78
Lb. d – lizing beruvchining daromad (lizing marjasi) foizi summasini to’lash
xarajatlari, so’m;
Kx
– lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish va lizinga yetkazib berishda
amalga oshirgan qo’shimcha xarajatlarini qoplash summasi, so’m;
Bt – bojxona bojini to’lash xarajatlari, so’m;
S t – lizing obyektini sug’urtalash xarajatlari, so’m;
QQS – lizing to’lovi uchun qo’shimcha qiymat solig’i, so’m;
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Asil bobo» fermer xo’jaligining lizingga
olingan «TTZ-80,11» rusumli chopiq traktori uchun amalga oshirgan xarajatlari
va lizing obyektidan foydalanish natijasida olgan
daromadini quyidagi tahlil
asosida ko’rib chiqamiz:
Urgut
tumanidagi «Asil bobo» fermer xo’jaligi tomonidan
«O’zqishloqxo`jalikmashlizing» ALK Samarqand viloyati filialidan 44550263
so’mlik «TTZ-80,11» rusumli chopiq traktorini 10 yillik muddatga O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 424-sonli «Qishloqni
lizing
shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari
to’g’risida» gi qarori bilan belgilangan tartibda lizingga oladi.
Lizing shartnomasiga ko’ra lizing to’lovlari hisoblanish usuliga ko’ra-
bo’nakli, kiritilishining davriyligi bo’yicha-davriy, ya’ni to’lov har 6 oyda bir
marta to’lanilishining miqdoriga ko’ra-kamayib boradigan miqdorlar bilan
amalga oshiriladi. Shartnoma bo’yicha lizing summasi 56479,252 ming so’mga
teng bo’lib shartnoma shartiga ko’ra texnika narxining 15 foizi, ya’ni 6682,539
ming so’mlik qismi lizing oluvchi tomonidan avans sifatida lizing beruvchiga
to’lab berilgan. Texnika narxining 85 foizi, ya’ni 37867,724 ming so’mlik
qiymati lizing kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan.
Lizing oluvchi tomonidan 10 yil mobaynida to’lanishi lozim bo’lgan
lizing to’lovlarining umumiy summasi 49796,713 ming so’mni tashkil etadi.
Lizing beruvchining daromad (marja) foizi miqdorini ko’rsatuvchi lizing
stavkasi (Ls)-yillik 6%. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan
«O’zagrosug’urta» sug’urta kompaniyasining Samarqand viloyati Urgut tumani
79
bo’linmasida 10 yillik lizing muddatiga sug’urtalangan bo’lib, sug’urta
mukofotini (St) to’lash xarajati 445500 so’m to’lab berilgan. Lizing
obyekti
«O’zqishloqxo`jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan respublika ichida,
ya’ni Toshkent traktor zavodidan xarid qilinganligi munosabati bilan bojxona
bojini to’lash xarajatlari nolga teng. «O’zqishloqxo`jalikmashlizing»
kompaniyasi tomonidan lizing obyektiga davlat
raqam belgisini olish, birinchi
texnik ko’rikdan o’tkazish va texnik pasport olish xarajatlari uchun 100283,4
so’m qo’shimcha xarajat (Qx) qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28 avgustdagi qabul
qilingan «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi» gi Farmoniga muvofiq, 2002-yilning 1 sentyabridan
boshlab lizing to’lovlari – qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinganligi
munosabati bilan QQS harajatlari xam nolga teng bo’ldi. Bu vaziyatda lizing
oluvchining lizing bo’yicha xarajatlari quyidagiga teng bo’ladi:
Lo = Aa+ Lb. d + K x + S t (3)
Joriy yilda lizing obyekti uchun ajratiladigan va lizing beruvchiga to’lanadigan
amortizatsiya ajratmalari (Aa) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Aa = (Tk x 0,85/Lm) x12
(4)
Aa = (44550,263 x 0,85/120) x12=37867724 so’m
Bunda:
Tk – lizing obyekti (traktor) ning qiymati, so’m;
0,85- lizing obyektining 85 foizlik qiymati, so’m;
Lm – lizing muddati shartnomaga asosan 120 oy ( ya’ni10 yil) ga teng.
Lizing beruvchining daromad (lizing marjasi) foizi summasi (Lb. d) ni
lizing shartnomasida belgilanganiga muvofiq quyidagi
formulaga asosan oyma-
oy hisoblanishi talab etiladi va bu miqdor lizingni birinchi oyi uchun:
Lb. d 1 oy = (Tk x 0,85)xLs/12 oy
(5)
Bunda: Ls – lizing beruvchining yillik daromad (marja) foizi miqdorini
ko’rsatuvchi lizing stavkasi, shartnomaga asosan yillik 7 foizga teng.