Lipid va lipoidlarning parchalangan mahsulotlari (glitserin, yog` kislotalari, xolesterin, fosfat kislotasi, azot asoslari ), yangi sintezlangan mono-,di- va triglitseridlar, fosfolipidlar hamda xolesterin efirlari ichak devorida to`planib, yog`larning transport shakli – xilomikronlarni hosil qiladi.

Xilomikronlar tarkibida ekzogen yog’lar organ va to’qimalarga tashiladi.
Yog`da eruvchi birikmalarning asosiy qismi xilomikronlar tarkibida limfa sistemasi orqali qonga o`tadi. Oz miqdordagi xilomikronlar bevosita qonga o`tishi mumkin.
Yog`larning transport shakli – xilomikronlar
Ichakda lipoproteinning 2 ta turi xosil bo’ladi:-1Xilomikronlar(XM) va juda kam miqdorda lipoprotein juda past zichlikda(ЛОНП). .
Resintez TG - Ichak devoridan so`rilgan glitserin va yog` kislotalaridan qayta Ichak epiteliy hujayralarida glitseridlar sintezlanadi va bu reaktsiya ketma-ketligi resintez deb nomlanadi. Resintezda: dastlab yog` kislota faollashib, atsil-KoA ga, glitserin esa 3-fosfoglitseringa aylanadi. Ulardan dastlab monoglitserid, so`ng di- va triglitseridlar hosil bo`ladi. Ichakda resintezlangan lipidlar xilomikronlar tarkibida tashiladi. Ularning 90% ini triatsilglitseridlar tashkil etadi.