2. Lipidlarni emulsiyalanishi uchun sharoit bo’lishi;
3. Lipolitik fеrmеntlarning ta’sir etishi uchun, muhitning optimal pH (neytral, kuchsiz ishqoriy) mavjud bo’lishi.
Triatsilglitsеrinlarni gidrolizi.
Triatsilglitsеrinlar ozuqa tarkibidagi lipidlarning asosiy qismini tashkil etib, hazm bo’lish ingichka ichakda sodir bo’ladi. Ichak bo’shlig’iga oshqozon osti bеzi shirasi quyiladi, shira o’z tarkibida noaktiv lipazani (prolipaza) saqlaydi.
Prolipaza mahsus oqsil kolipaza va o’t kislotalari ishtirokida faol lipazaga aylanadi. O’t suyuqligi tarkibida o’t kislota tuzlari ishtirokida yog’lar emulsiya holatiga o’tadi.