Lisoniy ziddiyat va uning turlari



Yüklə 95,12 Kb.
səhifə3/12
tarix25.12.2023
ölçüsü95,12 Kb.
#195479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI

Mustaqil o‘qish uchun
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy (1890-1938)
Nikolay Sergeyevich Trubetskoy Moskvada tug‘ilgan. Uning ota-onasi ham taniqli olimlar bo‘lishgan. Nikolay bolalikdan olimlik iqtidorini namoyon qila boshlagan. Birinchi ilmiy ishini 15 yoshida e’lon qilgan. Moskva davlat universitetini tamomlagan bo‘lajak olim, vatanidagi fuqarolar urushi sababli, xorijga ketishga majbur bo‘ldi. U va muhojir hammaslaklari birgalikda Pragada tilshunoslik maktabiga asos soldilar va maktab tilshunoslik tarixida “Praga lingvistik to‘garagi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Zamonaviy tilshunoslikka Nikolay Sergeyevich Trubetskoy tomonidan olib kirilgan “ziddiyat” (“oppozitsiya”) tushunchasi lisoniy sistemalarning mohiyatini tushuntirishda katta ahamiyat kasb etdi. Trubetskoy talqinicha, fonema juftliklari ma’lum bir barqaror belgilari asosida qarama-qarshi turadi. Masalan, [b] ~ [p], [a] ~ [i], [ye] ~ [o], [g] ~ [k] kabi. Bu ziddiyat belgilari bitta ham ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Masalan, [a] ~ [o] unlilari bir belgi bilan qarama-qarshi turadi: “lablanganlik/lablanmaganlik”. [i] ~ [o] unlilari orasida “lablanmaganlik/lablanganlik” va “keng-torlik” belgilari asosidagi qarama-qarshilik, ziddiyat mavjud.
N.S.Trubetskoy tomonidan ko‘p yillar davomida ilgari surilgan g‘oyalar tilshunoslikda yangi yo‘nalish va oqimlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Sossyurdan keyingi ko‘plab tilshunoslardan farqli ravishda u “til til uchun”, “til o‘zida” tamoyili changaliga tushib qolgani yo‘q. Olim har doim tilni til va jamiyat, til va madaniyat tamoyillari asosida tadqiq qildi. Bejiz 1929-yilda N.S.Trubetskoy va R.О.Yakobson tomonidan yozilgan “Praga lingvistik to‘garagi tezislari”da shunday deyilmagan: “lingvistik tahlilga aniq amaliy maqsadlarni ko‘zlagan funksional nuqtai nazardan yondashmoq kerak.”
Noto‘liq ziddiyat. Noto‘liq (privativ) ziddiyatda qarshilanuvchi a’zolardan birida ziddiyat belgisi to‘liq va aniq, boshqasida esa noaniq namoyon bo‘ladi. Masalan, [bola] va [o‘g‘il] leksemalarini olaylik. Ular “erkak jinsli” deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [o‘g‘il] leksemasi ma’no tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning ushbu belgiga munosabati aniq yoki “belgilangan” deyiladi va shartli ravishda (+) belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins belgisi aniq emas. Chunki uning ma’no tarkibida “er” yoki “ayol” (ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bolaso‘zi o‘g‘ilni ham, qizni ham ifodalashi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi “belgilanmagan” (noma’lum, noaniq, majhul) deyiladi va shartli ravishda (+/–) yoki (0) (nol) belgisi bilan qayd etiladi(10-jadval):
10-jadval

“erkak”





o‘g‘il (+)


bola (0)

Bu ziddiyatdagi aniq belgili a’zo kuchli a’zo, noaniq belgili a’zo esakuchsiz a’zo ham deyiladi.



Yüklə 95,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin