'lib, ochiq kodli operatsion tizim bo'lib, internet mahsuloti hisoblanadi. OT quyi darajadagi dasturiy ta'minot bo'lib, ma'lumotlarni saqlash va printer, ekran, klaviatura, sichqoncha, printer kabi periferiya qurilmalariga interfeysni ta'minlab beradi. OT ikki qismdan iborat: yadro va tizim dasturlari. Yadro kopmyuterdagi barcha dasturlar uchun CPU, qattiq diskdan, tezkor hotira kabi mashina resurslarini taqsimlab beradi. Tizim dasturlari yuqori darajadagi topshiriqlarni, klient/server qismiga oid vazifalarni bajaradi. (1) Linux OT avlodi: Unix. Unix tizimi tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan
bo'lib, tadqiqotchilarning loyihalarini hisoblash ishlarida ishlatilgan.Tizim bir
guruh bo'lib ishlaydigan tadqiqotchilarning birgalikdagi ma'lumotlarini hisoblash va saqlash kabi vazifalarni bajarishga ruxsat beradi. Unix OT to'rt yil ichida rivojlanib mashhur bo'lishida universitet va kollej talabalari muhim o'rin tutgan. Unix OT 1975 yil keng rivojlanib foydalanish darajasiga yetganida, nominal narxda o'quv yurtlarida foydalanish taklifi berildi. O'z navbatida o'quv yurtlarida talabalar o'zining ilmiy kompyuter dasturlarida ishlatishgan. Unix OT rivojlanib borishi natijasida talabalar dasturlashda murakkab masalalarni yechish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Universitetni tugatgan talabalar ishlab chiqarish sohalarida Unix OT ni qo'llash bo'yicha va ularni kommersal yo'nalishda rivojlantitirishgan. Unix OTni sohalarga qo'llash bo'yicha qo'shimcha o'zgartirishlar kiritish maqsadida Kaliforniyaning Berkli universitetidagi CSRG (Computer Systems Research Group) mavjud bo'lgan funksiyalarga qo'shimcha o'zgartirishlar kiritib Unix OT yangi versiyasi ya'ni BSD (Berkeley Unix, Berkeley Software) versiyasi vujudga keldi. AT&T va Unix System Laboratories tomonidan yaratilgan Unix V (SVR4) ham mavjud.
2. Linux avzalliklari.
So'ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OT ning innovatsion
mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo'lib kelmoqda. Linux OT ning avzalliklari:
Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng ko'lamda
ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi, administratsiyalash,
grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan avzal hisoblanadi. Dunyoning
yirik kompaniyalari Linux ilovalarining doimiy yangilab borishini, Linuxning
yadrosiga doimiy qo'shimchalar kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan. Masalan
IBM kompaniyasi Linuxning doimiy hamkori hisoblanadi. Linux POSIX
standartining barcha talablariga javob beradi.
Periferiya qurilmalari: Barcha kompyuter qurilmalari bilan tez oson ulanishi
bilan ajralib turadi.
Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan foydalana
olish imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki uning
kompilyatsiyalangan versiyasi, dasturlarning oson or'natilishi va tezda ishga
tushishi bilan muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java ni qo'llab quvatlovchi
ochiq kodli dasturiy ta'minot Netscape ni keltirishimiz mumkin. Shu bilan
birgalikda Mozilla, Thunderbird, Firefox ham ular qatorig kiradi.
Platforma: Linux nafaqat Intel bazasidagi platformalar uchun balki, Apple
(PPC Linux), Compaq's alfa, MIPS, Motorola 68K asoslangan mashinalar, 64 bitli
tizimlar va IBM S/390x platformalari uchun mo'ljallangan. Linux ko'pprotsessorli
hisoblash mashinalarida ishlaydi.
Emulyator: Linux boshqa OT uchun mo'ljallangan dasturlarni, Linux
muhitida ishlashini ta'minlab beruvchi emulyator dasturlarini qo'llab quvatlaydi.
Emulyator yordamida DOS, Windows va Macintosh dasturlarini Linux ostida
ishlatishni ta'minlaydi. Ochiq kodli dastur bo'lgan Wine Unix/Linux oilasiga
mansub bo'lgan x86 arxitekturali tizimlarda Windowsning 16-32-64 bitli
ilovalarini ishlatishni amalga oshirib beradi.
Xen: Xen Cambridge universiteti tomonidan yaratilgan ochiq kodga ega
virtual mashina (VMM) hisoblanib, bitta kompyuterning o'zida alohida bir nechta
OT ni ishlatishni ta'minlab beradi. Virtual mashina yordamida, OT ni o'rnatishni,
ishlatib eksplutatsiyalash, bir mashinaning o'zida tarmoqning ishlashini testlash mumkin.
Linux ixcham (portable) tizim hisoblanib, har xil hisoblash mashinalarida
ishlashi mumkin. Linux oilasiga mansub barcha OT ning 95 foizi C dasturlash
tilida yozilgan bo'lib, hisoblash mashinasiga bo'g'liq bo'lmagan dasturlash tili
hisoblanadi.
Linux portativ hisoblangani uchun, turli xil hisoblash mashinalarning asosiy
talablariga to'liq javob bergan holda moslashadi. Masalan Linux mobil telefonlar,
Televizor kabel qurilmalari kontrollerlariga o'rnatish mumkin. Fayl tizim
strukturasi qattiq disk bilan tez ishlashi uning ustunligi hisoblanadi. Linux OT
ko'pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi.
C dasturlash tili. 1969 yil Ken Thompson PDP-7 assambler tilida Unix OT
ni yaratgan. Assambler tili hisoblash mashinasiga bog'liq bo'lib, ushbu tilda
yozilgan OT faqat mo'ljallangan hisoblash mashinalari, yoki bir oilaga mansub
hisoblash kompyuterlari uchun ishlaydi. Shu sababli asl Unix OT boshqa
mashinalar uchun ko'chirib o'tkazib (transportatsiya) bo'lmaydi. Unix ni portabilli
qlish uchun, Thomson hisoblash mashinaga bog'liq bo'lmagan B dasturlash tilini
yaratdi. 1973 yil Dennis Ritchie, Thomson yordamida B dasturlash tilini
modifikatsiya qlib, C dasturlash tilini yaratib, shu asosida yangi Unix OT ni
yaratdi. Shundan so'ng yangilangan OT ni boshqa mashinalarga oson ko'chirib
o'tkazish (transportatsiya) mumkin bo'di.
3. Linuxning umumiy tushunchalari
Linux OT unikal funksiyalarga ega. Boshqa OT lar singari Linux OT
kompyuterni boshqaruvchi dastur bo'lsa, Unix sifatida tizimni qurishda va ilovalar
yaratishda utilitalar jamlanmasi bo'lib hizmat qladi (1.1-rasm).
1.1-rasm
Linux bir vaqtning o'zida ko'p foydalanuvchilarga hizmat ko'rsata oladi.
Qurilmalarning imkoniyati va ularning vazifalari turidan kelib chqib bir vaqtning
o'zida 1000 tagacha foydalanuvchiga hizmat qlishi mumkin. Ko'pfoydalanuvchi
OT tizim resurslarini bir vaqtning o'zida foydalanishga imkon beradi. Har bir
foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan vazifalar bir -biri bilan bog'liq holda ishlasada
ularning bir biridan himoyasi tizim tomonidan ta'minlanadi, shu bilan birgalikda
tizim yadrosi ham barcha protsesslardan himoyalangan bo'ladi. Bir nechta vazifalar
bilan ishlagan vaqtda, asosiy e'tiborda bo'lgan vazifadan tashqari qolgan vazifalarni
orqa fonga o'tkazgan holda ishlash mumkin. Agar X Window tizimida ishlayotgan
bo'lsak, ishga tushirilgan bir nechta dasturlarni bir oynada ko'rib ishlash mumkin
bo'ladi.
Fayl o'zida hisobot, rasm, qo'shiq yoki bajarilayotgan dastur holati kabi
ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Har bir fayl ma'lumotlar saqlanish qurilmasida
universal identifakotor orqali saqlanadi. Linux fayl tizimi, fayllarning qaysi
katalog ichida joylashganini strukturasini ta'minlab beradi. Har bir katalog o'zida
fayl yoki katalogni saqlashi mumkin. O'z navbatida har bir katalog bo shqa bir
derektoriyada ichida joylashgan bo'lishi mumkin, struktura shu tarzda ketib daraxt
ko'rinishiga keladi. Ushbu struktura foydalanuvchilarga fayllarni bir katalog ostida
birlashtirib ishlatishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi o'zining asosiy
katalogiga ega bo'ladi (1.2-rasm).
1.2-rasm
Ko'p foydalanuvchi OTlar singari, Linux OT foydalanuvchilarga o'zlarining
ma'lumotlarini boshqa foydalanuvchilardan himoyalash imkonini beradi. Shu bilan
birgalikda tizim tanlangan ma'lumot va dasturlarni bir nechta foydalanuvchilar
bilan birgalikda ishlatilishini oddiy lekin samarali havfsizlik sxemasi yordamida
ta'minlab beradi. Ushbu havfsizlik darajasi foydalanuvchilarning u yoku bu faylga
nisbatan o'qish, yozish va bajarish huquqlarini belgilab beradi. Oxirgi yillarda
ruxsatlarni boshqarish funksiyasi (ACL) barcha Linux OTning yadrolariga va
Fedora/RHEL ga qo'shilgan. Ruxsatlarni boshqarish funksiyasi foydalanuvchilarga
va administratorlarga fayllarga nisbatan quyi darajadagi boshqarish huquqlarni
beradi.
Shell: komandalar interpritatori va dasturlash tili. Shell komanda
interpritatori - foydalanuvchi va OT o'rtasidagi interfeysni amalga oshirib beruvchi
matn muhiti hisoblanadi. Komandalarni ekranga kiritish orqali, shell komandani
interpritatsiya qladi va foydalanuvchi tomonidan so'ralgan dasturni chaqiradi.
Komandalar interpritatori shell Linux uchun mo'ljallangan.
Quyida eng ko'p ishlatiladigan 3 ta interpritatorlar keltirilgan.
Bourne Again Shell (bash), Unix ning asl shell interpritatori hisoblanadi.
TC Shell (Tcsh), Shell ning kengaytirilgan versiyasi bo'lib, Unix BSDning
qismi sifatida yaratilgan.
Z Shell (zsh), u bir nechta interpritatorlarning funksiyalarini o'zida
akslantirgan, shu jumladan Korn shell interpritatorini ham.
Interpritatorlarning o'zining klaviatura orqali kiritilgan komandalarni OTga
jo'natish funksiyalaridan tashqari, shell interpritatori yuqori darajadagi dasturlash
tili ham hisoblanadi.Shell komandalari faylda bajarilishi jihatidan ketma ket tarzda
yozilib boradi (Linuxda ushbu holat shell stenariyalari, Windows paketli fayllar
deb nomlanadi).
Foydali utilitalar.Linux o'zida, komandalar deb nomlanuvchi, minglab
foydali dasturlarni qamrab oladi. Ushbu utilitalar foydalanuvchilar talabidan kelib
chiqqan holda berilgan fuknsiyalarni bajaradi. Masalan sort utilitasi, ro'yhatdagi
ma'lumotlarni alfavit yoki nomerlangan ko'rinishda yoki ro'yhatdagi ma'lumotlarni
detallarning nomi bo'yicha, familiya, shaharlar, index, telefon nomer, yoshi kabi
taqsimlab chiqadi. Sort utilitasi dasturlashning asosiy intrumenti hisoblanadi va u
Linux tizimining standart qismi hisoblanadi. Boshqa utilitalar foydalanuvchilarga
fayllarni saqlash, bosmaga chqarish, nusxa olish, o'chirish, format qlish,
muxarirlash kabi amallarni bajarishga imkon beradi.
Tizimli administratsiyalash. Linux foydalanuvchilarga komanda qatorida
kanallar va filterlar qo'yish imkonini ham beradi. Kanallar bir dasturning
xulosasini boshqa dasturga chiquvchi ma'lumot sifatida jo'natadi. Filterlar
kanallarning bir ko'rinishi bo'lib, qaysiki kiruvchi ma'lumotlar patokini qayta
ishlab,chiquvchi ma'lumotlar potokini qabul qladi. Filter boshqa dasturning
xulosasini qayta ishlab, natijani o'zgartiradi. Filterdagi chiquvchi ma'lumot boshqa
dastur uchun kiruvchi ma'lumot bo'ladi. Kanal va filterlar ba'zan aniq bir vazifani
bajarish uchunbirgalikda ishlaydi. Masalan ma'lumotni tartiblab, bosmaga chqarish
uchun uchta utilitadan foydalaniladi.
Foydalanuvchilarning grafik interfeysi. X Window tizimi Massachuset
texnalogiya universiteti tomonidan yaratilgan bo'lib, u asosan Linuxda
foydalanuvchilarning grafik interfeysini ta'minlab beradi. X ni qo'llab quvatlovchi
ishchi oyna yoki terminalda foydalanuvchi kompyuterda bir ishchi oynada bir
nechta oynani ochishi, grafik ma'lumotlar bilan ishlashi, rasm chizishi, kino
ko'rishi mumkin.
X Window ikki qatlamga bo'linadi. Ishchi oyna menegeri va oyna (window)
menegeri. Ishchi oyna menageri rasmga mo'ljallangan interfeys bo'lib, shell
interpritatori orqali to'gri kelgan komandani terib manipulya tsiyalashning o'rniga,
tizim dasturi bilan o'zaro aloqa qilgan holda kerakli dasturni ikonkasi orqali
chaqirib olishni ta'minlaydi.
Oyna (window) menegeri ishchi oyna menegeri ostida ishlab, dasturlarni
ishga tushurish, dastur oynasini ochish, yopish imk oniyatini beradi. Microsoft
Windows tomonidan kalit elementlari rangi o'zgartirilsa, X ostidagi oyna (window)
menegeri oynaning umumiy ko'rinishini sozlab beradi (1.3-rasm): shuningdek biz
oynaning umumoy ko'rinishini o'zgartrishimiz, virtual ishchi oynani sozlashimiz,
menyu yaratishimiz va h.k. larni amalga ishirishimiz mumkin.
1.3-rasm.
Tarmoq utilitalari. Linux tarmoq utilitalari, har xil tarmoqlarda ajratilgan
ruxsatlarni ta'minlab beradi. Qo'shimcha tarzda lokal yoki global tarmoqda
joylashgan fayllarga nisbatan ruxsartlarni olishda tarmoq utilitalaridan
foydalaniladi.
4. Linux OT qadamma-qadam o'rnatish.
Live rejimda Fedorani o'rnatish. Live rejimda ishlaganimizda Linuxni
kompyuterga o'rnatmasdan ishga tushiramiz. Kompyuterni live rejimdan keyin
qayta yuklagan vaqtda tizim yuklanmaydi. Agar biz live rejimdan keyin Windows
tizimini yuklasak, tizim live rejimdan oldin qanday holatda turgan bo'lsa shunday
holatda yuklanadi. Live rejimda ishlaganimzda Fedorani o'rnatmasdan uning
qanday holatda bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Red Hat Enterprise Linux da live
rejim taklif qilinmagan.
Tizimni yuklash. Fedorani yuklashdan oldin, o'rnatish yoki live rejimga
o'tish oynasi chiqishdan oldin, Linux hotiraga o'qilishi kerak. Ushbu jarayonga
minimal RAM uchun bir necha daqiqa sarflanadi. Tizim ishga tushirilayotgan
vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun 10 soniya kutib turiladi (1.4-rasm).
1.4-rasm
Agar biz tizimni Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak,
GNOME desktop menegerni o'rnatish lozim. Qachonki biz Fedoraning Desktop
Live Mediadan o'rnatganimizda avtanom tarzda liveuser nomi ostida
foydalanuvchi qayd yozuvini yaratgan holda tizimga kirib GNOME ishchi oynasi
ochiladi (1.5-rasm).
1.5-rasm.
Agar biz Fedora KDE live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, KDE desktop
menegerini o'rnatishimiz kerak bo'ladi.
Tizimni qattiq diska o'rnatish. O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning
asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal bajarilmadi, keyingi qadamga
o'tadi (1.6-rasm).
1.6-rasm.
Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan
til bir vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi (1.7-rasm).
1.7-rasm.
Keyingi qadamda klaviatura tili tanlanadi (1.8-rasm).
Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy
saqlash qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin (1.9).
1.9-rasm.
Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka
o'rnatamiz. Saqlash qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha
qurilmalarning ro'yhati chiqadi (1.10-rasm).
1.10-rasm.
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta
saqlash qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT
o'rnatilishi va qaysi qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi
(1.11-rasm).
1.11-rasm.
Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan
bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan.
Agar bizning kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi (1.12-rasm).
1.12-rasm.
Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root
foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga
qo'yiladigan parol esdan chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi.
Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar paketi, tizimni yangilash va tizimga
hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (1.13-rasm).
1.13-rasm.
Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi.
GRUB (Grand Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) (1.14-rasm).
1.14-rasm.
Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak,
GRUB odatiy holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi.
Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim qayta yuklanib,
foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga
keladi (1.15-rasm).
1.15-rasm.
Nazorat savollari:
1. Linux qaysi tilda yozilgan?
2. Shell interpritatori nima va u yadro bilan qanday ishlaydi?
3. Dastur utilitalari nima?
4. Linux file tizimi qanday ko'rinishda bo'ladi va sababi?
5. Ko'pfoydalanuvchi tizim deganday nimani tushinasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition,
Mark G. Sobell, U.S. Corporate and Government Sales.
2. A-Practical-Guide-to-Linux-Commands-Editors-and-ShellProgramming-2nd-Edition.
3. A Practical Guide to Linux Commands, Editors, and Shell Programming,
second edition.
4. http://opensource.com
5. http://distrowatch.com
6. http://fedora.com
7. http://ubuntu.com
8. http://debian.com
9. http://www.wikipedia.org
10. http://www.intuit.ru
Dostları ilə paylaş: |