Lipidlarning biologik ahamiyati



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#126341
növüReferat
  1   2   3
Lipidlarning biologik ahamiyati




NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI 
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 
KAFEDRASI DOTSENTI 
MIRZAYEV SAIDMAHMUDNING 
“LIPIDLARNING BIOLOGIK 
AHAMIYATI”  
MAVZUSIDAGI 
REFERATI 


 
 
 
NAMANGAN-2016 
 



LIPIDLARNING BIOLOGIK AHAMIYATI 
Reja: 
1. 
Ularning biologik ahamiyati 
2. 
Fosfolipidlar (fosfatidlar). 
3. 
Sterin va steridlar. 
4. 
Mumlar  
Xulosa
Adabiyotlar



Lipidlar deb ximiyaviy tabiati xar xil, suvda erimaydigan, lekin organik 
erituvchilarda (efir,benzin,benzol,atseton va boshkalar) eriydigan moddalarga 
aytiladi. 
O’simlik va hayvon to’qimalarining tarkibida oqsil va uglevodlar bilan bir 
katorda yog’lar va yog’simon moddalar uchraydi. 
Hujayra va to’qimalarda yog’lar 2 —xil holatda to’planadilar: protoplazmatik 
yog’lar bo’lib hujayra strukturasini shakllantirishda ishtirok etadi. Ikkinchi xil 
yog’lar esa zapas yoki rezerv yog’lar deb atalab yog’
depolari va parenximali 
a’zolarda to’planadi (buyrak, yurak, jigar, qorin bo’shlig’i teri ostida). Bular 
ovqatlanish yoshga va fiziologik holatga qarab miqdori o’zgarib turadi. Rezerv 
yog’lar ishlatilib turadi. 
Ximiyaviy tabiatga asoslanib lipidlar kuyidagilarga bulinadi. 
1. Yoglar va moylar. 
2, Yukori molekulyar moy kislotalari. 
3. Fosfolipidlar. 
4. Sterin va teridlar. 
5. Karotinlar, karotinoidlar va pigmentlar. 
6. Tserebrozidlar mumlar. 
Ba‘zi bir lipidlar- yoglar, fosfolipidlar- murakkab efirlardir. Ishkor bilan 
gidrolizlanganda (sovunlanish reaktsiyasi)uzgaradi,oshkalaribulsa uzgarmaydi. 
Shunga asoslanib lipidlar ikki fraktsiyaga bulinadi: sovunlanadigan va 
sovunlanmaydigan. 
Yoglar juda kup tarkalgan moddalarga kiradi. Odam organizmining deyarli 
50% ni yoglar tashkil kiladi. Xayvonot organizmida extiyot va jamgarma va 
protoplazmatik yoglar buladi. Extiyot yoglar teri osti yog kletchatkalarida va 
“salnik” larda tomchi xosil kilib protoplazma tarkibiga kiradi. Extiyot yog 
organizmida vakt-vakti bilan kerak bulganda ishlatiladigan energetik rezerv 
xisoblanadi. 
Protoplazmatik 
yog 
bulsa 
protoplazmaning 
strukturaviy 



komponentidir. Usimliklarda, yoglilardan tashkari, yoglilarga nisbatan kam 
uchraydi. 
Yoglar eng avvalo ovkat tarkibiga kirgan va parchalanishi (СО
2
va Н
2
О ga) 
natijasida katta mikdorda energiya ajratib chikargan (1g va 9,3 kkal, uglevod esa 
atigi 4,2 kkal) modda sifatida muxim rolni uynaydi. Yoglar organizmda 
teploregulyatsiya jarayonida ishtirok etadi va organizmni jaroxatlanishidan 
ximoya kiladi. 
Yoglar glitserin va moy kislotalarining murakkab efir-triglitseriddir, yoki 
neytral yoglar deb ataladi. Tabiiy yoglar xar xil trigliyridlarning aralashmasidan 
iborat. 
СН
2
-О-СО-R


CН-О-СО-R



2
-О-СО-R
3
triglitserid. 
Yoglar tarkibiga xar xil moy kislotalari kiradi. Ularning xammasi juft sonli 
uglerod atomlaridan tashkil topgan tarmoklanmagan zanjirdan iborat. Bu kislotalar 
tuyingan va tuyinmagan bulishi mumkin. Tuyingan kislotalardan yog tarkibiga kup 
uchraydiganlari palmitin СН
3
- (СН
2
)
14
-СООН va stearin СН
3
-(СН
2
)
16
-СООН 
kislotalaridir. Tuyinmaganlaridan olein kislotasi СН
3
-(СН
2
)
7
-СН=СН-(СН
2
)-
СООН kup uchraydi, kam uchraydiganlaridan dinol СН
3
-(СН
2
)
3
-СН=СН-СН
2
-
СН=СН-СН
2
)
7
-СООН, linolen СН
3
-СН)
2
)
7
-СН=СН-СН
2
-СН=СН-СН
2
-СН=СН-
(СН
2
)
4
-СООН va araxidon СН
3
(СН
2
)
3
-(-СН
2
СН=СН)
4
-(СН
2
)
3
-СООН kislotalari 
bor. Oxirgi 3 ta kislota polituyinmagan deb ataladi. Bular kolgan moy 
kislotalaridan shu bilan fark kiladiki, odam organizmida sintezlanmaydi va shuning 
uchun ovkat bilan kiritilishi kerak, ya‘ni F vitamin rolini uynaydi. 
Tuyinmagan moy kislotalari uy sharoitida suyuk xolatda buladi. 



Yoglarning suyuklanish temperaturasi ular tarkibidagi moy kislotalarining 
tabiatiga boglik. Tuyinmagan kislotalrning mikdori oshishi bilan yoglarning 
suyuklanish temperaturasi pasayib boradi. Usimlik moylarida xayvonot yoglariga 
nisbatan tuyinmagan kislotalar kup, shuning uchun ularning suyuklanish 
temperaturasi pastrok buladi. 
Xar xil yoglar xar xil triglitseridlarning aralashmasidan iborat va ular 
tarkibida erkin moy kislotalar kam uchraydi. 
Tabiiy yoglar 3 ta parametr bilan xarakterlanadi. 
1. Kislota soni-1g yogni neytrallash uchun sarflanadigan КОН mikdori (mg 
da). Bu son yog tarkibidagi erkin moy kislotalarning mikdorini bildiradi. 
2. Sovunlanish soni- 1g yogni sovnlash uchun yog sarflanadigan КОН 
mikdorini (mg da) bildiradi. Bu parametr yog tarkibidagi triglitseridlar mikdorini 
bildiradi. 
3. Yod soni-100g yogga birikadigan yodning mikdori (gr larda) bilan 
ulchanadi. Yod tuyinmagan kislotalarning kushbogiga birikishi asosida bu son 
yoglardagi kislotalarning tuyinmaganlik darajasini bildiradi. 
Yoglar saklash jarayonida va issiklik ta‘sir etganda taxirlanadi. Taxirlanish 
yoglardagi tuyinmagan kislotalarning oksidlanib parchalanishida xosil buladigan 
moddalar-asosan aldegidlarga boglik. Yog tarkibida tuyinmagan kislota kancha 
kup bulsa, ular kislorodni biriktirib shunchalik tez taxirlanishiga uchraydi. Usimlik 
moylari xayvonot yoglariga nisbatan tezrok taxirlanadi, chunki ularda tuyinmagan 
kislota kup. Taxirlanishning oldini olish uchun yoglarni kislorod ta‘siridan ximoya 
kilish 
kerak. 
Taxirlanishning 
oldini 
olishning 
boshka 
usuli 
yoglarni 
gidrogenlashdan iborat. Buning natijasida vodorod boglarining kushboglariga 
birikib, uy sharoitida suyuk xolatda bulgan yoglarni kattik xolatga utkazadi. 
Gidrogenlangan yoglarga margarin kiradi.Margarin ovkatlanishdagi faolliga karab 
boshka tabiiy yoglar bilan bir katorda turadi. Gidrogenlash jarayonida yoglardagi 
vitaminlar parchalanadi, shuning uchun margaringa tuxum sarigi(vitaminlar mabai) 
kushiladi. 



Yogga suv kushib chaykatganda emulsiya xosil buladi.Emulsiya 
bekarordir,chunki chaykatish tuxtatilgandan keyin yog tomchilari kushilishib, suv 
yuziga kalkib chikadi. Emulsiyaga barkarorlik berish uchun emulgatorlar 
kushiladi. Emulgatorlar, ikki faza orasida oson adsorbillanadigan moddalar
yordamida barkaror emulsiya olinishi mumkin. Emulgatorlar yog tomchilarining
kushilishiga yul kuymaydi. Bu borada muxim emulgatorlar sifatida yog 
kislotalarining tuzlarini kursatishimiz mumkin. Ingichka ichakda bu tuzlar yoglar 
bilan uzaro ta‘sirlanib barkaror emulsiya xosil bulishiga yordamlashadi va natijada 
yoglarning xazm bulishi tezlashadi. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin