69
II bob bo’yicha xulosa
Dissertatsiya tadqiqotining ikkinchi bobini bajarish jarayonida amalga
oshirilgan tahlillarning natijalariga tayangan holda, quyidagi ilmiy xulosalarni
shakllantirdik:
- O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini lizing asosida
moliyalashtirish bugungi kunda lizing kompaniyalari
va tijorat banklari
tamonidan amalga oshirilmoqda. Tahlil natijalariga qaraydigan bo’lsak
O’zbekistonda lizing bozori kenayib lizing hizmatlari ortib qishloq xo’jaligi
va boshqa tarmoqlar rivojlandi lekin, kezi kelganda aytish kerakki, lizing
amaliyoti va uning turli jihatlari hali O’zbekistonda to’la shakllanib rivojlanib
ulgurgani yo’q.
- Lizing kompaniyalari tamonidan berilayotgan kreditlarning asosiy
qismini ularning o’z mablag’lari hisobidan berilayotganligi tijorat banklari
tamonidan lizing kompaniyalarini kreditlash amaliyotining
takomillashmaganligi bilan izohlanadi va lizing kompaniyalarining kichik
biznes subektlari faoliyati va qishloq xo’jaligini lizing asosida moliyalash
imkoniyatini oshirishga to’sqinlik qilmoqda.
- Aholi
turmush darajasi yaxshilanib, ishlab chiqarish, xizmat
ko’rsatish, sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari yaxshi rivojlanmoqda.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat
buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998
yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga muvofiq fermer xo’jaliklari davlat
buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot qiymatining 50
foizi
miqdorida Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan
qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg’armasi”
mablag’lari hisobidan avans puli olish imkoniyatiga ega. Buning ijobiy
tomoni shundaki, fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur bo’lgan
aylanma mablag’larni yuqori foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga
olishga majbur bo’lmaydi.
70
-Qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotganlar qishloq xo’jaligining
o’ziga xos xususiyatlari ta’sirida doimiy ravishda moliyaviy mablag’larga
ehtiyoj sezadilar. Chunki, ekinlarni ekish va parvarishlash
davri uzoq davom
etib, hosilni yig’ib olgunga qadar pul tushumi bo’lmaydi. Tadqiqotning
ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki,
Respublikamiz lizing kompaniyalari va tijorat banklarining ma’lum qismida
lizing kreditlari foizlarining yuqoriligi lizing kreditlari xajmining oshishiga
to’sqinlik qilmoqda.
- Respublikamiz tijorat banklari va lizing kompaniyalari deposit
bazasining yetarli emasligi, mintaqalarda qishloq xo’jaligini lizing asosida
moliyalashning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.Lizing xizmatlari
keyingi paytlarda o’zining yetarlicha rivojlanish
tendensiyalariga erishib
kelmoqda.
Lizing so’nggi paytlardagi rivojlanish sur`atlari butun kredit va sug’urta
xizmatlarining rivojlanish suratlaridan yuqoriroqdir. 2014-yilda lizing
xizmatlarining YaIM dagi hissasi 0,6 % ni tashkil qildi. Aksariyat tijorat
banklarining lizing instrumentini iqtisodiyot ehtiyojlarini moliyalashtirishda
foydalanishi o’ziga xos holatdir.