89
Lizing haqida qaror qabul qilganda avvalo, lizing loyihasiga alohida e’tibor
berish, lizing obyektini yetkazib berish va qabul qilish shartlari, uni ishlatish,
texnikaviy xizmat va boshqa shartlarni sinchiklab asoslash lozim. Aniq loyihaga
investisiya sarflashning muqobil usullarini taqqoslashda lizing mol-mulkini xarid
qilish yoki qaytarish sharoitlarini, soliq solinishini (ko’riladigan manfaat yoki
zararni) sug’urta, to’lov
usullarini, tovar bilan kreditlash shartlarini va umuman
lizingning moliyaviy vazifalarini har tomonlama asoslash kerak bo’ladi. Lizing
foydasiga investisiya qarorlari qabul qilishda risklar xavfini baholash katta
ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasining "Lizing to’g’risida"gi Qonuni 18 va 19-
moddalariga binoan lizing obyekti bilan bog’liq barcha risklar lizing oluvchi zimmasiga
yuklatiladi, bu esa lizing oluvchi faoliyatini og’irlashtiradi. Masalan, lizing
obyektini sug’urtalash uchun javobgarlik lizing shartnomasida ko’rsatilmagan
bo’lsa, buning uchun lizing oluvchi javobgar bo’ladi. Lizing obyekti bilan bog’liq
bo’lgan barcha risklar, shu jumladan, uning tasodifan yo’qolishi yoki nobud bo’lishi,
yoki o’g’irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanish risklari lizing shartnomasida
nazarda
tutilgan tartibda lizing oluvchiga o’tadi. Risklar lizing oluvchiga o’tgan paytdan e’tiboran
lizing oluvchi lizing obyekti harkanday yo’qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing
shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo’ladi.
Qonunda ko’zda tutilishi bo’yicha, agar risklar lizing beruvchidan lizing
oluvchiga o’tadigan vaqt lizing shart-nomasida belgilangan bo’lmasa, risklar lizing
oluvchiga u lizing obyektini olgan paytdan e’tiboran o’tadi. Sotuvchining
nochorligi yoki lizing obyektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi
risklari lizing oluvchining zimmasida bo’ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki
lizing obyektini tanlash yohud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini
yoki lizing obyektini tanlashga g’ayri qonuniy tarzda majburlash holari bundan
mustasnodir.
U yoki bu loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish jarayonida
lizing obyektini tadbirkorning o’zi vujudga kelayotgan ishlab chiqarish ehtiyojlari va
mavjud imkoniyatlar holatiga qarab tanlaydi. Har bir aniq loyiha barcha shart-
90
sharoit va cheklashlarni hisobga olib alohida ko’rib chiqilishi kerak, chunki lizing
investisiyalarni moliyalashtirish usullaridan biri ekanligi sababli, eng
manfaatli
bo’lgan taqdirdagina undan foydalanish lozim.
Shunday qilib, tadqiqotlarning ko’rsatishcha, lizing munosabatlarining kredit
munosabatlaridan afzalligi shundan iboratki, traktor narxi, muddati, shartnoma
bo’yicha jami summa, lizing (kredit) muddati mobaynida to’lanadigan foiz
summasidadir. Lizing uchun 10 yil mobaynida to’lanadigan foiz summasi
11928989 so’m, kredit uchun 3 yil mobaynida 11962840 so’mni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: