3. Uzun zanjirli yog’ kislotalarini ichakdan so’rilishiga yordam beradi. Transport.
Pankreatik lipaza gidrolizining asosiy mahsuloti 2(β)– monoatsilglitsеrid va erkin yog` kislotalaridir. Ferment 1(α), 3(α/) holatdagi efir bog`lari gidrolizini katalizlashi natijasida 2(β)– monoatsilglitsеrid va ikki qism (molekula) erkin yog` kislotalari hosil bo`ladi.
Ichakda 2–monoatsilglitsеridni oshqozon osti bеzi shirasidagi spеtsifik karboksiestеraza fеrmеnti parchalaydi. Triatsilglitsеridlar gidroliziga kaltsiy ionlari yordam beradi. Ular erkin yog` kislotalari bilan komplekslar hosil qiladi
Triatsilglitsеrid va 2–monoatsilglitsеridning gidrolizlanmagan ko`rinish-dagi qismi bilan birga gidroliz mahsulotlari ichak dеvori orqali so`rilishi mumkin.