Lisoniy ziddiyat va uning turlari


Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”



Yüklə 95,12 Kb.
səhifə2/12
tarix25.12.2023
ölçüsü95,12 Kb.
#195479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI

Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”

Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmaning yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishidir.


Ziddiyat paradigmatik ва iyerarxik munosabatning xossasi sifatida sintagmatik munosabatga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sintagmatik munosabatda ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik qiladi. Biroq uyg‘unlik farq va tafovutlar asosida kelib chiqadi.
Ma’lum bir lisoniy birlik mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning lisoniy mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir.
Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyat ma’lum bir belgi asosida mavjud bo‘ladi. Zidiyatga kirishuvchi lisoniy birliklar ziddiyat a’zosi, ziddiyatga asos bo‘luvchi belgi ziddiyat belgisi deyiladi. Masalan, [o] va [a] unlilari o‘zaro “lablanganlik/lablanmaganlik” belgisi asosida qarama-qarshi turadi. Bunday qarama-qarshilik ziddiyat, qarshilanayotgan fonemalar ziddiyat a’zolari, “lablanganlik/lablanmaganlik” esa ziddiyat belgisidir.


Mantiqiy mushohada uchun
1.Tafovut, farq, ziddiyat va qarama-qarshilik so‘zlarining ma’no farqlarini aniqlang.
2.Bu so‘zlarning darajalanish qatorini tuzing va darajalanish belgisini toping.


2. Lisoniy ziddiyat turlari.Lisoniy sathda ziddiyatning turli ko‘rinishi mavjud. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz.
Ziddiyat a’zolari orasidagi qarama-qarshilikning xususiyatidan kelib chiqqan holda ziddiyatning:

  1. noto‘liq (privativ) ziddiyat;

  2. teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat;

e)muntazam (proporsional) ziddiyat


d) darajali (gradual) ziddiyat kabi turlari farqlanadi.

Yüklə 95,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin