Qo’shiq ( 1.Vokal musiqiy asar, ashula; 2.Lapar, terma) ham ashula kabi eng qadimiy janrdir. Unda ham so’z, musiqa, raqs birlashadi. Ashuladek hayotning hamma jarayonlari (to’y, aza, bayramlarda, mehnat qilish, hordiq olish paytlarida ham)da kishilarga hamrohlik qiladi, dardu hasratlarni, shodligu quvonchlarni, orzu-armonlarni (qo’yingki, insonga xos barcha kechinmalarni) voqye qiladi, musiqiyligi va ohanraboligi bilan barcha qalblarni zabt etadi, qalb torlarini chertib, kechinma va tuyg’ularga ezgulik jilosini beradi, harakatga yetaklaydi, hayotni sevishga, ardoqlashga, e’zozlashga chorlaydi.
Deyarli barcha nazariy adabiyotlarda, hattoki “O’zbek tilining izohli lug’ati”da ashula va qo’shiq (so’zlari) farqlanmagan. Holbuki, ashuladagi biz ta’kidlagan yuqoridagi xususiyatlar qo’shiqda uchramaydi. Unda ifoda etilayotgan his-tuyg’ular mantiqiy izchillikka bo’ysinadi. Birinchi misra (bayt)ni ikkinchi misra (bayt), ikkinchi misra (bayt)ni uchinchi misra (bayt)... to’ldirib boradi. Bu xususiyat g’azal, marsiya, lapar, yor-yor, alla kabi janrlarga ham xos bo’lgani (aslida bu xususiyat lirikaning deyarli barcha janrlariga tegishlidir) va yaqqol ko’zga tashlangani uchun, ularni qo’shiq qilib kuylash odat tusiga kirgandir. Ana shu asoslarga suyanib, adabiyot qo’shiq (aslida xirgoyi)dan boshlangan, desak mumkindir.
Bugungi adabiyotimizda Muhammad Yusuf, Oxunjon Hakimov, Normurod Narzullayev, Xosiyat Bobomurodova kabi ko’plab qo’shiqchi shoirlar bor. Ularning serzavq qo’shiqlaridan biri – Xosiyat Bobomurodovaning “Vatan yagonadir” asari hisoblanadi:
Derlar shirin so’zning gadolari ko’p,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir!.. Sonet (ital sonare –jaranglamoq) 14 misradan iborat bo’ladi: uchta to’rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba’zan esa ikkita to’rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi ikki band-dastlabki qism –“katren” (fr. quatrion – to’rtlik), yakunlovchi qism – “terset”(lat. Tres-uchlik) deb yuritiladi va ular g’oyaviy-kompozision jihatdan o’zaro bog’lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqiradi. Sonetda fikr g’oyatda siqiq, ta’sirchan tarzda voqye bo’ladi. Oxirgi bandgacha fikr izchil rivojlanadi yoki uning qirralari detallashtiriladi – bor bo’y-bastining mohiyati ochilgandan so’ng, eng so’nggi bandda poetik fikrga yakun yasaladi.
I.Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko’rinishlaridan biri; dastlabki to’rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to’rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so’nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni tavsiya qilsa, A.Muxtor uni – she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII-XIVasrlar) paydo bo’lgan, Dante, Petrarka, keyinroq Mekelenjelo; V.Shekspir (Angliya), Miskevich(Polsha), Derjavin, A.S.Pushkin, Shchipayev (Rossiya) ijodlarida sonetning go’zal namunalari yaratilgan. O’zbek adabiyotida sonetlarning namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari-magistral(gr. magistralis-boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat bo’ladi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 15chi magistral sonet 14 sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o’z navbatida birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo To’ra, Ibrohim Yusupov kabi ijodkorlar ham ko’plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, “yombi”lik - original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va tersetlarning vobastaligidan so’nggi band uchun zarur bo’lgan poetik xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi.
O’zbek sonetlarining eng go’zallaridan biri Cho’lponing “Men va boshqalar” (O’zbek qizi og’zidan) asaridir:
Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman.
Hayvon qatorida sanalgan menman. V.Lirikaning “yirik” janrlari
Hajm kengligi jihatidan tarji’band, tarkibband, soqiynoma va qasidalar lirikaning yirik janrlari sanaladi. Jumladan, tarji’bandlar 16-24 misrali 5-10 band (Masalan, Alisher Navoiyning bir tarji’bandi har biri 10 baytli 10 banddan iborat. Bu degani 200 misradir)dan, tarkibbandlar 16 misrali bir necha bandlardan tashkil topadi. Ular mumtoz adabiyotimizda ham ko’p uchramaydi. Jumladan “Xazoyinul maoniy”dagi 3244 asarning to’rttasi tarji’band, bittasi tarkibbanddir, ikkitasi qasida va bittasi soqiynomadir.