Lms modul tizimi haqida Reja


Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix24.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#121237
1   2   3   4   5   6   7   8
LMS Modul tizimi haqida

Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir: 
– 
Darslik
– 
Audio va video darsliklar
– 
On-line darslar (Internet sahifa)
– 
Elektron kutubxonalar
– 
Testlar
– 
Multimedia
– 
Elektron darsliklar.


Hozirgi kunda elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darsliklar 
rasmga kirmoqda. Multimedia darslik o‘zida ko‘pgina ma’lumotlarni 
mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz 
yordamida izohlaydi. Multimedia darslikning hususiyati u voqea va ma’lumotlarni 
yaqqol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu 
matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan 
o‘qitishda 
virtual 
kutubxonalar, 
sputnik 
orqali 
videokonferensiyalar, darslar, internet yordamida muloqot va axborot olish 
imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi. 
O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi.
Masofadan o‘qitishning yangi bir usullaridan biri bu bilim dargohlarida 
tashkil qilinadi. Bu usulda bir ma’ruzachi yuzlab borinki minglab tinglovchilarga 
bir vaqtning o‘zida ma’ruza o‘qishi va shu vaqtning o‘zida tinglovchilar bilan fikr 
almashishi, savollarga javob berishi mumkin. Bu usul yuqori texnikalardan 
samarali foydalanishni taqozo etadi. Ya’ni har bir o‘quv xonalari mikrofon, 
videokamera, video proyektor va video-audio uskunalari bilan ta’minlangan 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bu usulda ishlash nafaqat bir bilim dargohi, nafaqat 
bir davlat, borinki butun bir davlatlar orasida ham qo‘l keladi. Ya’ni bir 
ma’ruzachini ma’ruzasini kommunikatsiya yordamida boshqa davlatlar 
tinglovchilari ham tinglashi mumkin bo‘ladi.
Oddiy darslikdan elektron darslikning afzallik tomonlaridan biri u 
"intellektual" kuchga ega bo‘lishi bilan bir qatorda kerakli ma’lumotlarni o‘z 
vaqtida va joyida taqdim etish imkoniyatlari bilan farqlanadi. Elektron darslik 
ma’lum bir predmet bo‘yicha hamma tegishli o‘quv materiallarini o‘zida ifoda 
etgan bo‘lishi kerak. Uning intellektual darajada bo‘lishi esa o‘z navbatida, oddiy 
darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tug‘diradi. Masalan, ma’lumotlarni tez 
izlab topish, mavzularni o‘zlashtirish darajasini multimedia elementlari yordamida 
amalga oshirish va hokazo.


Har bir elektron darslik alohida ko‘rinishda bo‘lishi va ma’lum bir standart 
talabga javob berishi lozim. Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining uskunaviy 
vositalari asosida yaratilayotgan elektron darslikning tarkibiga to‘xtalib o‘tamiz.
Elektron kitobning tarkibi. Elektron darslikning bahosi uning mavzularida 
berilayotgan ma’lumotlarning mazmunini boyitishga bog‘liq.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin